2. Mavzu: Avtomobil va traktorlarning ichki yonuv dvigatellari va ularni ekspluatatsiya qilish sharoitlari Reja


To’rt taktli dizel dvigatelning ish sikli


Download 1.65 Mb.
bet6/9
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#243452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-modul 2 chi

To’rt taktli dizel dvigatelning ish sikli.

To’rt taktli dizel dvigatelining ish sikli ham xuddi karbyuratorli dvigatellardagi kabi amalga oshadi. Lekin dizelning ishlash jarayonida uning silindrlariga yonuvchi aralashma emas, balki alohida toza havo va alohida yonilg’i maxsus asbob va qurilmalar yordamida kiritiladi (15-rasm).



15-rasm. To’rt taktli dizelning ish sikli.

Birinchi taktKiritish. Porshen p.ch.n.dan yu.ch.n. tamon harakatlanganda, kirish klapani porshen yu.ch.n.ga yetib kelmasidan ochiladi va silindrga kiritish klapani orqali changdan tozalangan havo so’riladi va porshen p.ch.n.dan biro z o’tgandan keyin kiritish klapani yopiladi. Kiritish taktining oxirida silindr ichidagi havo bosimi 0,8-0,9MPa (8,0-9,0 kg/cm2), harorati esa 320-340K (50-70oC) bo’ladi.

Ikkinchi taktSiqish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi, porshen p.ch.n.dan yu.ch.n. tamon harakatlanganda silindrdagi havo siqiladi. Siqish takti oxirida havo bosimi 3,0-4,0 MPa (30-40 kg/sm2), harorati esa 770-1000K (500-730oC) gacha ko’tariladi. Shu payt silindrga forsunka orqali yuqori bosimli yonilg’I nasosi yordamida, 20MPa (200kg/sm2) bosim ostida yonilg’i purkaladi. Purkalgan yonilg’i o’ta qizigan havo bilan aralashib, o’z-o’zidan alangalanib ketadi.

Uchinchi taktkengayish takti. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi. Ushbu taktning boshlanishida alangalangan ishchi aralashmaning yonish jarayoni ma’lum vaqt davom etadi, silindr ichidagi bosim 5,50 -9,0 MPa (55-90 kg/sm2), harorat 1900-2200K (1630-1930oC) atrofida bo’ladi. Yuqori bosimga ega bo’lgan gazning ta’siri natijasida porshen yu.ch.n.dan p.ch.n.ga qarab kuch bilan harakatlanadi va shatun orqali tirsakli valning krivoshipini 180o burchakka buradi. Porshen p.ch.n.ga yaqinlashganda chiqarish klapani ochilib, yongan gazlar tashqariga chiqa boshlaydi va silindrdagi bosim 3,0-4,0 MPa (30-40 kg/sm2) gacha, harorati esa, 900-1200K (630-930oC) gacha pasayadi.

To’rtinchi taktChiqarish. Bunda chiqarish klapani, yuqorida aytganimizdek porshen p.ch.n.ga yetib kelmasidan oldinroq ochiladi. Porshen p.ch.n.dan yu.ch.n. tamon harakatlanib, ishlatilgan gazlarni silindr ichidan tashqi myhitga chiqarib yuboradi. Bu takt oxirida silindrda qolgan gazlarning bosimi 0,11-0,12 MPa (1,1-1,2 kg/cm2) , harorati esa 700-900 K (430-630oC) atrofida bo’ladi. Tirsakli valning bundan keying aylanishida dvigatelning ish sikli yuqoridagi tartibda yana davom etadi.


    1. Download 1.65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling