2. Mavzu: Avtomobil va traktorlarning ichki yonuv dvigatellari va ularni ekspluatatsiya qilish sharoitlari Reja


-rasm. Ikki taktli dvigatelning ish sikli


Download 1.65 Mb.
bet8/9
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#243452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-modul 2 chi

16-rasm. Ikki taktli dvigatelning ish sikli

16-rasmda ikki taktli dvigatelning ishlash prinsipi tasvirlangan. Silindr (2) ning ikki tomonida kiritish (3) va chiqarish (7) oynalari bor. Silindr kallagida svecha yoki forsunka o’rnatiladi. Porshen harakatlanib o’zining devorlari bilan kiritish va chuqarish oynalarini ochib yoki yopib turadi. Nasos (4) silindrga siqilgan yonuvchi aralashmasi yoki havoni yuborish uchun xizmat qiladi. Porshen p.ch.n.dan yu.ch.n. tamon harakatlanganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish oynalari ochiq bo’ladi. Nasos yordamida kiritish oynasi orqali silindrga yonuvchi aralashma yoki havo kiritiladi. Silindrga kirgan ushbu ishchi jismlar unda qolgan gazlarni tashqariga chiqarib yuboradi va porshen tepasidagi bo’shliqni to’ldiradi. Yuqoriga harakatlanayotgan porshen o’z devorlari bilan kiritish va chiqarish oynalarini berkitadi . Shu vaqtdan boshlab siqish jarayoni boshlanadi va porshen yu.ch.n.ga biroz yetmasidan , yonish kamerasiga elektr uchquni yoki mayda zarrachalarga parchalanqan dizeel yonilg’isi purkaladi, hatijada siqish kamirasidagi zaryad alangalanadi. Yonish taktining oxirida katta miqdorda issiqlik ajraladi va gazlar bosimi ta’sirida porshen p.ch.n.ga qarab kuch bilan harakatlanadi va silindrda kengayish jarayoni boshlanadi. Porshen harakatlanib avval chiqarish oynasini ochgadi, yuqori bosimli gazlar o’z inersiya kuchi ostida tashqariga katta tezlik bilan chiqa boshlaydi. So’ngra kiritish oynasi ochilib, silindrga nasos yordamida yangi zaryad yuboriladi u esa ishlatilgan gazlar bilan qisman aralashib, ularni chiqarish oynasi orqali tashqariga siqib chiqaradi. Keyingi siklda jarayonlar shunday ketma-ketlikda takrorlanib davom etadi.



Silindrning chiqarish va kiritish oynalari joylashgan zonaga to’g’ri kelgan bir qismi (Vy- yo’qotilgan hajm deb ataladi) amalda foydali ish bermaydi. Shuning uchun ham gazning o’rtacha bosimi to’rt taktli IYoDnikidan kichik bo’ladi. Yoqotilgan hajmning nisbiy kattaligi ψ=Vy/Vh koeffitsienti bilan ifodalanadi, unung qiymati ψ=0,1…0,25 oralig’ida bo’ladi.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling