2-bob. Pul mablag ‘law va valuta operatsiyalari hisobi
Download 333.42 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Moliyaviy hisob va hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkasso topshiriqnomasi
- Quyidagilar inkasso topshiriqnom alarini taqdim etish huquqiga ega
To‘lov talabnomasi - mablag‘lami oluvchining mablag‘lami
to‘lovchi tomonidan to ‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan summani bank orqali to ‘lash to"g‘risidagi talabi nazarda tutilgan hisob-ki tob hujjati. To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuning- dek, mablag‘lami oluvchi hamda mablag‘lami to‘lovchi o ‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin. To ‘lov talabnomalari quyidagi turlarga bo 'linadi: 1. Akseptli to‘lov talabnomasi - to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan summa mablag‘lami to‘lovchi tomonidan akseptlangani- dan (tan olinganidan) so‘ng, to‘lovlar amalga oshiriladigan hisob- kitob hujjati; 2. Akseptsiz to‘lov talabnomasi - to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan summa mablag‘lami to‘lovchining roziligi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, to‘lovlar amalga oshiriladigan hisob- kitob hujjati. Inkasso topshiriqnomasi - mablag‘lami oluvchining inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summa mablag‘larini to ‘lovchi- ning hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. Quyidagilar inkasso topshiriqnom alarini taqdim etish huquqiga ega: a) davlat soliq xizmati organlari: • davlat budjetiga to ‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlami undirish uchun; • 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi bud- jetdan tashqari Pensiya jam g‘armasiga majburiy to‘lovlami undi- rish uchun; • 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjet- dan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, aka- demik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jam g‘armasiga majburiy to‘- lovlami undirish uchun; • 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjet- dan tashqari Respublika yo‘l jam g‘armasiga majburiy to‘lovlami undirish uchun; • fuqarolarning shaxsiy jam g‘arib boriladigan pensiya hisob- varaqlariga jam g‘arib boriladigan badallar bo‘yicha to io v larn i undirish uchun; • debitorlarning bank hisobvaraqlariga o ‘zaro hisob-kitob- laming solishtirma dalolatnomasini ilova qilgan holda soliq to‘- lovchining soliq qarzi summasini undirish uchun; • yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr ener- giyasi uchun, muddati o‘tkazib yuborilgan qarzni undirish uchun; b) bojxona organlari - o‘z muddatida to ‘lanmagan bojxona to‘- loviari va jarimalami undirish to ‘g ‘risida; d) sud ijrochilari va undiruvchilar - ijro hujjatlari bo‘yicha pul mablagiarini undirish to‘g ‘risida; e) 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: • respublika budjetidan moliyalashtirish jarayonida belgilangan miqdordan ortiq o‘tkazilgan mablag‘lami qaytarish uchun budjet tashkilotlarining budjet hisobvaraqlariga; • tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo ‘yiIgan O 'zbekiston Respublikasining respublika budjeti m a b la g ia ri va ular bo‘yicha hisoblangan foizlari o ‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga; • 0 ‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan xorijiy kreditlami qaytarish va foizlar to ia sh bilan b o g iiq majburiyat- lar bo‘yicha qarzdorlaming milliy hamda chet el valutasidagi bank hisobvaraqlariga. Inkasso topshiriqnomasi bankka quyidagi tartibda taqdim eti ladi: a) m ab lag iarn i to io v c h i va m a b la g iarn i oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilganda - inkasso topshiriqnoma lari to ‘rt nusxada taqdim etiladi. Bunda inkasso topshiriqnomasi ning: birinchi, ikkinchi va uchinchi nusxalari - ijro uchun bankda qoldiriladi; to ‘rtinchi nusxasi - qabul qilish sanasi ko ‘rsatilgan holda, mijozning hisobvaragiga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomoni dan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, m ablagiarni oluvchiga qaytarib beriladi; b) bir hudud ichida hisob-kitoblami amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari uch nusxada bevosita m ablagiarni toiovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etilishi mumkin. Bunda inkasso topshiriqnomasining: birinchi va ikkinchi nusxalari - ijro hujjatlari ilova qilingan holda, ijro uchun bankda qoldiriladi; uchinchi nusxasi - qabul qilish sanasi ko ‘rsatilgan holda, mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomoni dan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablagiarni oluvchiga qaytarib beriladi; d) hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari uch nusxada faqatgina m ablagiarni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Bunda inkasso top shiriqnomasining: birinchi va ikkinchi nusxalari - qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda, mijozning hisobvaragiga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tom onidan im zolanadi va unga biriktirilgan m uhr bilan tas diqlanib, m ablagiarni to io v ch ig a xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboriladi; uchinchi nusxasi - qabul qilish sanasi ko ‘rsatilgan holda, mijozning hisobvaragiga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomoni dan im zolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablagiarni oluvchiga qaytarib beriladi. Mablag ‘larni to'lovchiga xizm at ко ‘rsatuvchi bank tomoni- dan inkasso topshiriqnomasini bajarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) m ablagiam i to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, to‘lov amalga oshirilgan- dan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining: birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; ikkinchi nusxasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda, shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga, mablag‘lami to‘lovchiga beriladi; uchinchi nusxasi - shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga, mablag4larni oluvchiga beriladi; b) bir hudud ichida hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining: birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; ikkinchi nusxasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda, shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga, mablag1 larni to‘lovchiga beriladi; d) hududlararo hisob-kitoblar am alga oshirilganda, to 4 lov amalga oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining: birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; ikkinchi nusxasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda, shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga, mablag‘larni to'lovchiga beriladi. Download 333.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling