2-bob. Tadqiqot ob’ekti va usullari to‘qimachilik materiali


Download 204.88 Kb.
bet11/14
Sana18.01.2023
Hajmi204.88 Kb.
#1099130
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Murodov Doston MDM (Автосохраненный)

3-jadval


PVA ning turli miqdorlarini saqlagan 6%-li kraxmal kleysterlarining termodinamik xarakteristikalari

Sistemalar

Qovushqoq oqimning aktivlanish energiyasi, Yea, kJ/mol

Qovush-qoq oqim-ning aktivla-nish issiqli-gi, N, J/mol

Entropiya, S, J/mol

298

313

323

333

343

298

313

323

333

343

Kraxmal

17,6

17,3

17,1

16,7

16,0

469,7

61,10

88,22

54,43

31,37

48,43

Kraxmal+ 0,5% PVA

20,4

19,7

19,2

18,8

18,4

495,2

69,75

64,48

60,15

58,23

55,41

Kraxmal+ 1,0% PVA

21,1

20,8

20,5

20,2

19,7

489,1

71,37

66,93

64,70

61,66

58,80

Kraxmal+ 1,5% PVA

21,8

21,6

21,3

21,1

19,9

487,1

73,41

70,27

68,20

65,56

61,40

Kraxmal+ 2,0% PVA

22,7

22,3

22,1

21,8

21,4

488,4

77,20

74,45

71,26

69,28

66,40

Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, quyuqlashtiruvchi tarkibida PVA miqdori ortib borishi bilan quyuqlashtiruvchi tarkibning aktivlanish energiyasi ortadi. Termodinamik nuqta’i nazardan ma’lumki qovushqoq oqimning aktivlanish energiyasi potensial tо‘siqni xarakterlaydi, ya’ni bu tо‘siq yengib о‘tilganda makromolekula zich о‘ram holatidan yoyilgan konformatsiyaga о‘tadi, ya’ni bog‘lar orasidagi masofani kattalashishiga olib keladi. Aktivlanish energiyasining qiymati qancha katta bо‘lsa, makromolekulalar orasida kogezion ta’sirlar shuncha yuqori bо‘ladi. Shu sababli PVA qо‘shilganda polimer sistema (kraxmal) yanada murakkabroq va mustahkamroq struktura bilan xarakterlanadi, ya’ni sistemada PVA qancha kо‘p bо‘lsa, hosil bо‘ladigan struktura shuncha murakkab va mustahkam bо‘ladi.
Qovushqoq oqimning aktivlanish issiqligi N grafik kо‘rinishda tuzilgan qovushqoqlik logarifmining teskari haroratga bog‘liqligi bо‘yicha hisoblandi. 1-jadvaldan kо‘rinadiki, PVA kiritilganda kraxmal eritmalari uchun aktivlanish issiqligi bir oz kamayadi. Bu sistemaning oquvchanlik chegarasining osonlashganidan dalolat beradi.
1-jadvaldan kо‘rinadiki, kraxmal eritmasi tarkibidagi PVA polimerining kiritilishi entalpiyaning jiddiy о‘zgarishlariga olib kelmadi. Buni tabiiy hol deb qarasa bо‘ladi, chunki kraxmal va PVA о‘rtasida hosil bо‘lgan murakkab sistemaga mansub bо‘ladi. Bunday kompleks hosil bо‘lishning termodinamik yurituvchi kuchi entropiya о‘zgarishining katta musbat qiymati hisoblanadi, enatalpiya о‘zgarishining barqarorlashtiruvchi ta’siri esa sezilmaydi.
Entalpiya va erkin energiya farqi bо‘yicha entropiya quyidagi formula asosida aniqlandi:

bu yerda ∆S – sistema entropiyasining о‘zgarishi; ∆M – о‘rtacha molekulyar massa; ∆G – Gibbs energiyasining о‘zgarishi; T – harorat.
Entropiya qiymatlarining ma’lumotlari 1-jadvalda berilgan.
Kutilganidek, kraxmal eritmasiga PVA kiritilganda entropiya ortadi. Bizga ma’lumki termodinamikaning ikkinchi qonuniga asoslangan holda, о‘z-о‘zidan boradigan jarayonlar entropiya ortishi bilan sodir bо‘ladi. Olingan natijalarga tayangan holda kraxmal va PVA eritmalarida komplekslarning hosil bо‘lishi о‘z-о‘zidan boradigan jarayon deb qarash mumkin va sistemada PVA ning miqdori qancha kо‘p bо‘lsa, u shuncha kinetik va agregativ barqaror bо‘ladi.
Tavsiya etilgan polimer kompozitsiyalar bilan gul bosilgan aralash(ipak+paxta tolali) matolarning ekspluatatsion xossalari juda muhim hisoblanadi. Shu sababli ushbu texnologiyani ishlab chiqarishga joriy qilish natijasida ishlab chiqilgan quyuqlashtiruvchi samaradorligi aynan ularga bog‘liq bо‘ladi. Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida о‘tkazilgan tajribalar natijasida taklif qilingan va ishlab chiqarishda qо‘llaniladigan quyuqlashtiruvchilar bilan gul bosilgan matolarda rang sifatini xarakterlovchi qiyosiy ma’lumotlar olindi hamda natijalar 2- jadvalda keltirilgan.

Download 204.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling