2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

 
 
2.7. O‘rta maktab va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun mo‘ljallangan kimyo 
fani darsliklari, ularning tuzilishi, vazifasi. 
 
Maktab kimyo kursining muhim ta’lim beruvchi vazifasi - kimyoviy tushunchalarni 
shakllantirish. U dunyoning kimyoviy tuzilishini ifodalaganliklari uchun o‘quvchilarning ilmiy 
dunyoqarashlarini shakllantiradi. Ilmiy tushunchalar fan rivojlanishi natijasida bilishning ma’lum 
bosqichlarida o‘zgaradi va mukammallashadi. Kimyo kursining o‘rganishga tarixiy-mantiqiy 
yondashish barcha tushunchalarni rivojlantirish bilish bosqichlari bo‘ylab asta sekin 
harakatlanishni ta’minlaydi.
Butun maktab kursida o‘rganiladigan tushunchalarni umumiy kategoriya asosida to‘rtga 
bo‘lish mumkin: moddalar, kimyoviy element, kimyoviy reaksiyalar, ishlab chiqarish haqidagi 
murakkab tushunchalar tizimi.
Tushunchalarni shakllantirishning uslubiy sharoitlari quyidagilardan iborat:
1. Qayta shakllantiradigan tushuncha, uni qabul qilish uchun yetarlicha tayanch bilimga 
ega bo‘lgandagina beriladi.
2.Tushunchani shakllantirishda uni mavjudlik belgilari /strukturasi/ ko‘rsatiladi, yoritib 
berish davomiyligi aniqlanadi va ular o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
3. Har bir aniq tushunchani shakllantirishda faqat ichki bog‘lanishlarning o‘zigina 
hisobga olinmasdan, uni boshqa tushunchalar bilan aloqasi ham ochib beriladi.
4.Tushunchaning mavjudlik belgilari tushunchani rivojlantirish imkoniyatlarini 
ta’minlashi va uni qabul qilishni yengillashtirishi lozim.
5. U yoki bu tushunchani shakllantirishda qo‘llaniladigan mantiqiy yondashishdan qat’iy 
nazar tushunchaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga to‘la ishonch hosil qilish va dogmatizmdan 
qochish uchun dalillar bilan mustahkamlanadi.
6.Tushunchalarni shakllantirishda tarixiylik prinsipidan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. O‘quv materialida g‘oyalar kurashini ochib bera olish lozim. Bunda imkoniyat 
darajasida muammoli yondashishdan foydalanilsa, materialning o‘zlashtirilishi ongli ravishda 
sodir bo‘ladi.
7. Bir qator kimyoviy tushunchalarning tavsifi turlicha ko‘rgazmalikni qo‘llashni talab 
etadi. Moddalarning tashqi xossalarini o‘rganish kimyoviy tajribalar o‘tkazish, moddalarning 
ichki tuzilishini tushuntirish uchun turli moddalardan, ekranli ko‘rgazmalardan foydalanish 
zarur.
8. Tushunchalarni shakllantirish jarayonida fanlararo bog‘lanishdan foydalanish lozim.
Maktab kimyo kursida barcha to‘rt tushuncha tizimi yagona blokka uzviy bog‘langan 
bo‘lib, ularni shakllantirish va rivojlantirish o‘quv jarayonida ma’lum bosqichlarda ketma-ket 
amalga oshirib boriladi.
Modda to‘g‘risidagi tushuncha tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:


1) modda tarkibi; 2) tuzilishi; 3) xossasi; 4) sinflanishi; 5) olinishi; 6) tekshirishning 
kimyoviy usullari; 7) qo‘llanishi. Tarkib - tuzilish - xossa uchligidan foydalanib o‘qitish yetakchi 
ahamiyatga ega bo‘lsada, o‘qitish maqsadi uchun yetarli emas. Agar qolgan tarkibiy qismlar 
o‘rnatilmasa, kimyoviy ta’limning politexnik yo‘nalishida va uni rivojlantirishda katta 
yo‘qotishga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi.
Anorganik moddalarni dastlab o‘quvchilar tarkibga ko‘ra sinflashga o‘rganadilar, 
moddalarning elektron tuzilishi o‘rganilgach, endi moddalar kimyoviy bog‘lanish va kristall 
panjara turlariga ko‘ra sinflanadi. Bu tushuncha «Elektrolitik dissosiyalanish nazariyasi» 
o‘rganilgach, yanada rivojlantirilib, kovalent bog‘lanishning donor-akseptor mexanizmi 
bo‘yicha, «metallar» mavzusida metall bog‘lanish va metall kristall panjara bo‘yicha ko‘rib 
chiqiladi.
«Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari» o‘rganilgach, moddalar oksidlovchilik va 
qaytaruvchilik xususiyatga ko‘ra farqlana boshlanadi.
Organik kimyo kursida moddalarni sinflash, avval tarkibga ko‘ra uchta katta sinfga: 
uglevodorodlar; kislorod tutuvchi va azot tutuvchi moddalarga, ularning ichida esa tuzilishi va 
xossalariga ko‘ra kichik sinflarga ajratiladi. Moddalarning xossalari ularning tarkibi va 
tuzilishiga ko‘ra sistemaga solinadi.
Fizikaviy xossalarga sezgi organlari orqali sezish (rangi, hidi, agregat holati va 
boshqalar), hisoblab aniqlash (nisbiy atom massasi, nisbiy molekulyar massasi, gazlarga nisbatan 
zichligi), qurilmalar yordamida o‘lchash (zichligi, qattiqligi, elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi, 
qaynash va muzlash haroratlari) orqali aniqlash mumkin bo‘lgan xossalar kiritilsa, kimyoviy 
xossalar kimyoviy reaksiyalar yordamida o‘rgatiladi. Bunda sinflarga bo‘lish uchun tarkib va 
tuzilish asos qilib olinadi. Moddalarni xossalarga ko‘ra anorganik (metallar va metallmaslar, 
oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlarga) va organik (tuyingan uglevodorodlar, to‘yinmagan 
uglevodorodlar, aromatik uglevodorodlar), molekulasida kislorod va azot tutuvchi moddalarga 
bo‘linadi.
Modda haqidagi tushunchaning mohiyatini ochib berish darajasiga qarab o‘qitish usuli 
o‘zgarib boradi. Ta’lim berishning barcha bosqichlarida kimyoviy tajribaga keng o‘rin beriladi. 
Tajribaning murakkablik darajasi va analiz takomillashib boradi. Agar avval tajribalar moddani 
aniqlashni ifodalovchi tavsifga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik undan o‘quvchilarning fikrlash 
qobiliyatini o‘stiruvchi vosita sifatida, xususan moddaning ichki tuzilishini ko‘rsatib beruvchi 
dalil sifatida foydalaniladi. Tushunchaning mazmuni qanchalik chuqur va murakkablashib 
borsa, hajmiy, tahliliy va belgili modellashtirishga shunchalik ko‘proq e’tibor kuchaytirib 
boriladi.
Kimyoviy element to‘g‘risidagi tushuncha - kimyo kursining muhim, juda qiyin abstrakt 
tushunchasidir. O‘quvchilar moddalar bilan ishlaydilar, jarayonlarni kuzatadilar, ammo ular 
kimyoviy elementlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaydilar. Shuning uchun kimyoviy elementlar 
haqiqatan mavjudligi, ular moddaning miqdoriy va sifat tarkibini, xossalarini belgilab berishini 
isbotlab berish zarur. Bu tushunchasiz D.I. Mendeleyevning davriy qonunini o‘rganib bo‘lmaydi. 
Kimyoviy element tushunchasini shakllantirishni to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin: empirik atom 
- molekulyar ta’limotgacha, nazariy atom molekulyar ta’limot asosida, davriy qonun asosida va 
nihoyat atom tuzilishi nazariyasi negizida.
Kimyoviy element tushunchasi mazmunining tarkibiy tuzilishiga: a/ kimyoviy 
elementlarning atomlari haqidagi; b/ elementlarning tabiatda tarqalishi va aylanishi haqidagi; v/ 
kimyoviy elementlarni sinflanishi va tizimlanishi haqidagi tushunchalar kiradi.
Atom haqidagi dastlabki tasavvur nisbiy atom massada beriladi, bunda kimyoviy element 
- atomning muayyan turi bo‘lib, atomlar bir biridan massalari bilan farqlanishi tushuntiriladi. 
Tushunchaning o‘zlashtirilishi oson bo‘lishi uchun bir element atomini bir necha birikma 
tarkibiga kirishi haqida misol qilib ko‘rsatiladi: mis qirindisini kuydirish, temirning sirtiga 
misning o‘tirishi va hokazo.
Kimyoviy elementning tabiatda tarqalishi haqidagi ma’lumotni berilishi «Kislorod. 
Yonish. Oksidlar» mavzusidan boshlanadi. Keyingi mavzularda kimyoviy element to‘g‘risidagi 


tushunchalar tizimi o‘zgarmay qoladi. Uni rivojlantirishdagi sifat sakrash D.I.Mendeleyevning 
kimyoviy element haqidagi bilimlarni umumlashtiruvchi davriy qonun va davriy jadvalni 
o‘rganish paytida sodir bo‘ladi. Elementlarni nisbiy jihatdan metallar va metellmaslarga 
bo‘linishi, amfoterlik haqida tasavvurlar beriladi. Keyin o‘xshash guruhlarning tabiiy oilalari 
misolida elementlarni o‘xshash jihatlari va farqlari tushuntirib beriladi. Bunda atom haqidagi 
tushunchani rivojlantirishda ham sakrash yuz beradi. Atomning ichki tuzilishi va izotoplari bilan 
o‘quvchilar tanishtiriladi. Keyingi mavzularda bu tushuncha rivojlantirilib, atom radiusi 
oksidalnish darajasi, ionlanish energiyasi, nisbiy elektromanfiylik to‘g‘risidagi bilimlar, valentlik 
namoyon qilish va kimyoviy bog‘lanish to‘g‘risidagi tushunchalarni o‘zlashtirish 
osonlashtiriladi.
Kimyoviy element to‘g‘risidagi tushunchalar tizimini shakllantirishda «Anorganik kimyo 
kursining bilimlarini o‘zlashtirish» mavzusiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Bunda kimyoviy 
element, kimyoviy reaksiya, kimyoviy ishlab chiqarish to‘g‘risidagi muhim kimyoviy 
tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani yuzaga chiqarib berish lozim. Bu mavzu tushunchalarga 
nisbatan to‘g‘ri nazariy tasavvurlar shakllanishida muhimdir. Shunday qilib «Kimyoviy 
element» tushunchasini rivojlantirish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov - kimyoviy elementni mohiyatini aniqlashgacha bo‘lgan davr;
2. Tajribaviy - atom - molekulyar ta’limotni o‘rganishgacha bo‘lgan davr;
3. Elementni atom - molekulyar ta’limot asosida o‘rganish;
4. Elementning tabiiy guruhlariga doir tushunchalarni shakllantirsh;
5. D.I. Mendellevning davriy qonuni va atom tuzilishi nazariyasini o‘rganish;
6. Elementlarni davriy jadvalini o‘xshash guruhlari bo‘yicha o‘rganish;
7. IX sinf oxirida o‘quvchilar bilimini anorganik kimyo kursi bo‘yicha umumlashtirish 
va boshqa tushunchalarni kimyoviy element tushunchasi bilan aloqasini o‘rnatishda yuzaga 
chiqadi.
Organik kimyo kursida avvalo organik modda molekulalari anorganik kimyoda 
o‘rganilgan elementlardan iboratligi ta’kidlanadi. Uglerod atomi orbitallarining gibridlanishiga 
doir tushunchalarini shakllantirila boriladi, shuningdek birikma tarkibidagi element atomlarining 
turlicha birikishi modda xossasining turlicha bo‘lishiga sabab bo‘lmasdan, balki o‘zaro 
ta’sirlashuv natijasi ekanligi ko‘rsatib beriladi. Organik kimyo kursida ayni bir element atomi 
birikmaning asosiy massa ulushini tashkil etishi tushintirib beriladi.
XI sinfda kimyoviy element tushunchasini rivojlantirish oxiriga yetkaziladi. 
Umumlashtiruvchi mavzuda element tushunchasini anorganik va organik kimyoni bir-biriga 
bog‘lovchi muhim bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqiladi.
Kimyoviy reaksiya to‘g‘risidagi tushuncha murakkab va ko‘p qirralidir. U «modda» 
tushunchasi kabi bir qator tushunchalar tizimidan iborat bo‘lib, o‘z strukturasiga ega. Maktab 
kimyo kursida "Kimyoviy reaksiya" tushunchasini farqlanadigan oltita tarkibiy qismi mavjud 
bo‘lib, ular bir - birini to‘ldirgan holda ketma - ket shakllantirib boriladi: a) reaksiya belgilari, 
mohiyati va mexanizmi; b) reaksiya borishining shart-sharoitlari va qonuniyatlari; v) miqdoriy 
tavsifi; g) sarflanishi; d) amaliy qo‘llanilishi; ye) tekshirish uslublari.
Bularning barchasi nafaqat bilimlar tizimini, balki "Kimyoviy reaksiya" tushunchasini 
falsafiy mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Reaksiyalarning ichki mohiyati haqidagi 
tushunchalar tizimi birma-bir nazariyadan o‘tib borgan sari murakkablashtirish tarzida 
rivojlantirib boriladi.
Atom - molekulyar ta’limot kimyoviy reaksiyani atomlarini qayta guruhlantirish tarzida 
tushuntirsa, moddalarning elektron tuzilishi kimyoviy jarayonlarni atomlar o‘rtasidagi bog‘lanish 
uzilishi hisobiga bir moddadan boshqa modda hosil bo‘lishini, organik kimyoning tuzilish 
nazariyasi - ionlarning o‘zaro ta’sirini, organik kimyo tuzilish nazariyasi reaksiyalarning borish 
mexanizmini analiz qilishni o‘rgatadi.
Reaksiya borishining shart-sharoitlari va qonuniyatlari haqidagi tushunchalar, issiqlik 
effekti, kimyoviy reaksiya tezligi va kataliz, kimyoviy muvozanat va uni siljitish shartlarini 
o‘rganish paytida shakllanadi.


Kimyoviy reaksiyaning miqdoriy tavsifi kimyoviy reaksiyalarda moddalarning miqdoriy 
nisbatlarini hisoblash orqali, modda massasining va energiyaning saqlanish qonunlarini, 
ta’sirlashuvi, moddalarning molyar nisbatlarini /massa nisbatlari yoki hajmiy nisbatlari/ 
termokimyoviy hisoblashlarda yoritilib beriladi. Kimyoviy jarayonlarni tekshirish paytida 
o‘quvchilar kimyoviy idishlar, reaktivlar, kimyo laboratoriyasining jihozlanishi va materiallari 
bilan tanishadilar, kimyoviy jihozlash usullarini o‘rganadilar, kimyoviy reaksiyalarning 
tenglamalarini tuzishni va kimyoviy jarayonlarni modellashtirishni o‘rganadilar.

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling