2-bob. Tadqiqot ob’ekti va usullari to‘qimachilik materiali
Download 204.88 Kb.
|
Murodov Doston MDM (Автосохраненный)
XULOSALAR
1. Bо‘yovchi moddalarning quyuqlashtiruvchisi sifatida qо‘llash uchun modifikatsiyalangan kraxmal, PVA va AE asosida berilgan xossalarga ega suvda eruvchan polimer kompozitsion materiallar olinishining ilmiy asoslari ishlab chiqildi. 2. Ilk bor kompozitsiya komponentlari о‘zaro ta’sirlanishining asosiy qonuniyatlari о‘rganildi. Yaratilgan kompozitsiyaning fizik-kimyoviy va reologik xossalari о‘rganildi. Quyuqlashtiruvchi kompozitsiyaning qovushqoqligi asosan komponentlar konsentratsiyasi va nisbatiga bog‘liqligi aniqlanadi, bunda PVA va AE miqdori kо‘payganda qovushqoqlik ham ortadi. Modifikatsiyalangan kraxmal, PVA va AE asosida yaratilgan polimer quyuqlashtiruvchi kompozitsiyalar yaxshi tiksotroplik xossasini namoyon qiladi va uzoq vaqt saqlanganda ham barqarorligini yо‘qotmaydi. 3. Kraxmal, PVA va AE asosidagi kompozitsiyaning fizik-kimyoviy xossalariga turli omillarning ta’siri о‘rganildi, quyuqlashtiruvchi tarkibiga kiruvchi komponentlarning optimal tarkiblari aniqlandi. Quyuqlashtiruvchi kompozitsiyalarning fizik-mexanik xossalari va gul bosishning asosiy kо‘rsatkichlariga PVA va AE ta’sirining о‘ziga xosligi aniqlandi. 4. Polimer kompozitsiyaning qо‘llanilishi ranglarning quruq va hо‘l ishqalanishga barqarorligi iste’molchilar talabiga mos keladi. Faol bо‘yoqlar bilan gul bosish uchun yaratilgan quyuqlashtiruvchilarning qо‘llanilishi matoning yuvishdan keyingi intensivligini 65 dan 84% ga oshiradi va bir vaqtning о‘zida rangning qattiq sharoitlarda yuvishga barqarorligini yaxshilaydi. 5. Yaratilgan quyuqlashtiruvchining toza tayyorlangan hamda xona haroratida bir sutka davomida saqlangan tarkiblari bilan gul bosilganda faol bо‘yovchi moddalarning foydali qо‘llanilishi darajasi emprintga nisbatan 5-10% ga yuqori bо‘lishi aniqlandi. 6. Ishlab chiqilgan quyuqlashtiruvchi kompozitsiyalar bilan gul bosilgan matolarning struktur-mexanik, ekspluatatsion va koloristik xossalari о‘rganildi va natriy alginat bilan quyuqlashtirilgan bо‘yovchi moddalarga nisbatan bо‘yoqlarning mato ichiga chuqurroq singishi aniqlandi. Quyuqlashtiruvchini olish va ipak tolali matolarga gul bosish texnologiyasi ishlab chiqildi, gul bosish bо‘yoqlari komponentlarining optimal konsentratsiyalari aniqlandi. Download 204.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling