Havoning normal bosimi 1 atmosferaga teng bo`lib, u dengiz sathi tekisligida,
havoning 0 darajasida 760mm. simob ustuniga tenglashtiriladi.
Bu sharoitda atmosfera еrning 1 sm² yuzasini 1033 gramm (o`rtacha 1 kg) kuch
bilan bosib turadi.
Kun davomida atmosfera bosimi 4-5 mm.ga, yilning turli davrlarida 20-30mm.ga
o`zgarib turishi mumkin.
Bu o`zgarishlar sog`lom va chiniqqan odam organizmiga sezilmaydi. Ammo
revmatizm, gipertoniya, nevroz va boshqa surunkali kechayotgan kasalliklari bo`lgan
odamlarda mazkur kasalliklarning xuruj qilishiga, ya`ni kasallik belgilarining namoyon
bo`lishiga olib kelishi mumkin.
Atmosfera bosimining pasayishi havo bulut bo`lgan kunlarda kuzatiladi, yomg`ir,
qor yog`adi.
Atmosfera bosimining ko`tarilishi qishda, quruq,
ochiq va sovuq havoda
kuzatiladi (Antisiklon).
Do'stlaringiz bilan baham: