2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja
Download 220.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza (KUM)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 – sinf o‘quvchilari uchun
8 – sinf o‘quvchilari uchun: Kimyoviy ishlab chiqarishda mahsulotning nazariy olinishi
mumkin bo‘lganiga nisbatan massa miqdorini aniqlash. Reaksiya uchun olingan moddalarda keraksiz jinslar bo‘lgan sharoitda ularning ma’lum miqdoridan olinadigan mahsulot miqdorini aniqlash, qotishmalar tarkibidagi oziq elementlarning miqdoriga asoslanib ma’lum maydonga solinadigan, ma’lum miqdor eritma tayyorlash uchun mineral o‘g‘itlar va insektisidlar miqdorini hisoblashlarini tuzish va ular bo‘yicha hisoblashlar olib borishda ushbu qonunni tatbiq eta bilish. 8 – sinf o‘quvchilari uchun: D.I.Mendeleyevning davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi jadvalining mazmuni va mohiyatini mustahkam bilish. Kimyoviy elementlar davriy sistemasi jadvalida keltirilgan har bir belgi va raqamlarning mohiyatini tushunib olish, dastlabki to‘rtta davrdagi atomlar elektron qobiqlarining tuzilishi, ularning elektron bilan to‘lish tartibini mustahkam egallash va shu orqali elementlar tik qatorida ularning asosiy va qo‘shimcha guruhlariga bo‘linishining mohiyatini tushunib olish. Har bir element joylashgan davr, guruh, elementning tartib soni va nisbiy atom massasiga qarab unga oddiy modda sifatida, birikmalarning xossasi (uning birikmalaridagi elementlar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan kimyoviy bog‘lanishning tabiati,oksidlanish darajasi) haqida ta’rif bera bilish, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari, turli kristall panjaralar, izotoplar haqida bilimlarni egallab olish. D.I.Mendeleyevning Davriy qonuni va kimyoviy elementlarning davriy sistemasi asosida moddalar va kimyoviy elementlarning moddiy birligini, miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlarga o‘tishini tushuntirib yetish va ularni aniq misollarda tushuntirib bera olish, davriy qonun misolida nazariy bilimlarni inson to‘plagan amaliy bilimlar bilan umumlashmasa va o‘rganilmagan bilimlarning asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab beruvchi imkoniyatlarni idrok etish, davriy qonun kimyo fanining taraqqiyoti va kimyoviy ishlab chiqarishning rivojlanishiga qanday ta’sir qilganligini tushuntirib yetish. Elektrolitik dissosiyalanish nazariyasining ma’nosini bilish. «Elektrolit» va «Elektrolitmas» tushunchalarining ma’nosini bilish. Elektrolit eritmalar orasida boradigan almashinish reaksiyalarning oxirigacha borish shartlarini, ion almashinish reksiyalari, ularning to‘liq va qisqartirilgan ionli tenglamalarini ifoda etishni bilish. Kimyoviy elementlarning davriy sistema jadvalida tutgan o‘rniga muvofiq ularning erkin holdagi xossalari, birikmalaridagi boshqa elementlar bilan bog‘lanish tabiati, oksidlari va gidrooksidlarning asosli, amfoter yoki kislotali xossalariga ega bo‘lishini ta’riflab berish. Kimyoviy reaksiyalar paytida amal qiladigan qonuniyatlar, kimyoviy reaksiyaning tezligiga ta’sir qiluvchi omillar va reaksiya tezligini boshqarish va ularni maqsadga muvofiq tomonga yo‘naltirish imkoniyatlari, buni amalga oshirishda ishchilarning kasbiy mahoratlari darajasining katta o‘rin tutushini tushunib yetish. Kimyo fani va kimyoviy ishlab chiqarishning birligini aniq misollarda tushuntirib bera olish. Bunda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini maqsadga muvofiq rivojlantirishga imkon beradigan xossalariga ega bo‘lgan mahsulotlarni olish kimyoviy izlanishlarining asosiy ma’nosini tashkil etishni tushunib yetish. IX sinf o‘quvchilari uchun: Anorganik va organik moddalar asosiy sinflarni orasidagi genetik bog‘lanishni, shu orqali moddiy dunyodagi narsalar va hodisalar orasidagi dialektik bog‘lanishni tushunib yetish. Mustaqil davlatlar o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorliksiz xalq xo‘jaligini rivojlantirib bo‘lmasligi, tabiiy boyliklaridan tejab foydalanish, atrof-muhitni birgalikda muhofaza qilish ishlari ham muhim ekanligini tushunib yetish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling