2-mavzu. Badiiy matnda fonetik vositalarning poetik aktuallashuvi. Alleteratsiya. Assonans


Download 18.95 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi18.95 Kb.
#105368
Bog'liq
O`FF 402 Raxmatova Shoira 2-mavzu


2-mavzu. Badiiy matnda fonetik vositalarning poetik aktuallashuvi. Alleteratsiya. Assonans

  1. Badiiy matnda fonografik vositalarning qo`llanishi.

  2. Alletiratsiya va uning badiiylikni ta`minlashdagi o`rni.

  3. Assonans va uning badiiy matndagi o`rni.

  4. Grafon – badiiy asar tilining o`ziga xosligini ta`minlovchi vosita sifatida.

  5. Geminatsiya va uning yuzaga kelishi.

Javoblar

Badiiy matnda fonografik vositalarning qo`llanishi.

Badiiy asar fonetikasi haqida gap ketganda, uning yozilish vaqti, o‘rni, shu makon va zamondagi til xususiyatlari, tovushlar miqdori va variantlari, fonetik qonuniyatlari, tovush juftlari va transformatsion xususiyatlari, transkripsiyasi, qaysi tildan olinganligi yoki o‘z qatlam tovushi ekanligi, urg‘u tushish o‘rinlari, bo‘g‘inning holati, ohang jihatlari kabi xususiyatlar haqida gap boradi. Fonografik stilistika ma’lum badiiy yoki poetik asarning fonetik birliklar vositasida shakllangan musiqiylik, jarangdorlik, evfonik vazifa bajarayotgan fonetik birliklarning funksional-ekspressiv, akkumulyativ, appelyativ xususiyatlarini, she’riy san’atlarning tovush, urg‘u va bo‘g‘in orqali yuzaga keltirishdagi rolini qofiya va uni yuzaga keltiruvchi tovushlar tizimi kabilarni o‘rganadi. Badiiy asarning fonetik tahlilida esa, uning funksional-estetik qimmati emas, balki asardagi tovushlarning fizik-fiziologik, artikulyatsion xususiyatlari ochib beriladi.

Ma’lumki, tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular bir-biriga material beruvchi soha hisolanadi. Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo‘lib, badiiy asarda qo‘llangan lisoniy birliklarning (fonetik, leksik, morfologik) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ vazifasini o‘rganadi.

Fonografik stilistika fonetik stilistika va grafik stilistika oralig‘idagi fandir.

Fonostilistik vositalar va ularning nutqda qo‘llanishi haqidagi fikrlar ilk bor A.G‘ulomov tomonidan aytilgan. Olim fonetik vositalarda uslubiy imkoniyatlar ko‘pligi, ayrim so‘zlarning ohang va fonetik qiyofasini o‘zgartirish orqali hissiy ta’sirchanlik paydo bo‘lishini qayd etadi.

Fonetik vositalar – nutq tovushlari, urg‘u, ohang, ton, tovush tembri. Grafik vositalar – harflar, tinish belgilari, ularning rang-barang yozilishi. Fonografik stilistika yozma nutqning o‘ziga xos uslubiy imkoniyatlarini yaxlit holda o‘rganuvchi grafik stilistikaning tarkibiy qismidir. Grafik stilistika oldida ikki asosiy vazifa turadi: а) og‘zaki nutqning fonetik ta’sirchan vositalarining yozma nutqda aks ettirilishi; b) Yozma nutqdagi faqat unga xos bo‘lgan tasviriy-hissiy (ta’kidlash, bo‘rttirish, hodisa ahamiyatiga diqqatni jalb qilish va h.k.) vositalarini o‘rganish.. Bu vazifalardan birinchisi fonografik stilistikada o‘rganiladi. Badiiy asar tilining eng muhim belgilari obrazlilik va emotsionallik ekan, bu xususiyatlarni nutqiy vositalar yuzaga chiqaradi. Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratmoq lozim. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. She’riyatda, asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush ortttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda “aynan” ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.



Alletiratsiya va uning badiiylikni ta`minlashdagi o`rni.

Nutq tovushlarining badiiy matnda poetik aktuallashuvi ularning takrorlanishi natijasida ham sodir bo‘ladi. Badiiy nutqning ohangdorligini va ta’sirchanligini ta’minlashda ana shunday tovushlar takrorining o‘rni beqiyosdir. She’riy nutqsa misralar, undagi so‘zlar hamda bo‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qo‘llanishiga alliteratsiya deyiladi.

Tovushlar zamiridagi ohangdoshlik, musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan Sharq she’riyatida keng qo‘llanilib kelingan. Ko‘hna badiiyatshunoslik («ilmi bade’»)da alliteratsiya «tavzi’ san’ati» deb yuritilgan. Alliteratsiyaning o‘ziga xos namunasini shoir Elbekning «k» undoshi takroriga asoslangan she’rida ko‘rish mumkin:

Ko‘klamda ko‘karsa ko‘k ko‘katlar,

Ko‘klarga ko‘milsa katta-kattalar,

Ko‘m-ko‘k ko‘karib ko‘rinsa ko‘llar,

Ko‘ngilni ko‘tarsa ko‘rkli gullar.

Ammo alliteratsiyaga keragidan ortiq qiziqish ham maqsadga muvofiq emas, me’yoridan ortib ketgan alliteratsiya kutilgan natijani bermasligi mumkin. Bunday alliteratsiya o‘quvchi yoki tinglovchi diqqatini jalb etadi.

Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish va aytishmachoq o‘yinlar mavjud.

Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi?

Alliteratsiya ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan so‘zlarga kishi diqqatini tortadi, uni o‘ziga xos shaklda talaffuz qilishga undaydi.



Assonans va uning badiiy matndagi o`rni.

Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsionalekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladigan fonetik ususllardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo‘ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Bir xil yoki birbiriga yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida ham bu unlilar poetik aktuallik kasb etishi mumkin. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ham ko‘p kuzatiladi:



Ovni otsang, bilib ot, Dol nishonga qo‘yib ot; Non qon bo‘lsa, qon — jon; O‘zing o‘yda bo‘lsang ham, o‘ying uyingda bo‘lsin.

Assonans she’riy misra, xususan, qofiyadosh so‘zlar tarkibida kelib, poetik aktuallashadi, ana shu aktualligiga ko‘ra she’riy nutqqa badiiy yaxlitlik va o‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi, she’rning estetik butunlik sifatida xotirada tez muhrlanishi ham ana shu ohangdorlik tufaylidir:



Ruhimda yo‘qoldi qarorim,

Tanimda krlmadi madorim.

Bizlarni bir yo‘slab kelibsan,

Vafo qilarmisan, bahorim?! (A.O.)

Grafon – badiiy asar tilining o`ziga xosligini ta`minlovchi vosita sifatida.

Og‘zaki nutqda turli sabablarga ko‘ra ayrim so‘zlar, asosan, o‘zlashma so‘zlarni buzib talaffuz qilish holatlari mavjud. Bunday xato so‘zlovchining o‘zlashgan so‘z imlosini to‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamasligi natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og‘zaki - jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Bunda so‘zlovchining individual talaaffuziga xos xususiyatlar grafik qayd qilinadi, yozuvdagi bunday qayd "grafon" deb ham yuritiladi.

Ayrim o‘rinlarda kulgi qo‘zg‘atish maqsadida ham so‘zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o‘sha tarzda yoziladi, grafon hosil bo‘ladi. Masalan:

- Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so‘rash kerak. -Jinni bo‘ldingmi, Nemat? - Men sizga Ne’mat emasman, o‘rtoq Babbaev bo‘laman, o‘rtoq Xajjayip (S.Ahmad, "Mening do‘stim Babbaev" hajviyasi).



- Shayxantovur yarmankasiga ro‘za bo‘yi mol yoyg‘on juvonlar, kampirlar, qizlar, tumsalar faeyue bir qiyofa bilan «alvido, yo mohi ramazon», deb ro‘mol silkitadirlar (A.Qodiriy, "Aralash" hangomasi).

- Xo‘p, bo‘pti. Uning oti Zulfitsor, fomilasi... - aytaveraymi, deb unga qaradi (S.Ahmad, "Azroil o‘tgan yo‘llarda" hikoyasi).

Badiiy matnda grafonlar bilan ifodalangan ob’ekt ayricha diqqatni tortadi, natijada u orqali tasvirlangan detal alohida estetik qimmat kasb etadi. Quyidagi misolda buni ko‘rish mumkin:

- Pudvol tepishdan bo‘shasin, uylantiramiz. Bobomning gapi o‘ziga nash’a qildi, ovoz chiqarib kuldi...

...Oraga cho‘kkan o‘ng‘aysiz sukunatni mehmonning o‘zi buzdi - Pudvol tepadi deng?..

- Ha-ha, shunday, - dedi bobom shoshib, - fikri-xayoli pudvol. To‘pquvardan beri kelmaydi

Bobom "futbol " so‘zini to‘g‘ri talaffuz qilolmasligini u kishining keksaligi yo bo‘lmasa bu g‘aroyib o‘yinni o‘lguday yoqtirmasligiga yo‘yib yurar edim. Mehmonning "pudvol" deganini eshitib, ichimda miriqib kuldim (X.Do‘st. "Otamning oshnasi" hikoyasi).

Geminatsiya va uning yuzaga kelishi.

Badiiy nutqda keng qo‘llaniladigan fonetik usullardan yana biri geminatsiyadir. Geminatsiya yoki undoshlarni qavatlab qo‘llash orqali badiiy matnda poetik aktualizatsiya sodir bo‘ladi. Bu yo‘l bilan ham qahramon ruhiyatidagi turli hissiy holatlar alohida ta’kid olishi, badiiy tasvirning tugalligiga erishilishi mumkin. Masalan:



Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg‘on emas (O.). Uni ayblashga sizning manaviy haqqingiz yo‘q, uka! - dedi g‘azab bilan (S.Ahmedov).

Keltirilgan misollardagi undoshlarning qavatlanishi qahramonlar tabiatidagi sub’ektiv holatni ifodalashga xizmat qilgan. Ya’ni birinchi gapdagi qahramonning o‘z «ishi-hunaridan» mamnunligi, «anoyi» emasligini ta’kidlash istagi qavatlangan «ch» undoshi orqali yanada aniq ifodalangan. Ikkinchi gapdagi qahramonning qahr-g‘azabi esa «q» undoshining qavatlanishi bilan alohida ta’kidlangan.



Yuqorida ta’kidlaganimizdek, undoshlarning qavatlanishi alohida badiiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qo‘llab bo‘lmaganidek, so‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga molik bo‘lavermaydi. Masalan:

Ukaginam, bu kennoyingizga zagsda patta kesilmagan. Birinchisidan to‘qqizta bola bor. Bechora giroy bo‘laman deb rosa tuzdi. To‘qqizinchisini tug‘diyu o‘zimizning tilda aytganda brakka chiqib qoldi(S.A.).
Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling