2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari bilan tashkil etiladigan


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

2.4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari bilan tashkil etiladigan
sayohatlarning taxminiy joylari. 
 
7- SINF Sayohat o‘tkazish mumkin bo‘lgan taxminiy joylar. 
O‘lkashunoslik muzeylari, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi kimyo 
laboratoriyalari. dorixona, xo‘jalik mollari magazini, suv tozalash inshootlari, foydali qazilmalar 
qazib olinadigan konlar va o‘qituvchi lozim topgan boshqa joylar. 
8- SINF Sayohat o‘tkazish mumkin bo‘lgan taxminiy joylar. 
Oltingugurt, ko‘mir va boshqa foydali tabiiy qazilmalar olinadigan joylar, sanoat 
miqyosida kislorod, oltingugurt, azot olinadigan korxonalar, sulfat kislota, mineral o‘g‘itlar 
ishlab chiqaradigan zavodlar, mineral o‘g‘itlar omborlari, mahalliy o‘g‘it va ularning mineral 
o‘g‘itlar bilan aralashmasini tayyorlash joylari, xo‘jalik mollari magazini, dorixonalar. 
9- SINF Sayohat o‘tkazish mumkin bo‘lgan taxminiy joylar. 
Uglerod (II)-oksid va karbonat kislota hamda eng muhim karbonatlar olinadigan, shisha 
va sement ishlab chiqariladigan, beton va temir-beton keramik plita, quruq yoqilg‘i, rezina 
naylar ishlab chiqariladigan, soda ishlab chiqarish, cho‘yan va po‘lat qotishmalari ishlab 
chiqariladigan korxonalarga, cho‘yan va po‘lat qotishmalaridan tayyor detallar ishlab 
chiqariladigan ustaxonalar, neftni haydash va krekinglash, sun’iy va sintetik tolalar, sun’iy 
charm, plastmassalar ishlab chiqaradigan zavodlar va h.k. 
O‘quv sayohatlari. 
Sayohatlar nazariya bilan amaliyotni bir-biriga chambarchas bog‘laydi:
o‘quvchilarga moddalarning bir-biriga aylantirilishiga oid ishlab chiqarish jarayonlarini 
ajratilgan holda emas, balki o‘zaro bog‘liq holda ko‘rsatadi.
O‘qituvchi o‘quv sayohatini har qaysi sinfda maktabdan uzoq bo‘lmagan atigi 1-2 
oboyektda o‘tkazadi. Bu zavod, fabrika, jamoa xo‘jaligi va kichikroq laboratoriya ham bo‘lishi 
mumkin.
"Kompleks" sayohatlar (kimyo, geografiya, fizika va boshqalar) bilan birgalikda 
o‘tkazilishi mumkin.

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling