2-ma’ruza : nerv tizimining fiziologiyasi va oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari reja


Bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’i


Download 77.32 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi77.32 Kb.
#1566395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-Maruza (7)

Bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’i. Katta yarimsharlar, ya’ni oxirgi miya kattaligi bo’yicha bosh miyaning qolgan barcha bo’limlarini birga qo’shib hisoblaganda, ulardan ko’p marta ustunlik qiladi va miyacha bilan birga ularning ustini qoplab turadi. Har bir yarimsharda peshona, tepa, chekka va ensa bo’laklari bo’ladi. Yarimsharlar bag’rida qorinchalar nomini olgan bo’shliqlar bor. Ular suyuqlik bilan to’lgan bo’lib, miya to’qimalaridagi moddalar almashinuvi shu suyuqlik orqali amalga oshadi. Katta yarimsharning qolgan barcha massasi nerv tolalaridan hosil bo’lagan oq modda, bazal yadrolar nomini olgan kulrang modda to’plamidan iborat.
Oxirgi miya yarimsharlarining butun yuzasi yopqichga o’xshash kulrang modda qavati bilan qoplangan, u bosh miya po’stlog’i deb ataladi. U oliy nerv sistaemasining oliy bo’limi bo’lib, bir butun organizm faoliyatini uning tevarak-atrof bilan murakkab o’zaro munosabatlari bilan birga shakllantiradi, muvofiqlashtirib va muvozanat qilib turadi. Po’stloqning qalinligi miyaning turli qismlarida bir xil bo’lmaydi va 1mm dan 5 mm gacha o’zgarib turadi. Uning butun yuzasi ko’p sonli egatchalar bilan qirqilgan bo’li, ular orasida pushtalar bo’ladi.
Bosh miya po’stlog’ining har qaysi qismi anatomik belgilaridan tashqari, funksional belgilari bilan ham boshqa qismlaridan farq qiladi. Hozirgi vaqtda po’stloqning 50 dan ziyod turli xil qismlari aniqlangan bo’lib, ularning har biri nerv bo’laklarining to’plami, o’lchami, joylashuvi bo’yicha boshqalaridan farq qiladi va muayyan biror axborot yoki signalni qabul qilishga moslashgan bo’ladi.
Bosh miyaning funksional asimmetriyasiga qaramay, o’ng va chap yarimsharlar bir-biri bilan to’xtovsiz axborot ayirboshlab, to’liq hamkorlikda ishlaydi va olamni obyektiv idrok qilish uchun obyektiv imkoniyat yaratadi. Ular ayrim bloklardan tuzilgan yaxlit bir miyani tashkil etib, bu bloklar turli axborotlarni to’plash, analiz qilish saqlash hamda ular oldida paydo bo’ladigan muammolarni hal qilish uchun qarorlar qabul qilishga zarur

Download 77.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling