2-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami va mazmundorligi II bob
Darslikning 11-bo’limi “Yoz fasli – soz fasl”
Download 63.27 Kb.
|
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KITOB O’QISH MAHORATI
Darslikning 11-bo’limi “Yoz fasli – soz fasl” deb nomlanib, unda O.Rasulning “Yoz”, H.Yoqubovning “Inson insonga o’rtoq”, I.Muslimning “Quvnoq o’tsin ta’tilimiz” she’rlari o’rin olgan. O.Rasulning “Yoz” she’rida yoz faslining darakchisi laylakning uchib kelishi, faslning o’zgacha tarovati rang-barang buyoqlarda tasvirlanadi.
Yoz keldi-yu, yoz keldi, Ko’lga o’rdak, g’oz keldi, To’kinchilik soz keldi. Quyosh bobom-sahiy qo’l, Rang-bisoti juda mo’l, Ko’zlagani -to’g’ri yo’l. Shuningdek, bolalarning sevimli shoiri Ilyos Muslim maktabda tinim bilmay kecha-yu kunduz bilim egallashga harakat qilib a’lo va yaxshi baholarda o’qib, toliqqan bolajonlarimizning yozgi ta’tilno orziqib kutayotganliklarini, ta’tilda miriqib dam olishlarini badiiy umumlashmalarda yorqin ifodalaydi: Ko’m-ko’k baxmal tog’lardan oshib, O’quvchilar o’ynab kulingiz! O’lkamizda go’zal yoz chog’i, Sizni kutar lola-gulingiz. Bel baravar barra o’tlarni Kurt-kurt yeydi qo’y-qo’zichoqlar. -Biz ham shodmiz siz kabi,- deya, Qirga kishnar toy-qulunchoqlar. Ta’tilga chiqqan bolajonlarimiz dam olish bilan birga uy yumushlariga ham qarashishlari lozimligi, qo’y-qo’zichoqlarni dala-qirda aylantirib shodon kunlarini o’tkazishlari tasvirlangan. Umuman olganda, 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlar 11 bo’limda mavzuga mos holda tanlangan bo’lib, she’rlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh xususiyatiga mos, sodda, ravon, badiiy pishiq, mazmun- mohiyati keng. Har bir bo’lim o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida katta ahamiyatga ega. O’zbek bolalar adabiyoti she’riyatining eng sara namunalari shu ma’noda yosh avlod qalbida istiqlol tuyg’ularining chechak ochishida, haqiqiy, tom ma’nodagi ona-Vatan-kindik qoni to’kilgan muqaddas zaminga mehr-muhabbat, ona-Zaminni, uning betakror tabiati-qir adirlarini, tog’u-o’rmonlarini, bog’-rog’larini, daryoyu ko’llarini avaylab asrashga, kun sayin ko’z o’ngimizda qurib, yo’qolib borayotgan yakkash, yagona dengizi-Orolni saqlab qolish uchun kurashish tuyg’ularini shakllantirishga, “O’zbekiston” deb atalmish ana shu muqaddas Vatanga, uning nomini olamga taratgan buyuk farzandlari-mutafakkir olimu shoirlari, Mustaqil O’zbekiston yagonaligi uchun kurashgan sohibqiron tojdorlari sha’niga munosib farzand bo’lish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi Zero, she’riyat-Ona qadar beg’ubor go’zallik, Ona qadar mehribon va talabchan murabbiydir. Sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning dil qa’ridan otilib chiqqan “Onajonim, she’riyat” degan nidosi shu bois ham she’riyatda oshno qalblarga go’zallikni his qiladi, go’zallikdan zavq oladi, bunday qalbning o’zi ham go’zal bo’ladi. Ana shu ma’noda “O’qish kitobi”dagi o’zbek bolalar adabiyoti she’riyatning eng yaxshi namunalari hayotga endigina qadam qo’yib kelayotgan yosh avlodning pok qalbini go’zallik nuri bilan munavvar qiladi, bu beg’ubor qalblarga ezgulik urug’ini sochadi, ularni go’zal Ona-vatanimizning porloq kelajagini yaratuvchi tom ma’nodagi go’zal insonlar qilib tarbiyalashdek mas’uliyatli ishga o’zining holis hissasini qo’shadi. Download 63.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling