2-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash


Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari


Download 45.55 Kb.
bet2/6
Sana07.03.2023
Hajmi45.55 Kb.
#1247565
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-amaliyot

2.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
1993 yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga ko’ra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi.
YaIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig’indisidan iborat.
Boshqa bir ta’rifga ko’ra YaIM- mamlakat hududida ma’lum muddat davomida yangidan yaratilgan qiymatlar yig’indisidir.
YaIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o’sha mamlakat rezidenti deb qaraladi.
YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko’rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o’zaro teng bo’lishi lozim. Shu birga birga har uchala usul bilan YaIM ko’rsatkichni hisoblashda o’ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.
2.3. YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash

Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo’lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi.


Qo’shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar o’rtasidagi farq ko’rinishida aniqlanadi.
Qo’shilgan qiymatlar yig’indisi ko’rinishida hisoblangan YaIM tarkibiga sof bilvosita soliqlar, ya’ni davlat byudjetiga tushgan qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i va bojxona boji to’lovlari bilvosita soliqlar bilan davlat byudjetidan ishlab chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar o’rtasidagi farq ham qo’shiladi.
Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi 2007 yilda O’zbekiston Respublikasida 9,5 foizni,2008 yilda esa 9,3 foizni tashkil etdi. Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi kamayib borishini ijobiy tendensiya deb baholash mumkin.



Download 45.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling