Bunga quyidagi omillar salbiy ta’sir ko‘rsatadi:
Keng miqyoslarda, asossiz va davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va ustivor talablarni e’tiborga olmasdan ilmiy tadqiqotlarni olib borishga urinish;
Ilmiy muasasa va ilmiy xodimlarning xalq xo‘jaligi, jamiyat va fanning rivojlanishi ehtiyojlariga nisbatan kam harakatchanligi va boshqalar.
Mazkur holatlar ekologik ishlanmalar uchun ham xosdir. Shu sababli ham hozirgi kunda tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishning ilmiy asoslangan va samarali siyosatini ishlab chiqishga ehtiyoj sezilmoqda. Bu borada ekologik muammolarning sabablari va oqibatlari aniq belgilanishi zarur bo‘ladi. Bu borada atrof-muhitni muhofaza qilishning me’yoriy aktlari va ishlab chiqilayotgan tadbirlarda ko‘plab omillarni hisobga olishni ta’minlovchi majmuali tadqiqotlarning olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiatni muhofaza qilish mavzulariga oid tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnika davlat qo‘mitasining muhim ustivor yo‘nalishlar bo‘yicha Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnika davlat qo‘mitasining dasturi va uning “Ekologiya” bo‘limi faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra 10 yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirish ishlariga 36 ta ilmiy-tadqiqot muasasalari, shu jumladan 11 ta akademik institutlar, 11 ta oliy ta’lim muasasalari va 11 ta tarmoq institutlari jalb etilgan1.
Kuyidagi ishlanmalarni yaratish ijrochilarning asosiy maqsadlari sifatida belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |