2-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash


Download 45.55 Kb.
bet4/6
Sana07.03.2023
Hajmi45.55 Kb.
#1247565
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-amaliyot

2.7. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar.
Turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yoki ko’rsatkichlar guruhlari o’rtasidagi mavjud bo’ladigan, yoki mavjud bo’lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o’zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblangan YaIM ko’rsatkichlarining o’zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investisiyalar va jamg’armalar o’rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo’lga qo’yilgan, soliq solish va transfert to’lovlari ko’rinishida davlat aralashuvi mavjud bo’lsin. Bunday holatda jamg’arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
S = Sp + Sd + Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg’armalar;
Sd - davlat jamg’armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg’armalari.
Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (U), transfert to’lovlari (TR), davlat zayomlari bo’yicha foizlar yig’indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (S) xarajatlari yig’indisini ayirish natijasiga teng bo’ladi.

Sp = (U + TR + N - T) – C
Davlat jag’marmalari quyidagi miqdorga teng bo’ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg’armalari nolga teng bo’lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT – byudjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi.
Sx=M – X yoki Sx = -Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko’proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko’chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg’armalarning umumiy yig’indisi investisiyalarga teng bo’ladi:

Download 45.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling