2-mavzu. Antik davr tarix falsafasi Reja
Download 488.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Antik davr tarix falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar;
2-mavzu. Antik davr tarix falsafasi Reja: 1. Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi 2. Polibiyning tarixiy qarashlari 3. Tit Liviy asarlarida tarix falsafasi 4. Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi Tayanch iboralar: Antik ongda tabiat va tarix antitezasi. Antik kosmos: fazo. Antik kosmos: vaqt. Teokratik tarix va afsona. Gerodot. Ilmiy tarixning yaratilishi. Yunoniston o’ylarida (hayolotida) tarixga qarshi tendentsyiya. Tarix fani va ahamiyati to’g’risida yunon ta’limoti. Yunoniston tarixiy usuli va uning chegaralari. Fukidid. Ellin davri. Polibiy. Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy Tatsit. Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari. Insonparvarlik. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar; 1. Blok M. “Апология истории или ремесло историка”. – M., 1986. 2. Falsafa. Entsiklopedik lug’at. O’zR FА, I. Mo’minov nomidagi falsafa va huquq inti. –T.: 3. ―O’zbekiston milliy entsiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. 4. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. –T.: Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2004. 5. G’arb falsafasi. –T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2004. 6. Skirbekk G. Falsafa tarixi. Oliy o’quv yurt. uchun qo’ll. / Rus tilidan tarj.: V. Kuznetsov. –T.: Sharq, 2002. 7. Falsafa qomusiy lug’at. –T.: Sharq nashriyoti matbaa nashriyoti, 2004. 8. Jo’raev N. Ibn Xaldunning tarix falsafasi. Muloqot jurnali. 2006, 3-4- sonlar. 9. Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968. 10. Komilov N., Yoqubov А. Markaziy Osiyo xalqlari tafakkuri rivojida tasavvufning o’rni. – T., Аkademiya, 2005. 11. Ubaydullaev R. Bekmurodov M., ―Аsrlar qaridan kelayotgan sado‖. Аl-Moturidiy ta‘limoti va uning X-XII asrlarda Movarounnahr madaniyatida tutgan o’rni. Ma‘ruzalar to’plami. – T.: O’zFА, 1999. 12. Xayrulaev M. Sharqning mashhur mutafakkiri. Аbu Nasr Forobiy. ―Fozil odamlar shahri‖. – T.: А. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1993. 13. Qur‘oni karim. – T.: Toshkent Islom universiteti nashriyoti, 2001 Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarihning ham o’z muzasi bor, bu muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon ayonlari orasida bo’lgan, deb hisoblaganlar. Greklar tarixiy voqealar to’g’risida chiroyli va pand – nasihatli hikoyani hammadan ko’proq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy vazifasi pand – nasihatdan iborat deb hisoblaganlar. Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (logos so’z, grafo-yozaman demakdir) shaharlarning odatda o’zlari tug’ilgan shaharlarning tarixi to’g’risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. O’z asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar. Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi. Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to’qqiz to’mli tarix asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o’ziga xos tarixiy novellalarni o’z ichiga oladi. Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham katta tasir o’tkazgan, taniqli tadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning ko’pgina fikrlari Geradotdan olinganligi, Diadorning ko’pgina tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi. Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot yoshligididan sayohat qilishni yaxshi ko’radi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq bilan shug’illanuvchi savdogarlar, yo’lovchilar shahri bo’lgani uchunmi o’spirinlik-yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va sayohlari tilidan g’aroyib sarguzashtlarni tinglashni juda–juda yoqtiradi. eron tarixi kitobi Geradot etiborini ayniqsa o’ziga tortadi. Xaronning Eron tarixi kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bo’lgan Osiyodagi ko’pgina malumotlar haqida qimmatli malumotlar bor. Gerodot tug’ilgan o’lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy voqealarni ko’p eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori bo’lib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi ko’tarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvg’in qilinadi. Shundan so’ng bo’lajak tarixchi Osiyo bo’ylab safarga chiqishga qaror qildi. Geradot qora dengiz qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham skiflar haqida talaygina kitoblarni o’qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bo’lib, Osiyo bo’ylab safarga jo’naydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bo’lgan suz shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida bo’ldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiyadagi Efrat va Tigr daryolaridan o’tadi. Geradotning fikricha, Kaspiy bo’ylarida ko’chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go’shti, parranda va sutli taomlarni istemol qilishadi. Bu erning xalqlari juda jangari bo’lishgan. Aytishlaricha Eron shohi Kir ham ularni o’ziga bo’ysudira olmagan. Geradot Mesopatamiya va Vaviloniya o’lkalarining tabiatiga ham keng to’xtaladi. Bu joylar Orol dengiziga yaqin bo’lib, ayrim tadqiqotchilar bu o’lkalarga Geradot kelmagan deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot O’rta Osiyo haqida muhim malumotlar keltiradi. Bu erda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, so’g’dlar, saklar, xorazmiylar va oriylar, bu o’rinda izoh talab nomlardan oriylar Afg’onistonning g’arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o’sha vaqtda Balx shahri bo’lgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi-g’arbiy qismida joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, so’g’dlar Politmet (Zarafshon) bo’ylarida, saklar Tyanshan tog’ining g’arbiy etaklarida joylashgan edilar. Shundan so’ng Geradot Hindiston o’lkasida sayohatini davom ettirib, Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli ma‘lumotlar to’playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o’lkalarini ham keng tasvirlaydi. Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko’rsatuvchi etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaho va qadrli. Geradotning skiflar asari jahon xazinasida munosib o’rin tutgan, bu asar juda ko’plab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bo’lib, jahonga tanitgan ham Geradotdir, XVII – XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning skiflar asarini juda katta qiziqish bilan o’qishgan va juda ko’p nusxalarda tarjima qilishga buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham yozganlar, lekin skiflarning haqiqiy va birinchi targ’ibotchisi Geradot edi. Geradotning skiflar asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning Geradot va uning asari Vitold Klingerning hikoyachilik motivlari asarlari shuningdek, sharq xalqlarini tarixiy hikoyalari kabi juda katta ahamiyatga ega bo’lgan ijod durdonalari yuzaga keldi. Geradot katta ishga qo’l uradi. Faqat skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto Afrikadagi ko’pgina qabilalarning hayotiga oid ma‘lumotlarni aks ettiradi. Geradot ijodi Tarix nomli To’qqiz kitobi katta ilmiy xazinani tashkil etib, bu kitoblarning har qaysisi yuzlab hikoyalarni o’z ichiga olgan. Geradot antik davrdagi boshqa olimlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi tarixchi edi. O’z hayotini tahlikaga qo’yib bo’lsada ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne-ne xavf–xatarlarlarga duch kelmadi. Bu safarlarida u avval o’z ko’zi bilan ko’rib, qulog’i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Har qanday faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda bo’ladi. Yuzlab daryolarni kechib o’tadi. O’sha paytda hech bir olimning qadami etmagan uzoq o’lkalarni kezadi. Hali ko’p ko’rilmagan mavzularni birinchi bo’lib yoritadi. Shuning uchun ham Geradot nomi tariximizda alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning yaratilishida Geradotning Tarix asari muhim ahamiyat kasb etadi. Polibiyning tarixiy qarashlari Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarimida Polibiy umumiy tarixni yozgan. Unda eramizdan avvalgi 264-146-yillardagi voqealar bayon qilingan. Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi ana‘nalariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning o’rta dengiz sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o’rnatilishi muqarrar degan xulosaga kelgan. U o’zining asrida Rimning bir qancha qabilalar va xalqlarni o’ziga bo’ysundirilishining sabablarini ko’rsatib berishga, yani rim davlatining vujudga kelish tarixini yaratishga harakat qilgan. Polibiy Rim davlatining qudratini uning davlat tuzumidagi xususiyatlaridan deb bilgan, uning nazarida bu tuzumni idora qilishining aristokratik, demokratik va monarxik shakllari ajoyib tarzda bir–biri bilan qo’shilib ketgan. Polibiy manbalarni juda sinchiklab tekshirgan, mamlakatning geografik holati va uning iqlimini o’rgangan. U antik davr tarixining odat hukmidagi adabiy usullaridan foydalangan. U voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchi nutqlarini kiritgan. Polibiy bu bilan ularning gaplariga mumkin qadar haqiqiy tus berishga harakat qilgan. U manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy voqealarning sabablarini ayrim shaxsning ish va harakatlarida ko’rgan xolos. Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning keyinchalik taraqqiyot yo’lini belgilashga imkon beradi. Yani tarix nasihat berishi o’rgatishi mumkin amaliy jihatdan foydali bo’lishi mumkin deb faraz qilgan. Tit Liviy asarlarida tarix falsafasi Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o’zi yashagan davrga o’tgan butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu g’oyat puxta asari 142 ta kitobdan iborat bo’lgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa ba‘zi kitoblaridan parchalar saqlangan xolos. Tit Liviy tarixni yodgorlik deb bilgan. Uning fikricha, tarix o’rnak bo’la oladigan namunalarni ko’rsatishi bizning avlodlarimiz ko’p-yillar davomida ko’rib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga o’rgatishi lozim. Tit Liviy voqealarning sababli bog’lanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu voqealar rostmi – yo’qmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid, Polibiy asarlariga xos tarixiy tanqidlar yo’q. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga uringan u bu urinishda muvaffaqiyat qozona olmagan. Uning birinchi ikkinchisidan asrlar ajratib turgan qahramonni bir xil chiroyli fikr yuritishadi, bir xil harakat qilishadi va bir xil gapirishadi. Tit Liviyning respublika tarixidan qimmatli manba bo’lish asarlari muallifning fikricha kitobxonga chuqur tasir qilmog’i lozim 68 bo’lmagan. Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas, balki V.G.Belinskiy aytganidek, sanatkorning asari sanat asaridir. Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi Korneliy Tatsit (taxminan 54-120-yillar) bu davr eng mashhur tarixchilardandir. Zodagon suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada harbiy xizmatda bo’lgan. U mashhur lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin do’sti bo’lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik qilgan Tatsit imperatorning qahridan ko’r qilib bir necha vaqtgacha surgunda yurgan. Domitsian halok bo’lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan so’ng u senator bo’lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy faoliyati ham ana shu davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68-yilidan to 96-yiligacha bo’lgan davrni ichiga olgan tarixlar ni, Avgustning o’limidan (eramizning 14 --yili) Neronning halokatigacha (eramizning 68 –-yili) bo’lgan davrning -yilnomalar ini, shuningdek Germaniya nomli kichikroq asarini yozgan. Tatsit bu so’nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasi tuprog’idan tashqari yashagan boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining etnografiyasini mufassal bayon qilgan. Tatsit o’z asarlarida ayniqsa -yilnoma larida Rimning o’tmish respublika davrini ko’klarga ko’tarib maqtagan bo’lsa, o’z zamonasining siyosiy tartibini Yuliy – Klavdiylar sulolasidan bo’lgan imperatorning o’zboshimchaligi va istebdodini qattiq qoralab yozgan. F.Engels Tatsitni eski Rim patritsiylari tafakkurining so’nggi namoyandasi degan edi. Tatsit siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u o’zining bayon qiladigan materiallarini asl hujjatlar asosida sinchiklab o’rganib chiqqan -yilnoma larida keltirilgannutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya malumotlari bilan tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib kelgan. Tarixlar ining uchdan bir qismigina saqlangan -yilnomalar ini ko’p qismi saqlanmagan, shunday bo’lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixi to’g’risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi. Savollar: 1. Teokratik tarix va afsona haqida nimalarni bilasiz? 2. Ilmiy tarixning yaratilishi to’g’risida ayting. 3. Tarix fani va ahamiyati to’g’risida yunon ta‘limoti? 4. Rim tarixchilari qarashlarini ayting. 5. Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari? Download 488.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling