2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining
Download 192.5 Kb.
|
курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. ZAMONAVIY SHE’RIYATDA TABIAT HODISALARINING MOHIYATI 2.1. Zamonaviy she’riyatda yomg’irning ifodalanishi
Erimagan qor kabi bag`ir,
Buni hozir angladik faqat. (Rauf Parfi) Qorning foydali jihatlari ham mavjud. Masalan, nabotot olami uchun. Adabiyotda esa ayniqsa, she’riyatda u tushkunlik, sovuqqonlik ramzini aks ettiradi. Bu xususiyatlar uning tabiatidan kelib chiqqan holda olingan. Ushbu she’rda Rauf Parfi ko’ngilni erimagan qorga qiyos etadi. Qor yoqqanidan so’ng bir muddat o’tib erib ketadi, lirik qahramonning ko’nglidagi og’riqlar esa hali erib ketmagan, qalbidagi ozorlar erimaganini esa endigina anglamoqda. Pag`a-pag`a oppoq qor yog`ar, Bog`lar kiymish ilohiy libos. Yuragimni bir otash dog`lar, Quyosh tutib kelayotir yoz. (Rauf Parfi) She’rda qorning tabiiy jarayoni ya’ni pag’a-pag’a bo’lib yog’ishi aytilmoqda. Bunda shoir qorni ilohiylashtirgan. Buning sababi uning oq rangida. Birinchi misrada ham “oppoq qor” ta’kidi keyingi misra uchun zamin hozirlagan. Har bir xalq yoki elatning turish-turmushi, urf-odati, dunyoqarashi o’ziga xos, ular uzoq davrlar mobaynida shakllangan. Bu narsa hatto rangga bo’lgan munosabatda ham namoyon bo’ladi. O’rta Osiyoda xususan, biz – o’zbeklarda yorqin ranglarga ijobiy ma’no yuklanadi. Shular jumlasidan, oq rangga ham. Oq rang – ezgulik, soflik, ma’sumlik, pokizalik belgisi sanaladi. Masalan, o’tmishda asir tushgan yoki yengilgan qo’shin oq bayroq ko’tarishgan. Rauf Parfi ham shunga ishora qilib, oppoq qor yog’gan bog’ ilohiy bir joziba baxsh etib turganligini ta’kidlamoqda. II.BOB. ZAMONAVIY SHE’RIYATDA TABIAT HODISALARINING MOHIYATI 2.1. Zamonaviy she’riyatda yomg’irning ifodalanishi Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan go’zallik kitobxonning ma’naviyatidagina emas, tafakkuriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga to`g`ri yo’nalish beradi. Adabiyot bag’rida dunyoga kelayotgan har bir she’r iste’dod mahsuli, ko’ngil mulki. Olamni shoirona idrok eta olmaydigan, uning boshqalarga noma’lum jihatlarini ko’ra olmaydigan kishi shoir bo’la olmaydi. Shoir har bir yaratgan she’r namunasida o’zini izlab, o’zini tekshirib, o’zini kashf qilmoqqa intilib yashaydi. She’riyatda yomg’ir ifodasini berish, u orqali tashilayotgan ma’no-mohiyatni kitobxonga yetkazish har bir shoirning o’z uslubi, mahorat darajasi bilan chambarchas bog’liq. Qaytgim keldi onam yoningga, Yuragimda ismsiz dardlar. Sovuq xonam, soat chiq-chiqi, Tashqarida xazonrez bog`lar. Yomg`irning jim xonish qilishi… Barisi ham nechundir bu dam Tushirmoqda seni yodimga… (Abdulla Oripov “Onamga xat”) Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Xalqimizning daho shoiri Abdulla Oripov insonning sog’inch, iztirob oldida ojizligini juda ma’yus tarzda ifodalagan. She’rda hissiyotlar izohlanmoqda. U yomg’irni go’yoki xonish qilayotgan bulbulga qiyos etadi. Download 192.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling