2-Mavzu: Boshlang’ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari. Boshlang’ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish turlari. Boshlang’ich sinflarda ona tilidandan fakultativ mashgu’lotlar


Boshlang’ich sinflarda ona tilidandan fakultativ mashgu’lotlar


Download 51.25 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi51.25 Kb.
#1533412
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu STI mo

Boshlang’ich sinflarda ona tilidandan fakultativ mashgu’lotlar

Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asrlar o’quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekan, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi.


Tugallanmagan gap” mashqi


Tugallanmagan gap” mashqi tavsifi. O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan qog‘ozda gaplar berilgan bo‘ladi. Bunda 3-4 gap berilgan bo‘lib, ular faqat boshlahgan, lekin tugallanmagan bo‘ladi. Har bir guruhga har xil gaplar beriladi. Har xil gaplar berilishi asosida bir vaqtda bir qancha ish(masalalar) hal qilinadi. Uni o‘quvchilar belgilangan vaqt ichida tugallaydi. Gaplar aniq, to‘g‘ri bo‘lib, so‘zlar mazmunan bir- biriga bog‘lanishli bo‘lishi uqtiriladi. Ushbu mashq o‘tilgan va o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzular bo‘yicha kichik guruhlarda jamoa bo‘lib erkin fikrlash, xotiralash orqali avval og‘zaki, keyin yozma fikrlari ifodalanadi. Ifodalangan fikr jamoada kelishilgan holda tugallanadi. Guruhdan bir o‘quvchi taqdimot qiladi.
Qo‘llanishi. Yakka holda va kichik guruhlarda qo‘llaniladi. Ona tili darslarida umumlashtiruvchi va takrorlash, bilimlarni mustahkamlashda qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kutiladigan natija. O‘quvchilar erkin ijodiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga , o‘zgalar fikrini tinglash,anglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o‘rganadi. O‘rganilgan bilimlarni eslab, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantiradi.

Raqamli joylashuv” mashqi
Raqamli joylashuv” mashqi tavsifi. Bu mashq juftlikda yoki kichik guruhlarda olib boriladi. Qog‘ozda to‘rtburchak shakli oldindan chizilgan bo‘ladi. To‘rtburchak yana yana 10-12 to‘rtburchaklarga chiziqlar orqali bo‘linadi. Har bir kichik to‘rtburchlarga so‘zlar yozilgan bo‘lib, ular raqamlar bilan belgilangan bo‘ladi. Raqamlarni 2 yoki 3 guruhga ajratish, ularni nomlash vazifasi topshiriladi. Asosiy fikr so‘zlarni avval o‘qib, keyin raqamlarni tanlash tushuntiriladi.

Download 51.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling