2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


Mavzuning o`rganilish darajasi


Download 192.5 Kb.
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1541582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
курс иши

Mavzuning o`rganilish darajasi:
Tabiat va inson bir butun. Insoniyatni tabiatdan ayro tasavvur qilib bo`lmaydi. tabiat hodisalari doimiy inson e’tibori markazida tadqiq etiladigan mavzu bo`lsa, adabiyotda bir qancha ilmiy asarlarda qisman o`rganilgan. Alibek Rustamovning “So`z xususida so`z” risolasidagi bitta bo`lim, G`ayrat Murodovning “Tabiat va qahramon” maqolasi, Hilola Odinayevaning “Shoir qalbi navolari” risolasidagi “Tabiat hodisalari, yil fasllari va osmon jismlari tasviri” nomli bob shular jumlasidandir.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Zamonaviy she’riyatda tabiat hodisalari tahlil qilish ushbu kurs ishining maqsadi hisoblanadi.
Ushbu kurs ishidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:

  • Zamonaviy she’riyatning mavzu ko’lamini ochib berish;

  • Tabiat hodisalari ifodalagan ma’no-mazmunni tushuntirish;

  • She’riyatda tabiat hodisalarini ijobiy va salbiy bo`yoqlar orqali tahlil qilish;


Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati:
O`quvchilarning g`oyaviy-badiiy tasavvurlarni kengaytiradi, she’riyatning o`quvchilar orasida keng miqiyosda targ`ib qilinishiga yordam beradi.
Kurs ishining predmeti:
Ushbu kurs ishining predmetini XX-XXI asrda yaratilgan she’rlar tashkil qiladi.

Kurs ishining tuzilishi:
Kurs ishimiz ishning umumiy tavsifi, 2 bob, umumiy xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, 2 sahifadan tashkil topgan.

I.BOB. ZAMONAVIY SHE’RIYATNING MAVZULAR OLAMI
1.1. She’rlarning axloqiy-estetik ahamiyati
Tabiiyki, adabiyot plyurealizm asosiga qurilgan. Lekin ilgarilari uning ushbu tamoyili g’oyat cheklangan edi. Shunday xarakterga ega bo`lgan asarlar qoralanardi. Istiqlol bunday cheklanishga barham berdi. Adabiyot o`z o`zaniga tushdi. Bugungi adabiyot zamirida xalq ma`naviyatini o`stirishga, farovonligini ta’minlashga, Vatan ravnaqini belgilashga xizmat qiladigan g’oyalar yotadi. Bugungi lirika ham shu xususiyati bilan o`ziga xoslik kasb etadi. Zamonaviy she’riyatdagi mavzular ko’lami oldingi she’riyatdan keskin farq qilmasa-da, bugunki kun nafasi bilan yo’g’rilgan she’rlarda o’zgacha joziba va ruh mujassam. Milliy g’oya, mafkura, Vatan, ona xalq, muhabbat, inson va uning ruhiyati kabi mavzular bugunda ham she’riyatda o’z o’rnini bo’shatib bergani yo’q. Jumladan, milliy g’oya bilan yo`g’rilgan she`rlarning ahamiyati shundaki, u yurtga, Vatanga, xalqqa, ota-onaga nisbatan kishi qalbida katta mehr uyg’otadi. Xalqning qadimiy qadriyatlari – urf-odat, udumlari, tanti va jo`mardligi, mehnatsevarligi naqadar fusunkor ekanligi inkishof etiladi. Eng muhimi bunday she`rlar go`zal insoniy tuyg’ularni shakllantiradi va tarbiyalaydi. Insoniyat tarixida ishq-muhabbat vasfiga, sadoqat va xiyonat, ko`ngil erki va makr-riyo talqinlariga shunchalar ko`p she`rlar bitilganki, g’o`yo bu tushunchalar haqida aytilmagan gap qolmagandek, muhabbat lirikasi daftarida bo`sh sahifa qolmagandek tuyuladi. Xayolimizda tug’ilgan bu taassurot aldamchi taassurotdir. Aslida o`zbek lirikasining bugungi nurafshon qiyofasini bu tuyg`ularsiz tasavvur etolmaymiz.
Zamonaviy she’riyatda ruhiyat dunyosi bag’oyat sirli va jozibali. Uning idrok va ifoda usullari ham shunga monand rang-barang turli xil. Shoirlarimiz hayotdan, voqelikdan orttirgan taassurotlari, tajribalari shaxsiyatlari boyligi, olam va odam sir-sinoatlarini tushunish hamda tushuntirishdagi o`ziga xos individuallligini belgilaydi. Badiiy-estetik tafakkur tabiatidagi ijtimoiy-falsafiy, badiiy-axloqiy mazmun adabiy yo`nalishlar mohiyatini, xarakterini ta’minlaydi. Shoirlarimiz o`z ideallaridagi go`zallik belgilarini lirik qahramonlari tabiatida ifodalar ekan, tasavvur va tushunchalaridagi ko`rimsiz alomatlarni ham muayyan bir qiyofada mujassamlashtiradi. Individual unsurlar tizimi lirik qahramonni tiniq bir xarakter qiyofasida namoyon etadi. Ana shu o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra shoirlarimizning lirik qahramonlari bir-biridan farqlanadi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Oydin Hojiyeva, Miraziz A`zam, Abdulla Sher, Sirojiddin Sayyid, Mirpo`lat Mirzo, Iqbol Mirzo, Ikrom Otamurod, Halima Ahmedova, Salim Ashur, singari ijodkorlarimiz tafakkur qirralari: madaniy, ma`rifiy, tarixiy, diniy-axloqiy qadriyatlarga, ko`ngil tuyg’ulariga munosabatiga ko`ra o`zaro ajralib turadi. Millatparvarlik, insonparvarlik g’oyalari ularning har bittasida o`ziga xos namoyon bo`layotganligini kuzatishimiz mumkin. Guvohi bo`layotganimizdek, o`zbek she`riyati, xususan, lirikasi mustaqillik yillarida xalqni, ayniqsa yoshlarimizni milliy qadriyatlarga sadoqat, istiqlol ruhida tarbiyalashda o`z vazifasini sidqidildan bajarmoqda, milliy mafkuraning shakllanishi va taraqqiyotini ta’minlashda asosiy
omillardan biri sifatida tobora faollashmoqda.
She’rlar inson ruhiyatining ko’zgusi hisoblanadi. Ko’zguga qaragan har bir inson unda o’z aksini ko’radi. Har safar ko’zguga qarab tashqi ko’rinishimizdagi xato va kamchiliklarni tuzatganimizdek, she’rlarni mutolaa qilish jarayonida mafkuramizdagi, ruhiyatimizdagi kamchiliklarni tuzatib boramiz. Bunda bizga o’z ishining ustalari bo’lmish shoirlarimiz yordamga keladi. She’riyatning axloqiy-estetik ahamiyati qisqa satrlarda ulkan ma’nolar yashiringan she’rlar orqali insonni to’g’ri yo’lga boshlash, uni madaniyatini, ma’rifatini kamol toptirish. She’r bu shunchaki zavq berish yoki ko’ngil ochish vositasi bo’lib qolmay, balki ulkan xazina hamdir. Kishilik jamiyatida yashayotgan har bir inson bu xazinani asrashi va undan to’g’ri foydalanishni bilishi lozim. Shundagina ming yillar qariga borib taqaladigan adabiy xazinamiz o’z mavqeyini yo’qotmaydi.



Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling