2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


She’riy san’atlar. Talmeh san’ati


Download 222 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi222 Kb.
#1558955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. SOZ2A3-21. Ismoilova D.N.

1.2. She’riy san’atlar. Talmeh san’ati.
Talmeh san’ati. She’riyatda tarixiy voqea yoki tarixiy shaxsga, adabiy qahramonlarga ishora qilish talmeh san’ati deb yuritiladi.
Talmeh arabcha «lama’ot» (“chaqmoq chaqilishi”, ”bir nazar tashlash”) so‘zidan olingan.
Qorong‘u kechada yashin chaqnaganda atrof yorishib, ilgari ko‘rinmay turgan narsalar ko‘rinib ketganiday, biror mashhur shaxs yoxud voqeaga ishora aytilmoqchi bo‘lgan fikr yoki tasvirlanayotgan manzaraning aniqroq va jonliroq chiqishiga yordam beradi.
Hoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar, taxting qurub bod ustina. (Ogahiy)
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya ‘qubtek baytul hazanda. (Atoiy)
Boshimg‘a yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay,
Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. (Ogahiy)
Tamsil. Tamsil arabcha so’zdan olingan bo’lib, “misol keltirish” ma’nosini bildiradi. She’riyatda fikrni isbotlash uchun bironta misol keltirish san’atidir.Bunda ba’zan maqol ham keltirish mumkin.
Umri jovidon istasang, fard o’lki, bo’ston hizridur,
Sarvkim, da’b ayladi ozadalig’ birla maosh. (Navoiy)
Ishtiqoq.She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi ishtiqoq (arabcha “so‘zdan so‘zni ajratish” ma’nosida) tasvir vositasi hisoblanadi.
Ganja vatan, ko’ngli oning ganjhez,
Xotiri ganjuru tili ganjrez. (Navoiy)
Irsoli masal. She’riyatda xalq og’zaki ijodida mashhur bo’lib ketgan biror maqol, matal, ibora yoxud hikmatli so’z keltirib, nutq ta’sirchanligini oshirish usuliga irsoli masal( arabcha “irsol”- keltirish, “masal”- misol, tamsil, maqol, matal, ibora; “masal keltirmoq”, “maqol kiritish”) deyiladi.
Eski o’zbek tilida maqol, matal va iboralar masal yoki zarb ul- masal deb nomlangan.
Shoirning “irsoli masal” san’atini qo’llashdan maqsadi o’z fikrini maqol, matal, ibora yoki hikmatli so’z orqali quvvatlab olish, o’quvchi ishonchini kuchaytirish va ifoda ta’sirchanligini oshirishdir.
Lutfiyning «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog‘ tubi qarong‘u» matla’li g‘azali boshdan oxirigacha shu san’at asosiga qurilgan.
Har kishikim birovga qozg’oy choh,
Tushgay ul choh aro o’zi nogoh. (Navoiy)
Xunob ichar vaqtimda xush kelding, ko’ngulkim, xalq aro,
Yaxsh masaldurkim:”Kelur yaxshi kishi osh ustina”. (Ogahiy)

Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling