2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana29.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1305486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 (1)

 
Elektromagnit relelar 
Elektromagnit prinsipda asosan uch turdagi relelar tayyorlanadi: tortiluvchi yakorli, 
buriluvchi yakorli va ko‘ndalang harakatlanuvchi yakorli. 
Hamma turdagi elektromagnit relelar (1.6-rasm) magnit o‘zak 1, chulg’am 6, 
harakatlanuvchi yakor 2, harakatlanuvchi kontakt 4, harakatlanmaydigan kontakt 3, qarshilik
ko‘rsatuvchi prujina 5 dan iborat. 
CHulg’amdan o‘tayogan I
r
tok magnitlovchi kuch (m.s) I
r

w
r
ni hosil qiladi, uning ta’siri 
ostida hosil bo‘luvchi F magnit oqimi elektromagnit o‘zagi 1, havoli oraliq 

va 
harakatlanuvchi yakor 2 orqali o‘tadi. YAkor magnitlanadi va elektromagnit qutbiga tortiladi.
YAkor bilan birgalikda harakatlanuvchi kontakt 4 siljib harakatlanmaydigan kontaklar 3 ni 
ulaydi. YAkorning boshlang’ich holati tayanch bilan chegaralanadi. 


YAkorni tortuvchi elektromagnit kuch havoli oraliqdagi magnit oqimi F ning kvadratiga 
proporsional, F = kF
2
. Magnit oqim 
F=I
r
w
r
/R
m
,
bu erda Ir - cho‘lg’amdan o‘tayotgan tok, wr - o‘ramlar soni, Rm - magnit qarshilik. 
1.6-rasm. Elektromagnit relelar 
Elektromagnit kuchi Fe=kw
2
I
2
/R
2
, tokning kvadratiga proporsional, yaoni tokning 
yo‘nalishi (ishorasi)ga bog’liq emas. SHu sababli elektromagnit prinsip ham o‘zgarmas ham 
o‘zgaruvchan tok relelarini tayyorlash uchun yaroqli. Elektromagnit prinsipda ishlaydigan tok, 
kuchlanish, oraliq, signal va vaqt relelari tayyorlanadi. 
Elektromagnit kuch F
e
aylantiruvchi moment M
e
ni hosil qiladi
M
e
=F
e
L
r

bu erda L
r
- F
e
kuchning elkasi. 
Rele ishlashi uchun elektromagnit kuch prujinaning qarshilik kuchi F
n
, massa va 
ishqalanish kuchi F
u
lardan katta bo‘lishi kerak, yaoni
F
e
=F
e.r.u.
=F
n
+F
u
yoki M
e
= M
e.r.u
=M
n
+M
u

Rele ishlaydigan eng kichkina tokka rele ishga tushish toki deb ataladi va u I
ri
bilan 
belgilanadi. 
Rele ishga tushish tokini o‘zgartirish uchun rele cho‘lg’amidagi o‘ramlar soni W
r
ni,
prujinaning qarshilik kuchi F
n
ni yoki magnit qarshilik R
m
ni o‘zgartirish uchun havoli oraliqning 
o‘lchami 

o‘zgartiriladi . 
Relening ishlash toki amaliyotda prujinani sozlash yo‘li bilan silliq va o‘ramlar sonini 
o‘zgartirish yo‘li bilan pog‘onali o‘zgartiriladi . 
Rele ishlangandan keyin dastlabki holatiga qaytadigan cho‘lg’amdagi eng katta tokka 
relening qaytish toki deyiladi va I
rq
bilan belgilanadi . 
Relening qaytish koeffitsienti deb qaytish tokining ishlash tokiga nisbatiga aytiladi va K
q
bilan belgilanadi. 
K
q
=I
rq
/I
ri
Relelar maksimal yoki minimal bo‘lishi mumkin. Tok ortganda ishlaydigan rele maksimal 
rele va tok kamayganda ishlaydigan rele minimal rele deb ataladi. Minimal relening yakori 
normal holatda tortilgan bo‘ladi. 
Minimal relening ishlash toki deb yakor qaytadigan eng katta tokka, qaytish toki deb esa 
yakor tortiladigan eng kichkina tokka aytiladi. Maksimal relening qaytish koeffitsienti Kq < 1, 
minimal relening qaytish koeffitsienti esa Kq > 1 bo‘ladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling