2-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash


YaIMni xarajatlar bo’yicha hisoblash


Download 45.55 Kb.
bet3/6
Sana07.03.2023
Hajmi45.55 Kb.
#1247565
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-amaliyot

2.4. YaIMni xarajatlar bo’yicha hisoblash
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaMMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o’zaro qo’shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (C):
Yalpi ichki xususiy investisiya xarajatlari (I):
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operasiyalari bo’yicha xarajatlar o’rtasidagi farq.
YaMMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:


YaIM = C + I + G + Xp

2.5. YaIMni daromadlar(taqsimot usuli) bo’yicha hisoblash.
YaIMni daromadlar bo’yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo’shilgan qiymatlar hisobidan, to’langan dastlabki daromadlar qo’shib chiqiladi.
YaMMni daromadlari yig’indisi ko’rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliqlar (Tn);
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W) va ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
- Korporasiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
R= Korporasiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizasiya (A);
YaIMni daromadlar ko’rinishida yalpi qo’shilgan qiymatni ko’rsatilgan uch guruhga bo’lib topish mumkin:
YaIM = Tn + W+R
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o’zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad bo’lib tushadi.
2.6.Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko’rsatkichlar va ular o’rtasidagi nisbat.

YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang’ich daromadlari yig’indisidir.


YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlaroi tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo’natgan daromadlari.
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko’rsatkichlariYaIM va YaMD ko’rsatkichlaridan amortizasiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YaIM - A
SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko’rsaikichi ham qo’laniladi.
ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug’urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporasiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporasiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to’lovlari (TR) + foizlar ko’rinishida olingan shaxsiy daromad
Foizlar ko’rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo’yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
ShTD uy xo’jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg’arish (S) uchun ishlatiladi.
ShTD =C + S
YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar)
YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg’armalar
Yakuniy iste’mol uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o’z ichiga oladi.



Download 45.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling