2-bob. Tadqiqot ob’ekti va usullari to‘qimachilik materiali
Gul bosilgan matolar termofiksatsiyasi sharoitlarining ranglarni ekspluatatsion xossalariga ta’siri
Download 204.88 Kb.
|
Murodov Doston MDM (Автосохраненный)
Gul bosilgan matolar termofiksatsiyasi sharoitlarining ranglarni ekspluatatsion xossalariga ta’siri
2-jadval
Olingan natijalardan kо‘rinadiki (2-jadval), harorat ortishi bilan fiksatsiya va rang mustahkamligi ortadi. 393K temperaturadayoq yuvishga, quruq ishqalanishga va terlashga barqarorligi bо‘yicha meyor talabiga javob beradi, lekin hо‘l ishqalanishga barqarorligi bо‘yicha olingan natijalar qoniqarli emas. Bu, ehtimol, ushbu haroratda polimerlarning yetarli darajada tikilmasligiga bog‘liqdir. Shuning uchun termofiksatsiya jarayonini 413-423K haroratda 4 minut davomida olib borishni optimal parametr deb hisoblasak bо‘ladi. Polimer kompozitsiya tarkibiy qismlari, xususan, oksidlangan kraxmal, PVA, AE va boshqa ingrediyentlarning bir-biriga nisbatan moyilligining yuqori bо‘lishi aralash tola sirtida kompozitsiyaning tо‘rsimon strukturasi hosil bо‘lishini ta’minlaydi. Olingan natijalar amlda ishlab chiqarishda qо‘llaniladigan natriy alginat bilan quyuqlashtirilgan bо‘yovchi moddalarga nisbatan polimer kompozitsiya bilan quyuqlashtirilgan bо‘yovchi moddalarning matoga chuqurroq singishini ta’minlaydi. 1 – 2-rasmlardan kо‘rinadiki, kompozitsiyada oksidlangan kraxmal, AE va PVA ning nisbiy miqdori ortganda bо‘yovchi moddaning matolarga singishi va fiksatsiyalanish darajasi ortadi.
Taklif etilgan quyuqlashtiruvchining gul bosish jarayonida qо‘llanilishi matoga bosilgan gulning aniq konturlarini olishga imkon berdi. Shunday qilib, oksidlangan kraxmal – PVA-AE asosida quyuqlashtiruvchilar bilan gul bosilganda bо‘yoqning fiksatsiya darajasi va rangning nisbiy intensivligi ortishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda pardozlash korxonalarida aralash tolali (ipak va paxta tolasi) asosidagi matolarga gul bosishda asosan faol, dispers yoki pigment bо‘yoqlar qо‘llaniladi. Qanday bо‘yoq qо‘llanilishidan qat’iy nazar gul bosish jarayonining samaradorligi kо‘p hollarda quyuqlashtiruvchining tо‘g‘ri tanlanishiga bog‘lib bо‘lib, uning ahamiyati nafaqat bosilgan gulning sifatiga, balki tayyor mato ishlab chiqarishning texnologik, iqtisodiy va ekologik jihatlarida ham namoyon bо‘ladi. Bugungi kunda olimlarimiz tomonidan ushbu sohada olib borayotgan о‘z tadqiqotlarida asosan suvda eruvchan tabiiy va sintetik polimerlar negizida quyuqlashtiruvchi polimer sistemalar olishning tejamkor va samarali texnologiyalarni yaratishga qaratilgan tadqiqot ishlariga alohida e’tibor berilmoqda[1-5]. Ushbu ilmiy izlanishlar negizida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar tannarxini arzonlashtirish, import о‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyolarga asoslangan quyuqlashtiruvchilar tarkibini ishlab chiqish nuqtai nazaridan quyuqlashtiruvchi olish texnologiyalarini yaratish va takomillashtirishga qaratilgan bо‘lib bu tadqiqotlarning dolzarbligidan va har tomonlama zaruriy qonuniyatlarni о‘rganish muhimligidan dalolat beradi. Shunga kо‘ra, matolarga ayniqsa aralash tolali matolarga gul bosishda yangi quyuqlashtiruvchi polimer sistemalar tarkibini ishlab chiqish, uning fizik-kimyoviy xossalarini о‘rganish, ishlab chiqilgan quyuqlashtiruvchilar bilan gul bosilgan matoning yuqori koloristik va ekspluatatsion xossaga ega bо‘lishiga erishish hamda resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Shu sababli ushbu maqolada ipak va paxta tolali aralash matolarga gul bosishda quyuqlashtiruvchi polimerlarni qо‘llash, faol bо‘yoqlar bilan gul bosish uchun yangi tarkiblar va quyuqlashtiruvchi moddalar olishning samarali, tezkor va iqtisodiy jihatdan arzon texnologiyalarini ishlab chiqish, gul bosilgan matoning texnik va texnologik jixatlarni о‘rganish bо‘yicha tadqiqot natijalari muxokama qilingan. Taklif etilayotgan suvda eruvchan polimer sistemaning termodinamik nuqtai nazardan uning asosiy kо‘rsatkichlarini tahlil qilish ushbu sistemaning barqarorlik xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli quyuqlashtiruvchi va mato о‘rtasida boradigan kompleks hosil bо‘lish reaksiyasi va hosil bо‘ladigan kompleks birikmalarning barqarorligi о‘rganilganda termodinamik xarakteristikalar: aktivlanish energiyasi, entalpiya va entropiya muhim ahamiyatga ega bо‘ladi. Sistema aktivlanish energiyasi Frenkel-Eyring tenglamasi bilan ifodalanadigan qovushqoqlikning haroratga bog‘liqligi bо‘yicha hisoblandi: bu yerda η – qovushqoqlik, Pa·ּs; T – harorat, K; R – 8,31 ga teng universal doimiylik; Yea – qovushqoq oqimning erkin energiyasi. Ushbu tenglamani logarifmlasak va A = 10 Pa∙s deb olganda tenglama quyidagi kо‘rinishga keladi: Yea = 2, 303 RTlg(+4) PVA ning turli konsentratsiyalarida kraxmal kleysterlari uchun quyuqlashtiruvchi sistemaning aktivlanish energiyasining о‘zgarishlari 3-jadvalda berilgan. Download 204.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling