2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining
Download 192.5 Kb.
|
курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shabada. Shabada
Sabolarda o`ynaydi navo,
Ariqlarda suv oqadi shan, Ohanglarga to`libdir havo, Benavosan nechun yolg`iz san? (Rauf Parfi) “Sabo” so`zi she’riyatda ko`p ishlatilgani uchun o`z ma’nosi va shaklini o`zgartirmagan. Sharqdan esgan yel sabo deyiladi. Sabo – tong yeli degan fikr ham bor. Bu fikrning paydo bo`lishiga tongda ko`pincha Sharqdan yel esib turishi sabab bo`lgan. Demak, sabo aslida Sharqdan esadigan shamol bo`lib, tong yeliga nisbatan ham qo`llanar ekan. Bundan tashqari bahor yeli ham sabodir. Sabo bahorda havoni ilitib tabiatni uyg`otgani va tongda quyosh ta’sirida havoni tozalagani uchun hayotbaxsh yel hisoblanadi. Shuning uchun shoirlar saboga ko`p murojaat qiladilar. Oqshom shabboda va yomg`ir, Sen yonimda, sen…yonimda… Asta to`xtar bu kuy og`ir, Kuy bo`lib qolding yodimda: Oqshom, shabboda va yomg`ir. (R.Parfi “Dilgir musiqa oqardi”) “Esin”, “shabboda”, “nasim” yoki “shabada” so`zlari mayin yelni bildiradi. “Shabboda” aslida kun botgandan keyin tonggacha esadigan mayin yelni anglatadi. Lekin hozir ko`pchlik kunduzgi mayin yelni ham shabboda deydi. “Nasim” va “esin” so`zlari klassik adabiyotda ko`p ishlatilgan. “Samum” va “garmsel” so`zlari issiq shamolni, “sarsar”, “izg`irin” yoki “izg`iriq” sovuq shamolni bildiradi. Bir ishni qilayotganda kishiga yordamlashadigan, masalan, kemani kerakli tomonga suradigan yel “shurta” deyiladi. She’rda “shabboda va yomg’ir” mayinlik hamda muhabbatga boy hissiyotlarni ramzi bo’lib kelmoqda. Avtobus. Shabada. Shabada sochimni silar, Onalarning mehri anglab bo`lmas sir. Dengizda adashgan “yelkan” misoli, Uyiga oshiqar bitta musofir. (Dilfuza Kamaljanova “Talaba”) Shamolning mayinligi bilan birga qo’rqinchlisi ham bor. Bu – bo’ron va u bilan sinonim tushunchalardir. “Bo`ron”, “buran”, “burya”, “purga” degan so`zlarning kelib chiqishi bir. Ruschada “buran” deganda aslida cho`l yoki dalada qishda yerdagi qorni tuzitadigan kuchli shamol. O`zbek tilida bu ma’noda “izg`irin”, “izg`iriq” so`zlari qo`llaniladi. O`zbek tilida “bo`ron’ deganda, shiddatli shamol tushuniladi. Ivishgan novdalar sindilar. Download 192.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling