2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


Yomg`ir ham yog`madi uzun kun, Barglari jon uzib tindilar. Samoning ko`ksiga qoqilsa, Shamolga


Download 192.5 Kb.
bet7/11
Sana17.06.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1541582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
курс иши

Yomg`ir ham yog`madi uzun kun,
Barglari jon uzib tindilar.
Samoning ko`ksiga qoqilsa,
Shamolga chiqsaydi otilib.
Mayliga yomg`irdek yiqilsa,
Shamolga chiqsaydi otilib.
Bag`riga olar-ku bo`ronlar,
Ismsiz hasratni haydarlar.
Bir imkon shartini aytarlar,
Bag`riga olarku bo`ronlar.
Yomg`ir ham tinmadi uzun kun.
(Rauf Parfi “Yomg’ir ham tinmadi uzun kun”)
She’rdagi tabiat hodisalari bir-birining inkorini berish bilan birgalikda she’rni o’zgacha jilolantirgan. Yomg’ir, shamol, bo’ron lirik qahramonning ruhiyatini ochishga xizmat qilmoqda. Bo’ron bu uzoq davom etadigan kuchli shamol. Bo’ronning dovul, po’rtana, qasirg’a singari nomlari ham mavjud. Lirik qahramon o’z hislarini bo’ronga topshirmoqchi. Rauf Parfining so’z ustasi ekanligining yana bir dalili shuki, u yomg’ir yog’ishini ya’ni yerga yomg’ir tomchilarining tomishini “yiqilmoq” so’zi bilan beradi. Bu orqali she’rxonda ajib bir kayfiyat uyg’otadi.
Og`ir tun, qurir tinka…
Bu yomg`ir tinar qachon?
Yerga botadi tovon,
Loy yopishar etikka.
Yomg`ir qorga aylanar,
Ko`zingda kular alam.
Ohista bosh aylanar,
Qayga qochib borar g`am?
Qanday go`zal bu olam?
(Rauf Parfi)
Tabiat hodisalari sirliligi bilan insonlarni hamisha lol qoldirib kelgan. Lekin ularning tinimsiz sodir bo’lishi odamlarni zeriktirib qo’yadi. Shoir ham she’rda tinimsiz yog’ayotgan yomg’irning ko’ngilni g’ashlantirganini ta’riflamoqda.

2.2. She’riyatda shamol va u bilan bo’gliq tushunchalar talqini
She’riyat dunyosida endigina tug’ilgan har bir she’rning o’z umri, qismati bor. Xuddi, inson bolalaridek. Bunday deyilishiga sabab har bir yaratilgan she’r she’rxonlarning saviyasi, didi, intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etiladi. She’rni mutolaa qilayotganda insonning kayfiyati muhim rol o’ynaydi. Kayfiyatning qandayligiga qarab inson hissiyotlari junbushga keladi. Bittagina she’r turli davrlarda turlicha idrok etilishi mumkin. Uni har kim o’zi tahlil qiladi, o’zicha ma’no izlaydi. She’riyatda shamol va u bilan bog’liq tushunchalar aksariyat holatlarda kishi kayfiyati ramzi hisoblanadi.
Shamol so`zining o`zi aslida shimoldan esgan yelni bildiradi. Lekin hozirgi o`zbek tilda bu so`z keng ma’noda qo`llaniladi. Maxsus eski kitoblarda janubdan esgan yel “janub” deb ataladi. Ammo bugungi o`zbekchada janub so`zi mazkur ma’noda ishlatilmaydi. G`arbdan esgan yel eski kitoblarda “dabur” deb yuritiladi. Ammo hozir bu so`z dovul shaklini olgan va vayronalik keltiradigan kuchli shamolni bildiradigan so`zga aylangan. Shuningdek, shamolning turli nomlanishlari bo’lib, bunday nomlashlar uni darajalaydi. Ya’ni uning tez yoki sekinligi bilan gradatsiyalanadi. Havo harakatini bildiruvchi so`zlar: “yel”, “bod”, “shamol”, “janub”, “sabo”, “dabur”, “shurta”, “esin”, “nasim”, “shabboda”, “tundbod”, “garmsel”, “samum”, “sarsar”, “izg`irin”, “bo`ron”, “bo`rag`on”, “purga”, “to`fon”, “tayfun”, “urag`an” yoki “uragan”, “girdibod”, “quyun”, “uyurma” kabilar misol bo’la oladi.3
So`zimga to`ldi sog`inch, so`zim-da yolg`iz,
Ko`zimga to`ldi yolg`iz Alloh jamoli.
Belgi berdi falak. Noma’lum bir iz.
Jismimni sindirdi – ajal shamoli,
Tobutimni quchib yig`ladingiz Siz,
Nechun, dunyoning eng go`zal Ayoli?!
(Rauf Parfi)
Tabiat hodisalari orasida shamol kuchliligi bilan ajralib turadi. U shunchalik kuchliki, katta talafot yetkazadigan quyunlarni hosil qilishga qodir. Shuningdek, shamol tasodifiy narsa emas, u Allohning ne’mati. Shoir Shamolni ajalga qiyoslashi ham tasodif emas, ularni birlashtiruvchi unsur bu – tezlik. Ya’ni, ajal ham xuddi shamol singari tez kelib, tez ketadi. Kuchli shamol o’zidan ko’p talofatlarni qoldirsa, ajal esa dard, hasratlarni qoldirib ketadi.

Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling