2. Mavzu: Avtomobil va traktorlarning ichki yonuv dvigatellari va ularni ekspluatatsiya qilish sharoitlari Reja


Porshenli IYoDlarning ishlash prinsiplari


Download 1.65 Mb.
bet4/9
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#243452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-modul 2 chi

Porshenli IYoDlarning ishlash prinsiplari.

Dvigatelning davomli ishlashini ta’minlovchi jarayonlar ketma-ketligiga ichki yonuv dvigatellarining xaqiqiy (ishchi) sikli deyiladi. Dvigatelning haqiqiy ishchi sikli porshen to’rt marta harakatlanishi natijasida amalga oshib , ular quyidagilar- kiritish, siqish, yonish-kengayish va chiqarish jarayonlaridir. Bu jarayonlarning ketma-ket bajarilishi natijasida bitta sikl amalga oshib foydali ish olinadi. Ikki taktli dvigatellarda porshenning ikki marta harakatlanishi natijasida bitta haqiqiy ishchi sikl bajariladi, ya’ni foydali ish amalga oshiriladi. Porshenning tirsakli val o’qidan eng uzoqlashgan (yuqoriga chiqib qaytadigan) nuqtasi yuqori chetki nuqta (yu.ch.n.) deyiladi. Porshen silindrning pastki qismiga borib qaytadigan nuqtasi pastki chetki nuqta (p.ch.n.) deyiladi. Chetki nuqtalar orasidagi masofani porshen yoli (S) deyiladi.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling