2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining
Mavzuning o`rganilish darajasi
Download 222 Kb.
|
Kurs ishi. SOZ2A3-21. Ismoilova D.N.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsad va vazifalari
- Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati
- I.BOB. She’riyatda talmeh san’atining o‘rni 1.1. Alisher Navoiy va Bobur g‘azallarida talmeh san’atining qo‘llanilishi
Mavzuning o`rganilish darajasi:
Sheriyatni talmeh san’atisiz to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi. Alisher Navoiy she’riyatning talmeh san’atiga juda katta hissasini qo‘shibgina qolmasdan uni yangi pog‘onaga olib chiqqan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Alisher Navoiy she’riyatning talmeh san’atini “Badoye ul-bidoya” asarida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Kurs ishining maqsad va vazifalari: Alisher Navoiy she’riyatning talmeh san’atini tahlil qilish ushbu kurs ishining maqsadi hisoblanadi. Ushbu kurs ishidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: Alisher Navoiy she’riyatning talmeh san’ati mavzu ko‘lamini ochib berish; She’riyatning talmeh san’ati ma’no-mazmunni tushuntirish; Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati: O`quvchilarning g`oyaviy-badiiy fikrlash qamrovini kengaytiradi, she’riyatning o`quvchilar orasida keng miqiyosda targ`ib qilinishiga yordam beradi. Kurs ishining predmeti: Ushbu kurs ishining predmetini Alisher Navoiy she’riyatning talmeh san’ati assosida yozilgan she’r va asarlar tashkil etadi. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishimiz ishning umumiy tavsifi, 2 bob, umumiy xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, 24 sahifadan tashkil topgan. I.BOB. She’riyatda talmeh san’atining o‘rni 1.1. Alisher Navoiy va Bobur g‘azallarida talmeh san’atining qo‘llanilishi XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral) da Hirotda tug’ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug’ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o’g’li Shohrux Mirzoning qo’l ostidagi obod manzillaridan biri edi. Alisher tug’ilgan xonadon Temuriylar saroyiga eskidan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi. Bo’lg’usi shoirning otasi G’iyosiddin Muhammad o’g’lining tarbiyasiga jiddiy e’tibor berdi. Alisherning she’riyatdagi ilk ustozi tog’asi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali G’aribiylardir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Qobuliy haqida: “Yaxshi tab’i bor erdi, turkchada mayli ko’proq erdi…” desa, G’aribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Ko’proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xo’b erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…” deydi. Talmeh (“nazar solmoq”) she’r yoki nasrda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar, adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilish san’atidir. Shoirlar muhabbat mavzusidagi asarlarida ko‘pincha sharqda keng tarqalgan “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Vomiq va Uzro”, “Tohir va Zuhro” kabi qissalar, dostonlarning qahramonlari nomiga ishora qiladilar. Bu orqali o‘quvchi ushbu qahramonlarga ishorani ko‘rar ekan, uning demoqchi bo‘lganini teranroq anglaydi, ko‘z o‘ngida qahramonlar taqdiri jonlanib, ularning hayoti, sevgisi yo‘lidagi kurashi o‘quvchi ko‘z o‘ngida jonlanadi.Bu orqali o‘quvchi shoir nima demoqchi ekanligini , g‘oyani, fikrni, tuyg‘uni chuqurroq anglab yetadi. Masalan: Alisher Navoiyning ”Badoye ul-bidoya” devonida kelgan quyidagi “Zixi husnung” deb boshlanuvchi g’azalda: “Ne ishga bo‘ldi beorom ko‘zgu aksidek Majnun, Yuzi ko‘zgusida aksingni ko‘rguzmadi Laylo.” Talmehga asos bo‘lgan so‘zlar Majnun va Laylo kishi ismlari bo‘lib, ularni keltirish orqali “Layli va Majnun” dostonidagi oshiqlar qismatiga ishorani ko‘rish mumkin. Shoir ham bu o‘rinda o‘z ishqini Majnunnikidan kam emasligini iddao qiladi. Yoki “Bo‘ldum sanga” radifli g‘azalidagi ushbu baytda: “Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, Soqiyo to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.” Jomi Jam hamda Xizr so‘zlari ushbu o‘rinda talmehga asos bo‘lib kelgan.Jomi Jam bu- qadimiy afsonalarga ko‘ra, Eronda eng avval hukmdorlik qilgan buyuk hukmdor Jamshid podshodir. Uning buyrug’i bilan to‘rt yuz olim tomonidan butun butun dunyoni ko‘rsata oladigan qadah yasalgan.Alisher Navoiyning ta’rificha ushbu qadahlar ikkita bo‘lib birinchisi Jomi ishratfizoy- bu jomdagi may ichgan bilan tugamas, to‘liq turaverar, qiyshaytirilsa ham to‘kilmas ekan , ikkinchisi Jomi gitiynamo bo‘lib, bu jomda jahondagi barcha hodisalar ko‘rinib turar ekan. Xizr suyi esa Abadiylik suvini ichgan va hamisha barhayot deb, hisoblanadigan Xizr payg‘ambar haqidagi rivoyatlarga ishora mavjud. Bayt ma’nosiga keladigan bo‘lsak, Soqiyni bu yerda piri komil yo bo‘lmasa mashuqa deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, Yorning vaslini ko‘ngil oynasida ko‘rish istagi bilan yongan oshiq dunyoviy amallar, mansab va lavozimlarga ko‘ngil qo‘ymagani, tarki dunyo qilganini yozadi. “Qolibdur” radifli g‘azali tarkibida qo‘llangan quyidagi oshiqona ruhda yozilgan g‘azalda ham talmeh san’atining yana bir chiroyli na’munasini ko‘rishimiz mumkin: “Men ishq ramuzin demay o‘ldum,nazar etkim, Farhod ila Majnunning o‘kush rozi qolibdur.” Baytda keltirilgan Farhod va Majnun ismlari, Xamsa tarkibida kelgan “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlaridagi romantik obrazlar talmehni yuzaga keltiruvchu unsurlar hisoblanadi. Misralardan kelib chiqadigan ma’no shuki, “Men ishqni so‘zlamayin(takrorlamayin) yaxshisi sen Farhod va Majnun tilidan so‘zlangan mening baytlarimga boq. Ularda Farhod ham Majnun ham ishq haqida juda ko‘p so‘zlar deganlar”. “Ul Masih anfosi jonbaxsh u labi hayvon suvi, Olloh-Olloh, necha jonim notavon bo‘lg‘usidir.” “Masih anfosi” birikmasi ushbu o‘rinda talmeh san’atiga asos bo‘lib kelgan. Iso Masih-Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Masih anfosi badiiy asarda ko‘pincha jon baxsh etuvchi kuch timsoli sifatida keladi. Misralardan “Agar ul go‘zal nafasi baxsh etib, labi tiriklik suvi bo‘lsa ,yo Alloh, mening jonim necha marotaba kuchsiz, zaif, nimjon bo‘lsa roziman” kabi ma’noni uqish mumkin. “Tushta Yusuf hay`atin ko‘rdum habibim yodidin? Go‘yi ul qolab bu ruxi maxz uchun andozadur.” Alisher Navoiyning “Holi xijronida” deb boshlanuvchi g‘azalining ushbu baytida Yusuf ismi talmeh she’riy san’atini yuzaga keltirgan. Yusuf-Qur’onda zikr etilgan paygvambarlardan biri. Yusuf asalayhissalom Ya’qub alayhissalomning, Ya’qub alayhissalom, Is’hoq alayhissalomning, Is’hoq alayhissalom Ibrohim alayhissalomning farzandidur. Yusuf alayhissalomga Alloh tomonidan go‘zal husn va payg‘ambarlik mo‘jizalaridan bo‘lmish, tushlarni to‘g‘ri ta’bir qilish qobiliyati berilgan.Bu baytda Navoiy Tushida Yusuf siyratini ko‘rganligi va inson atalmish maxzanning-xazinaning barchasi uchun u andozaligini, namuna ekanligini aytmoqda. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘zining sermahsul ijodida talmeh san’atidan juda ko‘p o‘rinlarda foydalangan.” Quyoshim har sorig‘a” deb boshlanuvchi g‘azalning maqtasida: “Iroq u Fors gar yetsa,sening bu she’ring, ey Bobur, Ani xifz etgusi Xofiz,musallam tutqusi Salmon.” Talmehni yuzaga keltirgan Iroq joy nomi Dajla va Frot daryolari oralig‘ida joylashgan davlat, hamda Fors joy nomi, shu til tarqalgan hududlarga nisabatan olingan, hozirgi kunda Eron davlatining janubi- g‘arbidagi viloyat. Xofiz Sheroziy buyuk fors shoiri Navoiy uni “isonafaslik rindi Sheroz” deya ulug‘lagan. Salmon Sovajiy nomi bilan mashhur, fors shoiri. Zamonning aksar ilmlari, jumladan adabiyot, riyoziyot, she'rshunoslik, tilshunoslikni mukammal egallagan. Shoir o'zining «Qasidai Masnu'» nomli o'ta murakkab, bir necha bahr, turli-tuman she'riy san'atlar qo'llanilgan muvashshah (bezatilgan, ziynatlangan, demakdir) tariqida yozilgan asari bilan shuhrat qozongan. Bayt mazmunini quyidagicha talqin qilsak, xato bo‘lmaydi: Bobur, agar sening she’rlaring Iroq va Fors shaharlariga yetsa, uni Xofiz himoya qiladi, Salmon Sovajiy esa sening baytlaringa tan beradi. “Demagay axsant lafzin,Bobur, ul yoring sening, Nechakim Xasson kibi o‘zni suxandon qilg‘asen”. Boburning ushbu g‘azalida ishqi ilohiy kuylangan. Baytda talmehni yuzaga keltirgan Xasson ibn Sobit ismi. Hasson ibn Sobit (r.a.) musulmonlarni ruhlantirgan va “Rasulullohning shoiri” sifatida tanilgan sahobadir. Ibn Abbosning rivoyatiga ko'ra, keksaligiga qaramay g'azotlarda shaxsan Rasululloh (s.a.v.) ning yonlarida turib jang qildi. Garchi urushlarda yakkakurashlarga ko'p kirishmagan bo'lsada, mushriklarga qarshi yozgan she'rlari bilan raqiblar ruhini sindirishga katta hissa qo'shardi. Bu borada Rasululloh (s.a.v) shunday deganlar: “Hassonning baytlari dushman uchun o'qdan ham kuchliroqdir! Bobur ham ishqini kuylashda u kabi suhandon bo‘lishni Allohdan tilaydi. “Taqdirdur ul yon u bul yon solg‘uchi, yo‘qsa, Kimga qavasi Sanbalu nazir qilibdur.” Boburning ushbu “Qilibdur” radifli g‘azalida Sanbal joy jomi talmehga asos bo‘lib keladi. Sanbal Xindistondagi bir hududning nomi. Bobur uni o‘g‘li Humoyunga taqsimlab bergan. Talmeh fikrni ixcham va qisqa ifodalash bilan birga o‘quvchiga bayt mazmunini chuqur va ta‘sirchan bo‘lib yetib borishi uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra u she’rda oz so‘z bilan ko‘p ma’noni ifodalash san’ati deyiladi. Navoiy va Bobur biri-birisidan qolishmagan darajada g‘azallariga bezak berishda talmeh san’atidan sermahsul foydalanishgan. Download 222 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling