2. Mavzu: Avtomobil va traktorlarning ichki yonuv dvigatellari va ularni ekspluatatsiya qilish sharoitlari Reja
Download 1.65 Mb.
|
1-modul 2 chi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IYoDni ishlatish sharoitlari, ularning IYoD ish rejimlariga ta’siri, ularga qo’yiladigan talablar.
- O’rta mo’tadil iqlim sharoitlari
- Issiq iqlim sharoiti
- Past (sovuq) haroitli iqlim sharoiti
- Avtomobil va traktorlardan tog’li sharoitlarda
O’t oldirish tizimi yonilg’i aralashmani tashqarida tayyorlovchi dvigatellarda qo’llaniladi. Ushbu tizim quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’lib uning sxemasi 12- rasmda berilgan: 1- generator ;2- akkummulyator batareyasi; 3 – to’rt shtekerli ulagich; 4 - o’t oldirish g’altagi; 5- uzgich-taqsimlagich;6-yondirish kaliti; 7- yuqori va past kuchlanisnli o’tkazgichlar; 8- svechalar;. O’t oldirish tizimi past kuchlanishli tokni yuqori kuchlanishli tokka aylantirib berish uchun mo’ljallangan bo’lib, yonilg’i aralashmani alangalatish uchun o’ta yuqori kuchlanishli elektr razryadi (chaqmog’i) hosil qiladi.Natijada
12-rasm. Benzinli dvigatelning o’t oldirish tizimi porshen yu.ch.n. biroz etmasdan elektr razryadi berilishi tufayli ishchi yonilg’i alangalanadi. Dizel dvigatellarida ishchi aralashma kuchli bosim ostida, kuchli siqilishdan paydo bo’lgan bosim ostida o’z-o’zidan alangalanib ketishi sababli ularda alohida o’t oldirish tizimi qo’llanilmaydi. IYoDni ishlatish sharoitlari, ularning IYoD ish rejimlariga ta’siri, ularga qo’yiladigan talablar.Avtomobil va traktorlar turli iqlim sharoitlarda ishlatiladi. Ushbu sharoitlar avtomobil va traktorlarga, xususan ularning dvigatellariga har xil ta’sir ko’rsatadi. Iqlim sharoitlar asosan quyidagilardan iborat: o’rtacha mo’tadil iqlim sharoiti; issiq, quruq va changli iqlim sharoiti; sovuq iqlim sharoiti; tog’ sharoiti; yo’lsiz ekspluatatsiya sharoitlari . O’rta mo’tadil iqlim sharoitlari IYoDni ishlab chiqaruvchi korhona tamonidan belgilangan meyoriy ish rejimlarida ishlatish imkoniyatini beradi. Shuning ucnun o’rta mo’tadil iqlim sharoitinig IYoD ish rejimlariga salbiy ta’siri kuzatilmagan (agar texnik xizmat ko’rsatish va remot ishlari o’z vaqtida va sifatli otkazilgan bolsa). Issiq iqlim sharoiti IYoDning ish rejimlariga, uning effektiv ko’rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ushbu ta’sir IYoDning kiritish traktida harorat ko’tarilib, dvigatel qizib ketishida namoyon bo’ladi. Havo harorati ko’tarilib borishi hisobiga ishchi zaryad va dvigatelning issiqlik holati ham ortib boradi. Bu esa karbyuratorli dvigatellarda alahgalanish va hosil bo’lgan alanganing yonish kamerasi bo’ylab tarqalish frontini yaxshilaydi. Lekin atmosfera havosi qattiq qizigan paytlarda dvigatelning issiqlik holati ham ortib boradi, bu esa yonish kamerasiga kirgan yonilg’ining o’z-o’zidan alangalanib, detonatsiyali yonish paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin, buning natijasida dvigatel o’ta qizib ketadi, yonilg’i to’la yonib ulgurmasligi sababli dvigatel detallarida kuyundilar paydo bo’ladi, dvigatel tutab ishlab, ishlab chiqarilgan zaharli gazlar miqdori keskin ortib ketadi. Dizel dvigatellarida ham yuqori havo haroratlarida ishchi zaryad zichligining kamayishi va yonishning yomonlashishi hisobiga dvigatelning quvvati sezilarli darajada kamayib ketadi dvigatel tutab ishlab yonilgi sarfi ortib ketadi. Shunday qilib atmosfera havosining qizib borishi dvigatelning issiqlik rejimiga va uning effektiv ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, dvigatelning quvvati pasayib, yonilg’i sarfi ortadi va ishlab chiqarilgan zaharli gazlar miqdori ko’payib ketadi .
Dizel dvigatellarida havo kiritish zonalarining sovuqligi va sovuq detal yuzalariga issiqlik uzatilishi ko’pligi sababli yonilg’i purkash davrida silindrda bosim va harorat pasayib ketadi, natijada ishchi aralashmaning alangalanish davri cho’ziladi, ishchi aralashmada yonilg’i miqdori ortib ketadi. Buning oqibatida katta miqdordagi yonilgi yonish kamerasining butun hajmi bo’ylab yona boshlaydi. Natijada ko’p issiqlik ajralib, yonish jarayoni qattiqlashib ketadi, qattiq yonish oqibatida dvigatelning ba’zi detallari sinib ketishi ham mumkin. Past iqlim sharoitlarida moyning qovushqoqligi ortib ketishi sababli uning moylash tizimidagi harakati qiyinlashib, dvigatelning effektiv quvvati pasayib ketadi. Shuningdek, past haroratlarda dvigatel detallarida korroziyali eyilish paydo bo’ladi. Havo sovuq bo’lgan paytlarda dvigatelni o’t oldirish qiyinlashib ketadi. Benzinli dvigatellarda svecha elektrodlarida suyuq yonilg’i va nam to’planib uchqun bermay qoladi. Xulosa qilib aytganda sovyq iqlim sharoiti avtomobil va traktor dvigatellari ekspluatatsiyasiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham past iqlim sharoitlarida dvigatel ishini osonlashtirish choralari ko’riladi.
tog’ yo’llarining keskin o’zgaruvchan ko’rinishda bo’lishi; balandga ko’tarilish ortishi bilan havo zichligining kamayib borishi. Tog’ yo’llarining keskin relefiga quyidagilar kiradi: ust qoplamasiz, toshloq va chang uo’llarining mavjudligi; yuqoriga chiqish va tushish yo’llarining aylanma, uzun va qisqa bo’lishi; past balandliklarka ega yo’llarning tez-tez takrorlanib turishi, va boshqalar. Ma’lumki, bunday sharoitlarda foydalanilgan dvigatel zo’riqib ishlab, uning detallari intensive eyiladi, yonilg’i, moylash materiallari sarfi va ekologiyaga salbiy tasiri ortib ketadi. Havo zichligining tog’ yuqorisiga ko’tarilgan sari kamayib borishi dvigatelda ishchi jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Bu holatda yonilg’ining nisbiy sarfi ortib ketadi va avtomobil yuqoriga ko’tarilgan sari har 1000 km tepalikda dvigatel yonilg’I sarfi 10-15% ortadi. Shuning uchun dvigatellarda yonish jarayonini talab darajasida bo’lishi uchuh tog’ sharoitida ishlovchi avtomobillarga korrektirlovchi qurilmalar o’rnatiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling