2-laboratoriya ishi; Yog’larni oziq –ovqat tarkibidagi massaviy ulushini aniqlash. Ishdan maqsad
Download 22.47 Kb.
|
3,4-labaratoriya.Yog’larni oziq –ovqat tarkibidagi massaviy ulushini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
- Sinov savollari
2-LABORATORIYA ISHI; Yog’larni oziq –ovqat tarkibidagi massaviy ulushini aniqlash. Ishdan maqsad: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi yogʻlar miqdorini gravimetrik usulda aniqlashni oʻzlashtirish. Kerakli reaktivlar: Sut, dietil efiri, magniy sulfat tuzi – MgSO4, natriy karbonat tuzi – Na2CO3. Idish va asboblar: Pipetkalar, oʻlchov slindrlari, ajratish voronkalari, tubi tekis kolbalar, analitik torozi, rotorli bugʻlatgich. Lipidlar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, oziq – ovqat sanoatining asosiy ratsionali hisoblanadi. Lipidlar yogʻsimon moddalar boʻlib, tarkibi, tuzilishi va funksiyalari qanchalik murakkab boʻlmasin, bu gurux moddalari turli xil kimyoviy strukturaga ega boʻlishiga qaramay, gidrofobligi va suvda erimasligi, faqat organik erituvchilarda (atseton, benzol, tetraxlor metan, efir, benzin va boshqalar) erish xususiyatlariga koʻra bir guruhga umumlashtirilgan. Lipidlar ham xuddi uglevod va oqsillar singari, tirik hujayra tarkibining asosiy qismini tashkil qiladi. Lekin ular uglevod va oqsillardan ba‟zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi. Gravimetrik usul – arbitraj usul hisoblanib, yogʻlarni dietil efir bilan ekstraksiyalashga asoslangandir. Karbonat natriy eritmasi qoʻshilishi natijasida sut plazmasidan yogʻlar ajraladi. Ishning bajarilishi: Ajratish voronkasiga pipetka yordamida 10 ml xom sut oʻlchab solinadi, unga 2 ml 10% karbonat natriy Na2CO3 eritmasi qoʻshiladi. Aralashma yaxshilab chayqatilib, unga 20 ml dietil efiri qoʻshiladi. Soʻngra voronka probka bilan berkitilib, 10 minut davomida ehtiyotlab chayqatiladi. Havo voronka krani orqali vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi. Shundan soʻng eritmamiz ikki qatlamga ajraladi. Yuqori qatlamni (lipidlarning efirli qismi) tubi tekis kolbaga quyamiz. Ekstraksiyani ikki marotaba takrorlab, efirli qismni birlashtiramiz va quritgich tagida qoldiramiz (suvsiz magniy sulfat bilan). Bir soatdan keyin efirli ekstraktni avvaldan tayyorlangan ogʻirligi tortilgan tubi tekis kolbaga filtrlaymiz. Ekstraktdan dietil efirni rotorli bugʻlatgich orqali chiqarib yuboramiz. Efir bugʻlatgichdan soʻng kolbani ajratgan sut moyi bilan eksikatorda quritamiz, qopqoqni yopamiz va tarozida tortamiz. Sutdagi yogʻning massali ulushini (j, %) quyidagi formula orqali hisoblaymiz: (13.1) Bu yerda: m1 – kolbaning yogʻ bilan ogʻirligi, g; m2 – boʻsh kolba ogʻirligi, g; p – sutning zichligi, g/ml; V – namuna uchun olingan sutning hajmi, ml. Sinov savollari: Lipidlar qanday moddalar? Yogʻlarning ajratishni qanday usulini bilasiz? Yogʻlarning inson organizmi uchun qanday foydali taraflari bor? Sut mahsulotlari tarkibidan yogʻlar qanday ajratiladi? Download 22.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling