2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi
Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi
Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi yerga tutashuvdan himoyaning eng sodda turlaridan biridir. Qurilma nol ketma-ketlik kuchlanishidan foydalanib bajariladi. Elektr bog’lanishga ega bo‘lgan elektr tarmog’ining har qanday nuqtasida yerga tutashuv bo‘lganida izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi signal beradi. Hazoratchi personal liniyalarni navbat bilan uzib yerga tutashgan liniyani aniqlaydi. Hol ketma-ketlik kuchlanishini olish uchun 3 cho‘lg’amli 5 sterjenli HTMI turdagi kuchlanish transformatorlaridan foydalaniladi. Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasini bajarish usullari ko‘p, ulardan ikkitasi (2.15-rasmda) keltirilgan. Faza kuchlanishlariga ulangan uchta minimal kuchlanish relelaridan tuzilgan izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi (2.15-rasm, a) quyidagicha ishlaydi. Yerga tutashuv sodir bo‘lganda yerga tutashgan fazaga ulangan minimal kuchlanish relesi ishlaydi va yerga tutashuv to‘g’risida signal beradi. Kuchlanish transformatorlarining nol ketma-ketlik filptr sxemasi bo‘yicha maxsus cho‘lg’amiga ulangan maksimal kuchlanish relesi KV dan iborat qurilmagi (2.15-rasm, b) KV rele yerga tutashuv hosil bo‘lganda nol ketma-ketlik kuchlanishi ta’sirida ishga tushib signal beradi. Izolyasiyani nazorat qilish sxemasini faza kuchlanishlariga ulangan 3ta volrtmetr yordamida bajarish mumkin . Normal rejimda volptmetrlar bir-biriga teng bo‘lgan faza kuchlanishlarini ko‘rsatadi. Volptmetrlar ko‘rsatishida farq hosil bo‘lishi yerga tutashuv yuz byerganligini bildiradi. Izolyasiyani nazorat qilish qurilmalari Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasida signal olingandan keyin liniyalarni uzib ulash yo‘li bilan yerga tutashgan liniya aniqlanadi. Liniya soni ko‘p bo‘lgan elektr stansiyalar va podstansiyalarda bunday usul yerga tutashgan liniyani etarli tezlik bilan topish imkonini bermaydi. SHuning uchun umumiy izolyasiyani nazorat qilish qurilmasidan tashkari Har bir liniya uchun aloxida signalga ishlaydigan yerga tutashuvdan himoya o‘rnatiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling