2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

VIII sinf kimyo kursi “Kimyoviy reaksiyalarning asosiy qonuniyatlari. Sulfat kislotaning 
ishlab chiqarishi” mavzusi bilan tugallanadi. Bu mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar kimyoviy 
kinetika va termodinamikalarning ayrim nazariy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Kimyoviy 
reaksiya haqidagi tushuncha ham ancha boyitiladi.
IX sinfda o‘quvchilar uchun yangi elektrolitik dissotsilanish nazariyasi tushunchasi 
kiritilib, qolgan mavzular davriy qonun va elementlar davriy jadvali hamda elektrolitik 
dissotsilanish nazariyalar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi: “Azot gruppachasi”, “Uglerod 
gruppachasi”, “Metallarning umumiy xossalari”, “Bosh va yonaki gruppachalar metallari”, 
“Metallurgiya”. “Metallurgiya” mavzui o‘quvchilarga politexnik ta’lim berishi va kimyoviy 
ishlab chiqarish tushunchasini kengaytirish uchun alohida o‘rin tutgan. IX sinf kimyo kursini 
o‘quvchilar “Anorganik kimyo” va “Organik kimyo” kursi bo‘yicha olgan bilimlarni 
umumlashtirish mavzusi bilan tugatishadi. 
Organik kimyo kursida organik moddalarning uchta katta guruhi o‘rganiladi: 
uglevodorodlar, kislorodtutgan va azottutgan organik moddalar. 
Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi mavzusida A.M.Butlerov 
nazariyasining asosiy holatlari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarda izomerlar haqida tushunchaning 
shakllanishi aynan shu mavzuda boshlanadi. 
To‘yingan uglevodorodlar mavzusida organik moddalarning oddiylari o‘rganilib, 
ularning misolida eng muhim bo‘lgan tushunchalar o‘quvchilarda shakllanib boradi: 
gibridlanish, fazoviy va elektron tuzilish, o‘rin olish reaksiyalarning erkin radikalli mexanizmi, 
gomologlar. O‘quvchilar organik kimyoda alohida o‘rin tutgan sistematik nomenklatura bilan 
shu mavzuda tanishadilar. 
Kovalent bog‘lanish tushunchasiga To‘yinmagan uglevodorodlar mavzusida aniqlik 
kiritiladi. Birinchi bor σ - va π -bog‘ tushunchalari kiritiladi, gomolog, izomer, gibridlanish 
tushunchalari rivojlanib boradi. Bu mavzuda etilen, diyen, atsetilen qatoridagi uglevodorodlar 
o‘rganiladi. 
Uglevodorodlarni o‘rganish- organik kimyo kursining keyingi mavzularni o‘qitishda asos 
bo‘ladi.
Kislorodtutgan organik birikmalar to‘rtta mavzu bilan ko‘rsatilgan: Spirtlar va fenollar, 
Aldegidlar va karbon kislotalar, Murakkab efirlar. Yog‘lar. Uglevodlar.


IX sinfda organik kimyoning davomi bo‘lgan "Azot tutgan organik birikmalar" biologiya 
kursi bilan fanlararo bog‘lanib o‘qitiladi. Organik birikmalarning bu bo‘limida "Aminlar. 
Aminokislotalar. Azot tuggan geterosiklik birikmalar" va "Oqsillar. Nuklein kislotalar" 
mavzulari o‘tiladi.
IX sinf o‘quvchilari uchun "Umumiy kimyo asoslari" kursining o‘qitish maqsadi - 
ularning anorganik va organik kimyodan olgan bilimlarni umumlashtirishdir.

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling