2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


Download 192.5 Kb.
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1541582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
курс иши

Qor ufurar.
Tumanlarda bir yulduz muncha
G`amgin turar.
(Rauf Parfi)
Shoirlar, asosan, qor tasvirini berishda muzlagan, sovuqlik, qahraton kabi so’zlar bilan birgalikda tasvirlaydilar. Bunda ham she’rning jilodorligi oshadi, ham qahramonning ruhiy holati to’laligicha ochib beriladi. She’rda oyning harakatini suzishga, tunni esa sovuqllikka monandlikda tasvirlangan. Shoirning “qor ufurar” deya ta’kidi ham she’rni go’zalligini yana bir bor oshirgan. Ya’ni ko’chada yog’ayotgan qor dimoqqa uriladi, demoqchi shoir. Shuningdek, tumanni adabiyotda ifodalanashining turli qirralari mavjud. Tuman tushgan paytda hech qayerni ko’rishni imkoni bo’lmaydi. Lekin shunday vaziyatda ham shoir g’amgin yulduzni ko’rmoqda.
Aylanib tushar qor yo`limga,
Qo`lingni qo`ygil yor, qo`limga.
(Rauf Parfi)
Yuqoridagi misralarda yor-qor so’zlari bir-biriga mos tarzda mahorat bilan tanlangan. Qor qish faslida yog’adi. Qish esa odatda, ayriliq ma’nosini ifodalaydi. Lirik qahramon ayriliqning sovuq nafasi kelmasdan turib, yorining qo’llariga talpinmoqda.
Shamol uvillaydi,
Qor, bo`ron toshib,
Tepalik to`shiga o`zni uradi.
U yerda tuproqqa bag`rini bosib
Tanho bir sag`ana ma’yus turadi.
(Abdulla Oripov “Onamni eslab”)
Har bir tabiat hodisasining o’z xarakter xususiyati mavjud. Masalan, shamolda ovoz chiqarish xususiyati bo’lganligi uchun unga nisbatan “uvillamoq” so’zi ishlatiladi. Bo’ron ko’p talofat yetkazishi uchun “toshmoq” so’zlari qo’llanadi. Shamol va bo’ron haqida keyingi boblarda batafsilroq to’xtalamiz. She’rda qor va bo’ronning toshib, hamma yoqni boshiga ko’tarishiga qaramasdan qabriston va undagi sag’analar jim, sukunatda.
Yo`q, ko`rishmaymiz, xayr endi,
Ortiq ko`rishmaymiz yuzma-yuz.
Sahrolarda sevgimiz qoldi,
Qor ostida qoldi sevgimiz.
Qor ostida qoldi sevgimiz,
Sho`rlik sevgi topmadi omon.
Yakka-yakka bo`ldi ismimiz,
Har xil yo`ldan ketdik har tomon.
(Rauf Parfi)
Rauf Parfi ijodi rang-barang ramzlarga, timsollarga burkangan. Shoirning mahorat shundaki, u aynan kerakli so’zni ishlatmasdan turib ham kitobxonni o’z yo’nalishiga boshlay oladi. Yuqoridagi misralardan ayonki, shoir ayriliq va qorni sinonim tarzda qo’yadi. Teranlik bilan nazar solinsa har ikkalasida ham o’xshashliklar mavjud. Jumladan, sovuqlik, yolg’izlik singari. Qor uyumi ostida qolgan nihol unmagani kabi ayrilgan sevgining yana qayta birlashishi ancha dushvor.
Eslaysanmi izg`irin kecha,
Darchaga qor urar besabr.
Yiroq o`ylar edi ketgancha,
Yiroq o`ylar edi bir og`ir.
Yiroq o`ylar edi bir og`ir,
Qarg`ar edi balki sukunat.

Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling