2-mavzu. Alkanlar


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1215546
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-mavzu. Karbon kislotalarning funksional hosilalari. .

Kimyoviy xossalari. Galogenangidridlar tez reaksiyaga kirishadi. Galogenangidridlar kuchli 
qutblangan birikmalardir. Bunga sabab galogen atomining elektronoakseptor ta’siridir. 
Galogenangidridlar kuchli elektrofil xossalarini namoyon qiladi. 
1. Galogenangidridlarning suv bilan ta’siridan tegishli karbon kislota hosil bo‘ladi.
2. Galogenangidridlarga ishqor ta’siridan karbon kislota tuzlari hosil bo‘ladi.
3. Galogenangidridlarga ammiak ta’siridan karbon kislota amidi hosil bo‘ladi.


Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi. 
Atsetilxlorid

o‘tkir hidli, rangsiz suyuqlik, havoda tutaydi, 51,8°C da qaynaydi. 
Natriy atsetatga sulfurilxlorid yoki muz sirka kislotaga magniy xlorid ishtirokida 
fosgen ta’sir ettirib olinadi. 
Organik sintezda atsetil guruh kiritish (atsetillash) uchun ishlatiladi. 
 
Benzoilxlorid

 o‘tkir hidli, rangsiz suyuqlik, lakrimator, 197°C da qaynaydi. 
Benzoy kislotasi va fosgendan yoki benzaldegid va xlordan olinadi, yoki 
trixlormetilbenzolni qisman gidrolizlab olinadi. 
Organik sintezda benzoil guruh kiritish (benzoillash) uchun ishlatiladi. 


KARBON KISLOTALARNING ANGIDRIDLARI 
 
Karbon kislotalarning karboksil guruhidagi vodorod atomining atsil guruhiga 
almashinishidan hosil bo‘lgan hosilalari angidridlar deyiladi.
Umumiy formulasi. 
 
Angidridlarning nomi tegishli kislotalarning trivial nomidan kelib chiqib hosil 
qilinadi.
sirka angidrid
 


Olinish usullari. 
1.Angidridlar karbon kislotalarni termik yoki kuchli suv tortuvchi moddalar, 
masalan, fosfat angidrid ta’sirida angidridlash yo‘li bilan olinadi.
sirka angidrid
2.Dikarbon kislotalar qizdirilganda siklik angidridlar hosil bo‘ladi.
Yantar kislota 
yantar angidrid 


3.Atsetilgalogenidlarning karbon kislotalarning tuzlari bilan o‘zaro ta’siridan 
angidridlar
Natriy atsetat 
atsetil xlorid
sirka angidrid
4.Karbon kislotalarning ketenlar bilan reaksiyasi natijasida ham angidridlar hosil 
bo‘ladi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling