2. Detalning xizmat vazifasi 5


Download 459.29 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi459.29 Kb.
#1499073
  1   2   3   4   5   6   7   8

Мундарижа


KIRISH 2
2. Detalning xizmat vazifasi 5
3. Detal tuzilishining texnologikligi va uning miqdoriy ko‘rsatgichlari 6
4. Ishlab chiqarish turini aniqlash 8
5. Zagotovka turini tanlash va uni tayyorlash usulini aniqlash 10
6. Detal yuzalariga mexanik ishlov berish rejasini tuzish 11
7. Tanlangan texnologik jarayonni asoslash 15
8. Taklif etilgan texnologik moslama, kesuvchi asbob va o‘lchov asboblarni tavsifi va eskizi. 17
9. Texrologik jarayon xujjatlari 22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 24



KIRISH


Ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlariga ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini va nou-xau ishlanmalarni keng joriy etish, ushbu yo‘nalishda ilmiy muassasalar va real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni o‘rnatish mamlakatni jadal innovasion rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.
Iqtisodiyotimiz yaqin yillar ichida yanada barqaror, o‘ziga baquvvat, jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh bo‘lmog‘i uchun itisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha hali ko‘p ish qilish lozimligini, bu o‘rinda, mamlakatimiz va mintaqamizdagi mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va albatta, axborot texnologiyalari va telekommunikasiya tizimlarini jadal rivojlantirishga alohida ahamiyat berish zarur.
Mashinasozlikni rivojlanishida hozirgi kunda ikki yo‘nalish asosiy va belgilovchi bo‘lib qolmoqda. Bulardan biri ishlab chiqarish jarayonining va uni texnologik tayyorlashni intellektuallashtirish bu o‘z navbatida loyihalash bo‘limlarida va bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida kompyuter texnologiyalaridan va avtomatlashtirish vositalaridan keng ko‘lamda foydalanishdan iboratdir. Chunki intellektual loyihalash va ishlab chiqarish tizimlari tayyor mahsulot turining biridan ikkinchisiga o‘tishining moslanuvchanligini ta’minlaydi. Ikkinchi yo‘nalish inson ehtiyojini individualligini, bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda bir hil vazifani bajaruvchi turli ko‘rinishdagi mashina va mexanizmlar yaratishdan iborat.
Zamonaviy va raqobatdosh mashinalarga yuqori aniqlik va tezlik, issiqlikka chidamlilik, kichik vazin va hajm, mustahkamlik va ishonchlik kabi yuqori talablar qo‘yilgan. Bunday talablarni oshib borishi mashinasozlar oldiga murakkab konstruktorlik va texnologik savollarni qisqa vaqt ichida yechish masalasini qo‘ymoqda. Shu sababli mashinasozlik texnologiyasi, ishlab chiqarish dasturiga asosan belgilangan muddat ichida talab etilgan sifat darajasida mehnat hamda moddiy resurslarni kam sarflagan holda mashina va mexanizmlar tayyorlash qonuniyatlarini o‘rgatadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati maxalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni taьminlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil yetishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor axamiyat berilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
Mahalliylashtirish va import o‘rnini bosadi­gan mahsulotlar ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulkan imkoniyatlarga ega ekanini barchamiz yaxshi bilamiz.
Hozirgi paytda mahalliylashtirilgan korxonalar nafaqat ichki bozorni to‘ldirmoqda, balki ular eksport bozoriga ham chiqmokda. 2014 yilda umumiy kiymati 1 milliard dollardan ortik hajmda 550 turdagi mahalliylashtirilgan mahsulot eksport kilindi.
Yurtimizda biz uchun butunlay yangi bo‘lgan avto­mobil sanoatining tashkil etilgani import o‘rnini bosish bo‘yicha olib borilgan oqilona siyosatning yorqin dalili hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 27 ta rusumdagi yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar, minivenlar hamda 15 turdagi zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekistondagi xar ikkinchi oila yurtimizda ishlab chikarilgan shaxsiy avtomobilga ega. Deyarli xar bir oilada kundalik zaruratga aylangan mobil telefon, noutbuk, sun’iy yuldosh orqali ko‘rsatadigan va kabelli televideniye, muzlatish kameralari va zamonaviy oshxona anjomlari kabi yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan jihozlar paydo bo‘ldi.
Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan “Jeneral motors-O‘zbekiston”, “Andijon kabel”, “Uz avto austem”, “Kurton teks” kabi yirik korxonalar nafaqat viloyat, kerak bo‘lsa, mamlakatimiz iktisodiyotining ham tayanch ustunlari hisoblanadi.
Ayniksa, «Jeneral motors - O‘zbekiston» avto­mobil zavodi O‘zbekiston sanoatining nainki lokomotivlaridan biri, ayni vaqtda faxri, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Ana shu ulkan majmua mamlakatimiz uchun mutlaqo yangi tarmoq bo‘lmish avtomobilsozlik sanoatining tamal toshini qo‘ygan yi­rik zamonaviy korxona sifatida tarixga kirganini barchamiz yaxshi bilamiz.
Bugungi kunga qadar bu korxonada 2 million 400 ming avtomobil ishlab chiqarildi. Yiliga 250 ming yengil mashina tayyorlanmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda har ikki oiladan bittasi yengil avtomobilga ega ekan, bularning asosiy qismi o‘zimizda ishlab chikarilgan mashinalar ekani, ayniqsa, e’tiborlidir. Bu yerda o‘zimizning kollejlarimiz, oliy o‘quv yurtlarimizni bitirib, chet elda malaka oshirgan yoshlarimiz ilm-fanning so‘nggi yutuqlariga asoslangan, murakkab texnika va texnologiyalarni mohirona boshqarmoqda.

Download 459.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling