2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

"Kimyoviy reaksiya" tushunchasi bir necha darajalarga bo‘lib shakllantiriladi:
1 - daraja. "Hodisa" termini asosida kimyoviy hodisalar o‘rgatiladi, so‘ngra esa 
kimyoviy hodisa - kimyoviy reaksiya ekanligi uqtiriladi. Bu bosqichda o‘quvchilarning fizikadan 
olgan bilimlariga tayaniladi. Atom - molekulyar ta’limot negizida kimyoviy reaksiyalarning 
tashqi belgilari a) rang o‘zgarishi, cho‘kma tushishi, gaz ajralishi, issiqlik ajralishi yoki yutilishi 
va b) kimyoviy reaksiya turlari o‘rganiladi.
2 - daraja. Kimyoviy reaksiyalarning energetik jihatlarini o‘rganish paytida ekzotermik 
va endotermik jarayonlar haqida, kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti haqidagi miqdoriy 
tushunchalar kiritiladi. Shu yerda tabiatning umumiy qonuni -modda massasining saqlanish va 
energiyani aylanish qonuni yoritib beriladi. Shunday qilib kimyoviy reaksiyalarning ikki tomoni 
(miqdoriy va sifat) ochib beriladi.
3 - daraja. «Kimyoviy bog‘lanish. Modda tuzilishi» mavzusida kimyoviy reaksiya 
tushunchasi sifat o‘zgarishga uchraydi. Kimyoviy reaksiya bir bog‘lanish uzilishi hisobiga, 
boshqasi hosil bo‘lishi sifatida o‘rganila boshlanadi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari 
misolida, elektronlarni berish va qabul qilib olish nuqtai nazaridan oksidlanish va qaytarilish 
jarayonlari tushuntirib beriladi.
4 - daraja. Kimyoviy reaksiyalar borishining qonuniyatlari to‘g‘risidagi tushunchalar 
«Kimyoviy reaksiyalardagi asosiy qonuniyatlar. Sulfat kislota ishlab chiqarish» mavzusida keng 
ma’noda rivojlantiriladi. Kimyoviy reaksiyaning tezligi, unga ta’sir etuvchi omillar, qaytar 
reaksiyalar misolida kimyoviy muvozanat va uni siljitish shartlari ko‘rib chiqiladi. Bu mavzuda 
kimyoviy reaksiya haqidagi tushuncha rivojlantiriladi va umumlashtiriladi.
5 - daraja. «Elektrolitik dissosiyalanish nazariyasi» mavzusida reaksiyaning 
mexanizmga doir ko‘pgina tushunchalar kiritiladi, qaytar jarayonlar misolida moddalarning 
dissosiyalanishi nazariyasi mavzusida reaksiyaning mexanizmiga doir ko‘pgina tushunchalar 
kiritiladi, qaytar jarayonlar misolida moddalarning dissosiasiyalanishi, shuningdek tuzlar 
gidrolizining moxiyati tushuntirib beriladi.

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling