2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
MTH ning hayallash vaqti
Tanlash xususiyatini taominlash uchun MTH larning hayallash vaqtlari isteomolchilardan manbaga tomon yo‘nalishda ortib boradigan qilib tanlanadi. Ikkita qo‘shni MTH larning hayalash vaqtlari orasidagi farqqa vaqt pog‘onasi yoki tanlash pog‘onasi deb ataladi. Agar MTH RT-40 turdagi elektromagnit tok relelari asosida bajarilgan bo‘lsa tanlash pog‘onasi t=0,5 s olinadi. Bir tomondan manbaga ulangan (radial) elektr tarmog’ining sxemasi va MTH larning tanlash Haritasi (2.2-rasm)da keltirilgan. Elektr ta’minotining manbasi 6ga W1 va W2 elektr uzatish liniyalari hamda YU1-YU4 yuklamalar ulangan. Har bir liniya va yuklama A1-A6 masimal tok himoyalari yordamida qisqa tutashuvlardan himoya qilinadi. Har bir MTH o‘z hayallash vaqtiga G ga, masalan A1 MTH ning hayallash vaqti t1, A6 niki esa t 6 . Agar yuklamalar MTH larining hayallash vaqtlari t 3 , t 4 , t 5 va t 6 maolum bo‘lsa A1 va A2 MTH larining hayallash vaqtlari t 1 va t 2 qo‘yidagicha aniqlanadi. Masalan K3 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa A3 himoya ishlab Q3 viklyuchatelni uzish uchun signal berish kerak. Qisqa tutashuv toki manba G dan K3 nuqtaga yo‘nalgan bo‘lib W1 va W2 liniyalardan ham o‘tadi, A1 va A2 MTH lar ham ishga tushadi. Lekin ularning vaqt relelari o‘z kontaktlarini ulab ulgurmasliklari, yaoni t 1 >t 3 va t 2 >t 3 bo‘lishi kerak. Agar t 2 < t 3 bo‘lsa avval A2 himoya ishlaydi va Q2 viklyuchatel uziladi, natijada shikastlanmagan yuklama YU4 elektr manbasidan uziladi. Bunday holga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Xuddi shuningdek K6 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lganda A2 himoyadan avval A6 himoya ishlashi zarur, yaoni t2>t6 bo‘lishi kerak. Demak t2=max(t3;t6)+Dt bo‘lishi kerak. SHunga o‘xshash A1 himoyaning hayallash vaqti A2 va A5 himoyalarning hayallash vaqtlaridan katta bo‘lishi kerak, yaoni t1=max(t2;t5)+Dt. 2.2-rasm. MTH ning hayallash vaqti Agar MTHlar elektromagnit vaqt relelarida bajarilgan bo‘lib t 2 =1,5s bo‘lsa t 1 necha sekund bo‘lishi kerak? Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling