2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi


RH va A qurilmalarining funsional qismlari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana29.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1305486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 (1)

 RH va A qurilmalarining funsional qismlari 
Himoya qurilmalarini bajarishning prinsiplarixilma-xildir. Lekin, ko‘pchilik hollarda ular 
avtonom bo‘ladi va himoyalanayotgan elementning tok va (yoki) kuchlanishlaridan 
foydalaniladigan qilib bajariladi. 
K.3-rasm. Qisqa tutashuvlardan avtonom himoyaning umulashgan sxemasi 
Umuman olganda himoyaning funksional sxemasi (K-3-rasm) quyidagi organlardan 
tashkil topgan bo‘ladi:

o‘lchash organi (UO) o‘lchovchi relelardan tashkil topgan bo‘lib, himoya qilinadigan oboektni 
holatini uzluksiz nazorat qiladi va himoya qurilmalarini ishga tushish va tushmaslik shartini 
o‘lchash o‘zgartkichlaridan (masalan, tok va kuchlanish transformatorlaridan) keladigan signal 
orqali aniqlaydi;



mantiqiy organ (MO) maolum bir shartni bajarish uchun UOdan olingan signalga asosan 
mantiqiy signal ishlab chiqadi va ijro organiga uzatadi;

ijro organi (IO) mantiqiy organ signali asosida himoya qilinadigan oboektni boshqarish signalini 
ishlab chiqadi va uni kommutatsiya apparatiga, masalan viklyuchatelga uzatadi;

signal beruvchi organ. Signal beruvchi organga axborot MO va IO laridan kelishi mumkin. 
Ushbu organ normal bo‘lmagan rejimlar yuzaga kelganligi to‘g’risid yoki himoya komplekti 
yoki uning ayrim qismlari ishlaganligi to‘g’risida signal beradi; 

taominlash manbasi himoyalarning mantiqiy organlarini va o‘lchash organlarini ham (masalan, 
yarim o‘tkazgichli elementlardan foydalanib bajarilgan himoyalarda) tok bilan taominlash uchun 
xizmat qiladi. Ular ko‘pchilik hollarda taominlash bloklari ko‘rinishida tayyorlanadi va operativ 
tok manbasi bo‘lib hisoblanadi. 
 
Nazorat savollari 
1. MTH qanday hollarda ishlashi va qanday toklar ta’sirida ishlamasligi kerak? 
2. MTHning ishga tushish tokini hisoblashda nima uchun tok relesining qaytish koeffitsienti 
hisobga olinadi? 
3. MTHning sezgirligi qanday hisoblanadi? 
4. MTHning ikki fazali sxemasi qanday elektr tarmoqlarida keng qo‘llaniladi? 
5. MTH uch fazali sxemasining kamchiliklari nimalardan iborat? 
6. Ikki fazali bir releli sxemani elektrodvigatellarni himoya qilish uchun qo‘llash mumkinmi? 
7. Ko‘rsatkich rele nima uchun xizmat qiladi? 
8. Hayallash vaqti tokka bog’liq bo‘lmagan xarakteristikali MTH qanday relelar yordamida 
bajariladi? 
9. MTH sxemasidagi oraliq relening vazifasi nima? 
10. Rasmda qanday sxemali MTH ko‘rsatilgan? 
1. Rele himoyasining o‘lchov qismiga tok va kuchlanish nimalar yordamida keltiriladi? 
2. O‘lchash o‘zgartkichlari sifatida qanday transformatorlardan foydalaniladi? 
3. Transreaktor qanday vazifani bajaradi? 
4. Tez to‘yinuvchi tok transformatorlari nima uchun va qanday himoyalarda ishlatiladi? 
5. O‘lchash transformatorining vazifalari. 
6. O‘lchash transformatorining aniqlik klasslari. 
7. Aniqlik klasslari rele himoyasini taominlovchi tok transformatorlarini tanlash uchun asos bo‘lib 
xizmat qila oladimi? 
8. Katta birlamchi toklarda aniq ishlashi talab qilinadigan himoyalarda qanday aniqlak klassidagi 
tok transformatorlari qo‘llaniladi? 
9. Transreaktorning magnit o‘zagidagi Havoli oraliq nima uchun zarur? 
10. Nima uchun differensial himoyani bajarishda tez to‘yinuvchi tok transformatorlaridan 
foydalaniladi? 
 
 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling