2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


Download 222 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi222 Kb.
#1558955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. SOZ2A3-21. Ismoilova D.N.

Tanosib - baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qollash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari bilan; «Ka’ba» esa haj, farz, Tengri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘lanib, yaxlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma ‘mur-u himmati oliy. (Navoiy)
Ushbu misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor), mulk va ma ‘mur so‘zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli bo‘lganidan tanosub hosil bo‘ladi.
Maylni qo ‘yki, vola-u zor ul,
Jon berib vasliga xaridor ul. (Navoiy)
Tashbeh - adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’atlardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘xshatish desa ham bo‘ladi. Tashbehda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o‘xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbeh ikki narsani bir-biriga o‘xshatishdir. Masalan, «Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulga o‘xshatilgan. Tashbehning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishi mumkin:
O‘xshamish – tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz).
O‘xshatilmish tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (gul).
Asos – nimaga ko‘ra o‘xshatishning yuzaga chiqqanligi (go‘zallikda).
Vosita – o‘xshatilish belgisi.
Vosita ishtirok etgan o‘xshatishlarda tashbeh aniq ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida -dek, -day, -cha, -simon, -vor, -saro, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo ‘shimchalar, kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, xuddi, o‘xshab, nechukki va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘p hollarda asos ishtirok etmaydi. Misollarga murojaat qilamiz:
Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida у el yanglig‘.
Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbehda o‘xshamish bilan o‘xshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hilol-dek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» deyish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga «yuzi oy» ishlatiladi.
Ermas alar tufrogl-u, sen nuri роk,
Xilqat alarg‘a-vu sanga – tiyra xok.
baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Asos va vositaning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’iy nazar o‘xshamish bilan o‘xshatilmish ishtirok etgan o‘xshatish san’ati mutlaq tashbeh (aniq o‘xshatish) deyiladi.
Ayrim o‘rinlarda o‘xshamish ham tushib, o‘xshatilmishning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so‘zlarining o‘zi o‘xshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbeh (ishora o‘xshatish) deb ataladi.
Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma ‘mur qil. (Navoiy)
baytida to‘rtta kinoya tashbeh bor: bo‘ri – bo‘ridek talovchilar, gala – gala singari xalq, suv – suvdek (zarur) adolat, bog‘ – bog’ga o‘xshash mamlakat tashbehlarining ishoralaridir.

Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling