2. Mavzu: Avtomobil va traktorlarning ichki yonuv dvigatellari va ularni ekspluatatsiya qilish sharoitlari Reja


-rasm. Dvigatelning ishchi ko’rsatkichlari


Download 1.65 Mb.
bet5/9
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#243452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-modul 2 chi

13-rasm. Dvigatelning ishchi ko’rsatkichlari

Bu erda: S – porshen yo’li; Vhishchi hajm, mm3; Va - to’la hajm, mm3; Vc – uonish kamerasining hajmi, mm3; 1-tirsakli valning o’qi; 2-krivoship; 3-shatun; 4-porshen barmog’ining o’qi



Porshenning yu.ch.n. bilan p.ch.n. orasida bosib o’tgan bitta yo’liga “takt” deyiladi.

    1. Karbyuratorli to’rt taktli dvigatelning ish sikli. Zamonaviy avtomobillarga o’rnatiladigan karbyuratorli dvigatellar asosan to’rt taktli sikl bo’yicha ishlaydi. Taktlarning har biri quyidagicha nomlanadi: kiritish takti, siqish takti, kengayish-yonish takti (ish yo’li) va chiqarish takti. Ushbu jarayonlarni to’rt taktli, bir silindrli dvigatel misolida ko’rib chiqamiz (14-rasm).

14-rasm. To’rt taktli karbyuratorli dvigatelning ish sikli.

a-kirinish; b-siqish; d-ish yo’li ; e-chiqarish; 1- kiritish klapani; 2-svecha;

3-chiqarish klapani http://webmyoffice.ru/media/files/99/dvigatel-moto-2.jpg

http://usauto.ucoz.ru/news/bilet_6/2011-04-26-4



Birinchi taktKiritish. Bu takt silindrni yonilg’i aralashmasi bilan to’ldirish uchun hizmat qiladi. Bunda kiritish klapani porshen yu.ch.n.ga yetib kelmasidan ochiladi. Porshen yu.ch.n.dan pastki chetki nuqta tamon harakatlanda uning, yuqorisida hosil bo’lgan bo’shliqda hajm kengayib, havoning siyraklashishi va vacuum hosil bo’lishi hisobiga aralashma silindrga so’riladi. Porshen yu.ch.n. dan p.ch.n.ga yetib borganida silindr yonilg’i aralashmasi bilan to’ladi, porshen p.ch.n. dan bir oz yu.ch.n. tomon siljiganda kiritish klapani yopiladi. Taktining oxirida bosim 0,7-0,9 MPa ga (7-9 kg/sm2), aralashmaning harorati 340…380K (70-110oC) bo’ladi.

Ikkinchi taktSiqish. Bu taktda porshen p.ch.n. dan yu.ch.n. tomon siljiganda aralashma siqiladi. Bu vaqtda kiritish va chiqarish klapanlari yopiq bo’ladi. Siqish takti oxirida aralashmaning bosimi 1,2-1,7 MPa (12-17 kg/sm2), harorati esa, 570-670K (300-400oC) bo’ladi. Siqish taktining oxirida porshen yu.ch.n.ga yetib kelmasdan elektr svechasi elektrodlari orasida yuqori kuchlanishli elektr uchquni paydo bo’ladi, uning ta’sirida silindrda siqilgan yonuvchi aralashma alangalanadi.

Uchinchi taktyonish va kengayish takti yoki ish yo’li. Bu taktda aralashmaning yonishidan hosil bo’lgan kimyoviy issiqlik energiyasi foydali mexanik ishga aylanadi. Bunda ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi. Takt boshlanishida silindr ichida alangalangan gazlar yonib ko’p miqdorda issiqlik ajraladi va gazning bosimi ko’tariladi. Shu daqiqada yongan gazlarning bosimi 3,5-5,0MPa (35-50 kg/sm2), harorati esa 2270-2670K (2000-2400oC) gacha ko’tariladi. Bunday bosim ta’sirida porshen yu.ch.n.dan p.ch.n.ga kuch bilan harakatlanadi, takt oxiridagi gaz bosimi 0,4-0,5 MPa (4,5-5,0k/sm2) gacha harorati esa, 1300-1500K (1030-1830oC) gacha pasayadi.

To’rtinchi taktChiqarish. Bu takt silindrlarni ishlatilgan gazlardan tozalash takti hisoblanadi. Chiqarish klapani porshen p.ch.n.ga yetib kelmasidan ochiladi. Porshen yu.cn.n.tamon harakatlanib, yongan gazlarni tashqi muhitga siqib chiqaradi. Porshen yu.ch.n.dan p.ch.n. tomon biroz siljiganda chiqarish klapani yopiladi. Bu taktning oxirida silindr ichida qolgan gazlarning bosimi 0,11-0,12 MPa (1,1-1,2 kg/sm2), harorati esa 770-1100K (500-830oC) bo’ladi. Keyin silindrlardagi taktlar yuqorida bayon etilgan tartibda takrorlanadi.


    1. Download 1.65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling