2-ma‘ruza. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jaroyinini tashkil etish shakllari


Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati


Download 118.1 Kb.
bet9/13
Sana05.05.2023
Hajmi118.1 Kb.
#1430330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-ma\'ruza

Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati. Adolat —iymon-e’tiqodga, pok niyatga eltuvchi haqni nohaqdan ajratuvchi bir o`lchov. Adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. 0‘tmish ajdodlarimiz adolat va adolatsizlikka alohida
e’tibor berib, bu tushunchani siyosiy, falsafiy, huquqiy, axloqiy nuqtayi nazardan turlicha talqin etib, komil insonning tarbiyasida u katta vosita ekanligini asarlarida bayon etganlar. Amir Temur saltanatni boshqarishning bosh mezoni adolat deb hisoblagan edi. U o‘z ining pand-nasihatlarida ham yosh avlodni adolatli bo‘lishga chorlaydi: „Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulm-u sitam yo‘lini to‘sdim. ...Qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha viloyatning ulug‘larini og‘a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini esa, o‘z farzandimdek ko‘rdim“, degan edi. Husayn Voiz Koshifiy „Axloqi Muhsiniy“ asarida shunday yozadi: „Adolat — insonlarning bir-biriga yaxshilik ko‘rsatishidir“. Adolat va adolatsizlikning asriy ko‘rinishlari insonning qilmishi, harakati, tili, muomalasi, madaniyati, tashqi qiyofasida o‘z aksini topadi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati. Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati o‘quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy sifatlaming mohiyatini anglatish jarayonida qo'llanadigan o‘qituvchi-tarbiyachining ish usullaridan biridir. Masalan, O`qituvchi boshlang‘ich sinfda „Ertak ketidan ertak“ mavzusidagi suhbatida o‘quvchilarga dastlab ertak mazmunini bayon etadi: „Ota o‘zi va 10 yashar o‘g‘li bilan daladan qaytayotib kelayotganda yo‘l ustida tushib yotgan bir taqani ko‘radi va o‘g‘liga deydi: „Taqani ol!“ 0‘g‘li: „Eski taqa uchun egilib o‘tiramanmi?“ deb gap qaytaradi. Otasi indamasdan o‘zi egilib, taqani oladi-da, yo‘lida davom etadi. Kun issiq edi. Bola chanqay boshlaydi. Biroz yo‘l yurganidan keyin olcha sotib o‘tirgan baqqol ko‘rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib, belbog‘iga tugib oladi. 0‘g‘liga ko‘z-ko‘z qilib, bir dona olchani og‘ziga tashlaydi-da, bir donasini yerga tashlaydi. 0‘g‘li darrov egilib olchani oladi va chanqog‘ini bostirmoqchi bo‘lib og'ziga soladi. Otasi olchani ketma-ket tashlaydi. 0‘g‘li o‘n-o‘n besh marta egilib, olchalarni terib olib yeganidan so‘ng nihoyat otasi to‘xtaydi va belbog‘ida qolgan olchalarni o‘g‘liga uzata turib deydi: „Ko'rdingmi, o‘g‘lim, sen taqani ko‘tarib olish uchun bir marta egilishga eringan eding , olchalarni terib olish uchun o'n - o‘n besh marta egilding. Endi e singda bols in , agar yengil mehnatni og‘ir deb hisoblasang, undan battar og'iriga duch kelasan". Bu ertakdagi pedagogik ta’sirning salbiy va ijobiy ko'rinishlarini bolalarga izohlashda o'qituvchi quyidagi savollar orqali tarbiyaviy mahorat bilan aniqladi:
— Otaning talabi to‘g‘rimi yoki yo‘qmi? Sababini ayting.
— Otaning bolaga mehnatdan bosh tortmaslik uchun tutgan ish usuli to‘g‘rimi? (Bolaga dastlab o‘z harakati bilan o‘rnak bo`lib, so'ng xatosini tushuntiradi.)
— Bu borada sizlarning fikr va munosabatlaringiz qanday?
0‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi-tarbiyachi o‘z maqsadiga erishish uchun doimo o‘quvchilarga o‘z talablari bilan yondashadi. Ularni rag‘batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi. Bu talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Talablarning qo‘yilish shakllari:
— tarbiyachi tomonidan talabni to‘ppa-to‘g‘ri qo‘yilishi.
Bunday talab bolalar jamoasi bilan ishlashning dastlabki bosqichidir. Ijodkor-pedagog A.S.Makarenko .....Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg'in va qat’iy talab bo`lmasa, jamoani tarbiyalashni boshlab bo‘lmaydi“, degan edi;
-- talab ijobiy va bolaning xatti-harakatlariga to‘sqinlik qilmasligi;
— talab aniq va tushunarli bo‘lishi;
— qo' yilgan talab natijasini bilish:
talab ochiq chehra, samimiy bir ohangda berilishi: iltimos, maslahat, yaxshi niyatda chorlash;
talab bolalarning yoshi, bilim saviyasiga mos bo‘lishi;
— talablarda kesatish, luqma, minnat bo‘lmasligi va b.
Tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishining yana bir shakli o'quvchi va o'quvchilar jamoasini istiqlol yo‘liga boshlashidir. Bunda jamoada tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida oshkoralik va ishonch bo‘lishi, o‘z-o‘zini boshqarish, an’ana va qonunlarga amal qilinishi muhimdir.

Download 118.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling