2-Mavzu: Boshlang’ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari. Boshlang’ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish turlari. Boshlang’ich sinflarda ona tilidandan fakultativ mashgu’lotlar


Download 51.25 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi51.25 Kb.
#1533412
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu STI mo

Kutiladigan natija. O‘quvchilar erkin, ijodiy va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga , o‘zgalar fikrini tinglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o‘rganadi. O‘rganilgan bilimlarni eslab, o‘z fikri bilan ta’sir eta oladi. So‘zlarni to‘g‘ri yozishga harakat qiladi.
Dunyodagi 3ta davlat: AQSh, Anliya va JAR o‘zlarini krossvordning vatani deb hisoblaydilar. 1936 yil Pompeya shahrini qazilmalarida arxeologlar toshga yozilgan chizmalarda Krossvord ekanligining guvohi bo‘lganlar.
Kubik” mashqi
Kubik” mashqi tavsifi. O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan qog‘ozda kubik rasmi berilgan bo‘ladi. Kubikning 6 ta tomoni bo‘lib, har tomondan bittadan topshiriq beriladi. Har bir guruhga har xil topshiriqlar beriladi. Har xil topshiriqlar berilishi asosida bir vaqtda bir qancha ish(masalalar) hal qilinadi. Uni o‘quvchilar belgilangan vaqt ichida bajaradilar. Topshiriqlarning javobi aniq, to‘g‘ri bo‘lishi uqtiriladi. Ushbu mashq o‘tilgan va o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzular bo‘yicha kichik guruhlarda jamoa bo‘lib erkin fikrlash, xotiralash orqali avval og‘zaki, keyin yozma fikrlari ifodalanadi. Ifodalangan fikr jamoada kelishilgan holda tugallanadi. Guruhdan bir o‘quvchi taqdimot qiladi. Taqdimotlardan so‘ng o‘qituvchi “Kubik”mashqidagi topshiriqlarning javobi bir xil bo‘lishini aytadi. Kubikning hamma tomini bir –biriga teng bo‘ganidek, javoblar ham bir xil bo‘lardi.
Qo‘llanishi. Kichik guruhlarda qo‘llaniladi. Ona tili darslarida umumlashtiruvchi va takrorlash, bilimlarni mustahkamlashda qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kutiladigan natija. O‘quvchilar erkin ijodiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga , o‘zgalar fikrini tinglash,anglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o‘rganadi. O‘rganilgan bilimlarni eslab, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantiradi.

Download 51.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling