2-bob. Tadqiqot ob’ekti va usullari to‘qimachilik materiali
Faol bо‘yovchi moddalar bilan gul bosilgan matolarning sifat kо‘rsatkichlari
Download 204.88 Kb.
|
Murodov Doston MDM (Автосохраненный)
Faol bо‘yovchi moddalar bilan gul bosilgan matolarning sifat kо‘rsatkichlari
4-jadval
Olingan natijalardan kо‘rinib turibdiki, kraxmal, PVA va AE asosidagi quyuqlashtiruvchilar bilan qanday bо‘yoqlar bilan gul bosishdan qat’iy nazar rang mustahkamligi amalda qо‘llaniladigan algin kislotaning natriyli tuzi asosidagi quyuqlashtiruvchi bilan bosilgan gul mustahkamligi deyarli bir-biriga yaqinligi taklif etilayotgan quyuqlashtiruvchining yuqori samaradorligidan dalolat beradi. Undan tashqari 4-jadval ma’lumotlarning tahlili shuni kо‘rsatadiki oksidlangan kraxmal asosidagi quyuqlashtiruvchi bilan gul bosilgan ipak tolali matolarning quruq ishqalanishga barqarorligi yetarli emas (3 ball) va matoning qattiqligini oshishiga olib keladi (7,8 marta). Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida taklif qilingan kompozitsiya tarkibiga kraxmal va PVAdan tashqari AE eritmasi ham kiritildi, bunda qattiqlik kо‘rsatkichi 1,7 martagacha kamayib deyarli alginatli quyuqlashtiruvchi darajasigacha yaqinlashdi (1,4 marta). Shuni inobatga olib aralash tolali matolarga gul bosish uchun quyuqlashtiruvchi sifatida kraxmal, PVA va AE komponentlaridan iborat quyuqlashtiruvchi polimer kompozitsiyalar yuqori samara berishi tajribalarda isbotlandi. Jadvalda keltirilgan natijalar, jumladan rangning quruq ishqalanishga va hо‘l ishqalanishga chidamliligi mos ravishda “5” va “4” ballni tashkil qildi. Bu kо‘rsatkich ishlab chiqarishda qо‘llanadigan alginatlar bilan tengligi kо‘rinib turibdi, faqatgina rangning yuvishga chidamliligi ishlab chiqilgan tarkibda 5/4 ballni tashkil qildi. Alginatlar bilan gul bosilganda esa mustahkamlik 5/5 ni tashkil etdi. Meyor talablariga asosan bu kо‘rsatkich 5/4 balldan kam bо‘lmasligini inobatga olsak, biz tomondan ishlab chiqilgan tarkib bilan ipak va paxta tolasi asosidagi aralash matolarga faol, pigment yoki dispers bо‘yoqlar bilan gul bosishda quyuqlashtiruvchi sifatida qо‘llashni tavsiya etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 204.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling