2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tez to‘yinuvchi tok transformatorlari
Transreaktorlar
Elektr stansiyalar va sistemalar quvvatining ortishi natijasida qisqa tutashuv toklari va ularning davriy bo‘lmagan tashkil etuvchilarning so‘nish vaqt doimiysining ortishi o‘tish jarayoni vaqtida tok transformatorlarining to‘yinishi, birlamchi tok transformatsiyasining buzilish va rele himoyasining noto‘g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin. To‘yinishni kamaytirish uchun transreaktorlardan, yaoni magnit o‘zagida havoli oraliq bo‘lgan transformatorlardan foydalanish mumkin. Transreaktorning birlamchi cho‘lg’ami xuddi tok transformatorlari singari birlamchi tok zanjiriga ketma - ket ulanadi (1.1-rasm ). Transreaktorning ikkilamchi cho‘lg’amiga katta yuklama qarshiligi ulanadi, yaoni transreaktor tok transformatorlaridan farqli ravishda salt yurish rejimiga yaqin rejimda ishlaydi. Ikkilamchi tok juda kichik bo‘lganligi sababli F magnit oqimni faqat birlamchi - cho‘lg’amning magnitlovchi kuchi I W hosil qiladi deb hisoblashimiz mumkin F = I W / Rm Transreaktorning ikkilamchi cho‘lg’amida F 1 oqim E 2 E.YU.K ni hosil qiladi e 2 =4,44 W 1 F 1m = K 1 F 1m =KI 1 . Induksiya konuniga asosan E2 vektor F1 va I1 vektorlardan 90°ga fark qiladi, Kompleks shaklda E=-jkI1. Havoli oraliq ning mavjudligi transreaktor magnit uzagi magnit qarshiligi Rm ning katta bo‘lishiga va magnit oqim F1 ning kamayishiga olib keladi. Natijada magnit uzakning tuyinishi cheklanadi. 1-rasm. Transreaktor va uning vektor diagrammasi Tez to‘yinuvchi tok transformatorlari Differensial himoya davriy bo‘lmagan toklar ta’sirida noto‘g’riishlashi mumkin. Buning oldini olish uchun differensial rele tez tuyinuvchi tok transformatori (TTT) orqali ulanadi. TTT ning parametrlari davriy bo‘lmagan toklarni o‘tkazmaydigan va sinusoidal (davriy) toklarni yaxshi utkazadigan qilib tanlanadi. TTT ning birlamchi cho‘lg’amidan tok o‘tganda (1.2-rasm, a) uning ikkilamchi cho‘lg’amida induksiya konuniga asosan E2 e.yu.k. hosil bo‘ladi. E2=-dF/dt Davriy bo‘lmagan tok Idb ta’sirida t vaqt ichida magnit oqimining o‘zgarishi - Fdb juda kichik bo‘ladi. (3-rasm,b), yaoni E2=-dF/dt=0 Davriy (sinusoidal) tok Id ta’sirida magnit oqimining o‘zgarishi nisbatan katta, yaoni davriy tok T T T orqali yaxshi transformatsiyalanadi. Natijada TTT orqali ulangan diferensial himoya qisqatutashuv toki tarkibida davriy bo‘lmagan tashkil etuvchilar bo‘lganda ishlamay turadi va ular so‘nib faqat davriy tashkil etuvchilar qolganda to‘g’ri ishlaydi. 1.2-rasm. Tez to‘yinuvchi transformator va uning xarakteristikasi Elektr energiyasini mexanik energiyaga yoki mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi elementlarga elektromexanik elementlar deb ataladi. Rele himoyasi va avtomatikada elektromexanik elementlar tarkibiga kiruvchi elektromexanik relelar keng qo‘lanilmoqda. Rele nazorat qilinayotgan oboekt rejimining buzilishni xarakterlovchi kattalik oldindan belgilangan qiymatga etganda boshqarilayotgan zanjir holatini sakrab (keskin) o‘zgartirish uchun signal beradi. Masalan, kuch apparatlari ( viklyuchatellar)ga taosir qiladi. Elektromexanik relelar elektromagnit, induksion va magnitoelektrik relelarga bo‘linadi. Elektromexanik relelarning asosiy elementlari kontaktlari va cho‘lg’amlariga qo‘yiladigan asosiy talablar qo‘ydagilar: Relelarning kontaktlari ular boshqarayotgan zanjirlardagi tokni ishonchli uzish va ulashga hamda etarli darajada ko‘p marotaba ishlashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak; Relening cho‘lg’ami uzoq va qisqa vaqt davomida ruhsat etiladigan tok o‘tganda yoki unga ruhsat etiladigan kuchlanish berilganda termik turg’unlikka ega bo‘lishi kerak. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling