2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


 O‘quv qo‘llanmalar, o‘quv ishini rejalashtirish, yillik reja tuzish


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

 
2.8. O‘quv qo‘llanmalar, o‘quv ishini rejalashtirish, yillik reja tuzish. 
 
Kimyo asoslaridagi materialning qanchalik chuqur bo‘lishi, asosan, o‘quvchilarning 
umumiy saviyasi, shuningdek kimyo faniga ajratilgan o‘quv soatlari bilan belgilanadi.
VII sinfda o‘quv soati bir yilda 68 soat, haftasiga - 2 soat, rezerv - 4 soat.
VIII sinfda ham o‘quv soati bir yilda 68 soat, haftasiga - 2 soat, rezerv - 4 soat 
IX sinfda 
hам o‘quv soati bir yilda 68 soat, haftasiga - 2 soat , rezerv - 4 soat.
Hozirgi ilm – fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy ekologik holat 
keskinlashib borayotgan paytda maktablarda kimyo fanini mazmun jihatdan yangicha o‘qitish 
bir tomondan zaruriyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabidir.
Ushbu dasturning mazmunini belgilashda qo‘yidagilarga alohida e’tibor berilgan: 
VII, VIII va IX sinflarda o‘rganiladian kimyoning mazmuni imkoni boricha bolalar 
atrofini o‘rab turgan muhitdagi hayot, turmush va ishlab chiqarish hamda o‘quvchilarning 
turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. 
Avvalgi dasturlarda bunday shartning zarurligi so‘zda aytilsa ham, kimyo fanini o‘qitish 
amaliyotida unga yetarli e’tibor berilmagan. Ayniqsa, darsliklarda bunday masalalar yetarlicha 
o‘z aksini topmadi. 
O‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun chiqarilgan qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalarda ham 
kimyo o‘qitishni hayot, turmush, ishlab chiqarish va o‘qituvchilarning hayotiy tajribalari bilan 
bog‘lab olib borish yuzasidan ko‘ngildagidek maslahatlar berish imkoniyati bo‘lmadi. 


O‘quvchilarning umumiy ta’lim maktabini tugal kimyoviy bilimlarni egallab chiqishlari 
zarurligi inobatga olingan holda IX sinfda organik birikmalarni o‘rganishga 26 soat vaqt ajratildi 
va bilimlar mazmuni dasturda beriladi.
Har bir mavzuga ajratilgan soatlar taxminiy bo‘lib, bu masalani bevosita hal qilish 
o‘qituvchining ixtiyoriga beriladi. 

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling