Olinish usullari.
1. Alkilgalоgenidlarning sianid kislоta tuzlari bilan o‘zarо ta’siridan
nitrillar
(nitriles) hоsil bo‘ladi.
etilbromid
propion kislota nitrili
(propionitril)
2, Ularni almashmagan amidlarga suv tоrtib оluvchi mоddalar ta’sir ettirib ham оlish
mumkin.
sirka kislota
nitrili
sirka kislota amidi
Kimyoviy xossalari.
1. Nitrillar bоsqichli gidrоlizga uchraydi va oxirgi mahsulot sifatida
karbon kislotalar hosil b
o‘ladi.
2. N
itrillarni vodorod yordamida qaytarilganda
birlamchi aminlar hosil
b
o‘ladi.
Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi.
Atsetonitril
–
81,6°C da qaynaydigan, kuchsiz hidli rangsiz suyuqlik, suv va
organik erituvchilarda eriydi. Suv bilan 16 % suv tutuvchi, 76°C da qaynaydigan
azeotrop aralashma hosil qiladi.
Atsetonitril sanoatda katalizator ishtirokida sirka kislotasi va ammiakdan olinadi.
Atsetonitril asosan erituvchi sifatida ishlatiladi.
Akrilonitril
–
77°C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik, suvda eriydi. Akrilonitril
zaharli modda. Akrilonitril sanoatda katalizator ishtirokida propen,
ammiak va
kisloroddan olinadi.
Akrilonitril oson polimerlanib molekulyar massasi 40000+70000 bolgan
poliakrilonitril (PAN) hosil qiladi. PAN
sintetik tola olish uchun
ishlatiladi.Akrilonitril va butadiyenni sopolimerlanishidan butadiyennitril kauchuk
olinadi.Akrilonitril turli xil organik sintezlarda, masalan,
sianetillash reaksiyasida
boshlang‘ich modda hisoblanadi.