Qo‘llanishi. Kichik guruhlarda qo‘llaniladi. Ona tili darslarida o‘tilgan darsni mustahkamlash, umumlashtiruvchi va takrorlash, choraklik yakuniy darslarda qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kutiladigan natija. O‘quvchilar erkin, mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga , o‘zgalar fikrini tinglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o‘rganadi. O‘rganilgan bilimlarni eslab, o‘z fikri bilan ta’sir eta oladi. Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini amalda qo‘llay olish qobiliyati orqali nima uchun shu guruhga ajratganini isbotlashga harakat qiladi.
Boshqotirma-Anagramma
Anagramma tavsifi. Anagramma harflarning o‘rnini almashtirish orqali hosil bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmalaridir. Noto‘g‘ri berilgan so‘zlardagi harflarning o‘rnini almashtirib, to‘g‘ri so‘z hosil qilinadi. Bunda o‘quvchilarni aqliy ish faolligini va anagrammaga qiziqishlarini oshirish uchun rasmlar berilgan. Rasm tagiga esa boshqa rasmga taalluqli so‘s yozilgan bo‘ladi. Diqqat bilan ishlash, so‘zni to‘g‘ri topish uqtiriladi. Vaqt belilanadi.
Qo‘llanishi. Kichik guruhlarda qo‘llaniladi. O‘quvchilarning ona tili faniga, darsga bo‘lan qiziqishlarini oshirsh uchun kundalik darslarda, o‘tilgan darsni mustahkamlash, umumlashtiruvchi va takrorlash, choraklik yakuniy darslarda qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kutiladigan natija. O‘quvchilar erkin, ijodiy va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga , o‘zgalar fikrini tinglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o‘rganadi. O‘rganilgan bilimlarni eslab, o‘z fikri bilan ta’sir eta oladi. So‘zlarni to‘g‘ri yozishga harakat qiladi.
Chaynvord
Chaynvord tavsifi. Chaynvord krossvordning bir turidir. Chaynvord –ingliz tilidan olingan bo‘lib, chain-zanjir, vord –so‘z, yani “so‘zlar zanjiri” ma’nosini anglatadi. Berilgan topshiqqa javob topilgach, katakchalarga yoziladi. Birinchi so‘zning oxirgi harfidan ikkinchi so‘z boshlanadi, ikkinchi so‘zning oxirgi harfidan uchinchi so‘z, uchinchi so‘z oxirgi harfidan to‘rtinchi so‘boshlanib, zanjir hosil qilinadi va sh tarzda davom etadi. Topshiriq gap, so‘z va topishmoq tarzda ham berilishi mumkin.
Qo‘llanishi. Kichik guruhlarda qo‘llaniladi. O‘quvchilarning ona tili, o‘qish tabiatshunoslik fanlariga, darsga bo‘lan qiziqishlarini oshirsh uchun kundalik darslarda, o‘tilgan darsni mustahkamlash, umumlashtiruvchi va takrorlash, choraklik yakuniy darslarda qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |