2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

III bosqichda D. I. Mendeleyevning davriy jadvalining guruhlar bo‘yicha eng tipik 
elementlar o‘qitiladi.
IV bosqichda A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida organik moddalar 
ko‘rib chiqiladi.
 
“Boshlang‘ich kimyoviy tushunchalar” mavzusi VII sinfning nazariy bazasidir. 
Aynan shu mavzuda atom-molekulyar ta’limot o‘rganiladi. 
Keyingi mavzu “Kislorod. Oksidlar. Yonish” o‘quvchilarga tabiatshunoslikdan tanish 
bo‘lib, bu mavzu davriy qonunni tushunishga zarur. 
Bu mavzuda atom-molekulyar ta’limotning mavqei aniqlashadi, oksidlar haqida 
tushuncha kiritiladi, birikish va parchalaniladi. Bundan tashqari o‘quvchilar aniq element va 


oddiy modda haqidagi sistematik bilimlarini atom-molekulyar darajasida bilib oladilar va aniq 
reja bo‘yicha oddiy moddani tavsiflashga o‘rganadilar. 
Elementlarning vodorod birikmalari to‘g‘risida tasavvurni o‘quvchilarga “Vodorod. 
Kislotalar. Tuzlar” mavzusi beradi. Oksidlanish jarayoniga qarshi bo‘lgan qaytarilish jarayoni 
to‘g‘risida, almashinish reaksiya haqida tushunchalar shakllanib, o‘rin olishi reaksiya 
tushunchasi mustahkamlanadi. 
Ikki mavzuning mantiqiy davomi bo‘lgan “Suv. Eritmalar. Asoslar” mavzusida suv 
murakkab modda ekanligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Eritmalar bo‘limida esa suv erituvchi 
sifatida ishlatilishi hamda asoslar tushunchasi beriladi. 
“Anorganik moddalarning asosiy sinflari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish” 
mavzusi genetik bog‘lanish nuqtai nazaridan juda muhim va alohida o‘rin tutadi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan mavzular davriy qonunni ongli ravishda tushunish uchun kerak. 
Kimyoning asosiy kursi “D. M. Mendeleyevning davriy qonuniy va elementlarning 
davriy jadvali” mavzui bilan boshlanadi. Bu mavzuda atomning tuzilishi ham ko‘rib chiqiladi. 
Keyingi “Kimyoviy bog‘ va modda tuzilishi” mavzusi nafaqat VIII sinf, balki butun 
anorganik kimyoning asosidir. Bu mavzularga asosiy ahamiyat berilib, ketidan faqat dalilik 
materiallar o‘rganiladi: “Galogenlar”, “Kislorod gruppachasi”. Ushbu mavzularni o‘quvchilar 
deduktiv o‘rganadilar, chunki ular katta va jiddiy bazaga egadirlar. Dalilik mavzularni 
o‘qitishdan maqsad - D. M. Mendeleyevning davriy qonunni mumkin qadar to‘la, chuqur va aniq 
bilishdir. Shuningdek, davriy jadval o‘rta maktabda kimyoni o‘qitishda ham maqsad, ham 
vositasidir. 

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling