2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja
Download 354.51 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu gigiena 4ks
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havoning qatlamlari.
- Havoning fizikaviy xususiyatlari. Havoning harorati.
- Havo haroratining gigiyenik ahamiyati.
Havoning gigiyenik ahamiyati.
Havo odam hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Havo nafas olish va issiqlik almashuvida katta rol o`ynaydi. Shuningdek, odam organizmini issiq va sovuq ob-havo, iqlim sharoitlariga chiniqtirishda, ko`pgina kasalliklarning oldini olishda jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini o`tkazilishini tashkil etishda havoning ahamiyati beqiyosdir. Havoni gigiyenik baholashda uning quyidagi xususiyatlari e`tiborga olinadi. Havoning qatlamlari, fizikaviy xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, mexanik aralashmalari, mikroflorasi, ozon qatlarni, magnit bo`roni kabilar. Havoning qatlamlari. 1. Troposfera– havoning eng pastki qatlarni bo`lib, 10-12 km qalinlikka ega, havoning troposfera qatlarni odam hayoti uchun muhim ahamiyatga ega; 2. Stratosfera– 60-90 km qalinlikda bo`ladi; 3. Ionosfera– qatlarni 800 km-gacha qalinlikni egallaydi. 4. Ekzosfera– havoning yuqori qatlarni. Havoning fizikaviy xususiyatlari. Havoning harorati. Yerdagi issiqlikning manbai bo`lib, quyosh hisoblanadi. Quyoshning yorug`lik nurlari еrga tegib issiqlik energiyasiga aylanadi. Atmosfera еrdagi issiqlikning nurlanishi hisobiga isiydi. Shuning uchun havoning pastki qatlamlaridagi harorat yuqori qatlamlariga nisbatan yuqori bo`ladi. Havo qatlarni ning har 100 metrida harorat 0,5 darajaga pasayadi. Shu bois, tog` balanliklarida havo harorati еrga nisbatan ancha past. Yer sharining ayrim hududlarida (M. Turkmaniston, Jazoir) yoz oylari, kunduzi soyada havo harorati +50 darajagacha ko`tariladi. Sharqiy Sibir, Baykal orti hududlarida havo harorati qish faslida-50-55 darajagacha, Antarktidada esa- 88 darajagacha pasayadi. Bir kecha-kunduzda havo harorati eng past ko`rsatgichi quyosh ko`tarilishi vaqtiga, havo haroratining eng yuqori ko`rsatgichi esa kunduzi soat 13-16 ga to`g`ri keladi. Havo haroratining gigiyenik ahamiyati. Havo harorati odam organizmida issiqlik almashuviga ta`sir ko`rsatib turadi. Chunonchi, havoning yuqori harorati odam organizmidan issiqlik ajralishini kamaytiradi. Havoning past harorati esa organizmdan issiqlik ajralishini ko`paytiradi. Markaziy nerv sistemasining termoregulyatsiya faoliyati bilan odam organizmi tashqi muhit haroratining o`zgarishlariga moslashadi. Ammo, kun davomida havo haroratining ko`p miqyosda o`zgarishiga odam organizmi moslashishga ulgurmaydi. Natijada odam tanasida issiqlik almashinuvi buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Bu holat ayniqsa, yosh bolalarda, keksalarda va sog`lig`i zaif odamlarda sezilarli bo`lib, tana haroratining ko`tarilishi, nafas va yurak urishi tezlashuvi, ko`p terlash, tez nafas olish va chiqarish tufayli organizmning suvsizlanishi kabi kasallik holatini vujudga keltirishi mumkin. Download 354.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling