2-ma‘ruza. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jaroyinini tashkil etish shakllari


Tarbiyachining pedagogik mahorati ko‘p qirrali bo‘lib, u


Download 118.1 Kb.
bet8/13
Sana05.05.2023
Hajmi118.1 Kb.
#1430330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-ma\'ruza

Tarbiyachining pedagogik mahorati ko‘p qirrali bo‘lib, u:
mehribon bolalar hamkorligida;
— o‘quv-tarbiya jarayonidagi hamkorlikda;
— bolalarning qayg‘u-xasrati, g‘ami va omadsizligiga hamdard bo'lishda;
muomala madaniyatida;
— chuqur bilim egasi bo‘lishida;
— o‘qituvchining ruhiy holatida (samimiyligi, xayrixohligi, oliyjanobligi);
— jamoa bilan ishlashda vaziyatni ijobiy tomonga san’atkorona yo‘naltirishda namoyon bo'ladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotida har bir hunar, u yoki bu ijtimoiy siyosiy masalalarni hal qilishda insondan mahorat talab etishini xalq og‘zaki ijodiyotida, yozma yodgorliklarda, afsona, doston, ertak, qissa, hikoyat, rivoyatlarda hamda ma’rifatparvar mutafakkirlarimizning asarlarida turlicha talqin etilgan.
Muomala mahorati. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi — til. Xaiqimizda shunday naql bor: „Bola —shirin so‘zning gadosi“, bas, shunday ekan, tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o'qituvchi eng obrolidir. Husayn Voiz Koshifiy shunday degan edilar: „Yaxshi so‘zdin bolakni aytmangizlar va ko‘p so‘zlamoq ko‘ngilni qaro qilur“ yoki „Mumkin ersa yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin xob yo‘qdur yodgor“ ; „Nasihatin shirin so‘z-u muloyimlik birla ibtido qilg‘il“ . Alisher Navoiv muomala qiluvchi shaxsning mahoratida, eng avvalo til shirinligi: „Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisli asaldir”, degan edi. Kaykovus o‘zining ,,Qobusnoma“ asarida „Suxandonlik bila baland martabali bo‘lmoq“ zikrida shunday hikoyatni keltiradi:
„Xorun-ar Rashid bir tush ko‘rdiki, og'zidan barcha tishlari to‘kilmish. Erta tong turib, bul tushning ta’birini aytuvchini chaqirib so‘radikim, „Bu tushning ta’biri nedur?“ Ta’birchi javob berdi: ,,Andog‘kim, sendan o‘zga hech kim qolmaguvsidir“. Bu so‘zni eshitibon Xorun ar-Rashid „Mening yuzimga bundoin dardlig` va andug‘lig‘ so‘zni aytding, Mening barcha qarindoshlarim o`lsalar, so‘ngra men qandog' ishga yararman va na yanglig` ro‘zg‘or so‘rarman?“ dedi va ta’birchiga yuz tayoq urmoqni buyurdi. So'ngra yana bir ta’birchini chaqirib so‘radi. Ta’birchi dedi: ,,Ey amir al-mo‘minin, sening umring barcha aqrabotlaring umridan uzoq bo‘lur“. Xorun ar-Rashid dedi: „Barcha aqlning yo‘li birdur va ikkovingning ta’biringning negizi bir yerga borur, ammo bu iborat bila ul iboratning orasida farq bag‘oyat ko‘pdur“. Buyurdi: so‘nggi ta’birchiga yuz tillo berdilar“.
Bir donishmand jamoaga qarab: „Bir gapim bor, uni ming so‘mga sotaman, istovchilar bo‘lsa marhamat;!, dedi. Suhbat ishtirokchilari hayron qolishib: „Qanday gap ekan“, deb so‘rabdiki. Shunda donishmand: „Bu ,,0‘ylab ish qil!“ degani“ , debdi, donishmandning bu g‘oyasidan shuni anglamoq lozimki, o‘ylab ish qilgan. odamning muomalasida qiyofasi bo‘lishi (bosh, yuz va xatti-harakatlarini odob yuzasidan boshqarishi) kerak ekan. Qo‘pol, odobsiz gaplar, bola shaxsiyatiga tegadigan qo'pol muomala qilish o‘qituvchinirig izzati va obgo`yiga putur yetkazadi.

Download 118.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling