2-mavzu: Ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Reja


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1694078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-мавзу

2. Badiiy qadriyatlar: 
- xalq og‘zaki ijodi (asotir, afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiq, 
latifa, lof, xalq dramasi, askiya); 
- xalq tasviriy va amaliy san’ati (xalq yaratgan badiiy-estetik san’at namunalari, 
xalq teatri, xalq musiqiy san’ati); 
- ijtimoiy tarixiy taraqqiyot jarayonida paydo bo‘lgan, rivojlangan, qadriyat 
darajasiga ko‘tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy faoliyatdagi 
ilg‘or tajribalar yig‘indisidan iborat. 
xalq og‘zaki ijodining ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib etishdagi ta’sir kuchi, 
unda xalqning o‘zligi, milliy xarakter hususiyatlarining ochib berilishi bilan 
xarakterlanadi va ularda xalqning g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, badiiy-estetik
ekologik, iqtisodiy, diniy, aqliy, jismoniy madaniyati mazmuni, ma’naviy talab va 
ehtiyojlari, orzu-umidlari, ta’lim-tarbiya shakl, usul va vositalari o‘z ifodasini 
topgan. 
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida chuqur ilmiy asoslangan bo‘lsa-da, ma’naviy 
qadriyatlarning ikkala guruhiga mansub barcha qadriyatlarning poydevori 
(insonparvarlik, bilimdonlik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, kattalarga hurmat, 
rostgo‘ylik, mehmondo‘stlik va boshqalar) o‘z aksini topgan.
Doston xalq ma’naviy qadriyatlarining qorishiq holda mujassamlashtirilgan 
xalq og‘zaki ijodi shakllaridan biri bo‘lib, unda folklor, musiqa, teatr, she’riyat kabi 


badiiy-estetik qadriyatlar umumlashtirilgan. Dostonlarda yuksak insoniy fazilatlar 
baxshilar tomonidan badihago‘ylik yo‘li bilan tinglovchilarga yetkaziladi, uning 
hissiy ta’sir kuchi orqali sharq xalqlarining chatishib ketgan falsafiy, diniy, axloqiy 
qarashlari, urf-odatlari, turmushi badiiy tafakkur qilinadi. Dostonlarning tarbiyaviy 
va ma’rifiy ahamiyati yuksak go‘zallikka, baxt-saodatga erishishning birdan-bir 
yo‘li maqsad sari qat’iy intilishdan, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan 
iborat. 
1998 yil 13 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
“Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror 
qabul qildi. “Alpomish” dostoni ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy 
yodgorligi sifatida jahon xalqlari epik ijodining namunalari ichida alohida o‘rin 
tutadi. Uning mustaqil rivojlanish davrida millat birligi va ma’naviy uyg‘onish, 
milliy g‘urur va o‘z-o‘zini anglash ramziga aylanganligi, ushbu doston 
yaratilganligining 1000-yilligi YuNESKOning 1999 yidagi tadbirlar rejasiga 
kiritilganligini inobatga olib hamda folklor merosini avaylab-asrash va 
avlodlarimizga to‘la yetkazish maqsadida qabul qilingan yuqoridagi qarorda uning 
ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tiladi. Surxondaryo viloyati va Toshkent shahar 
hokimliklari birgalikda 1999 yilning oktabr oyida Toshkent shahrida “Alpomish” 
dostoni va jahon xalqlari epik ijodiyoti” mavzusida xalqaro konferensiya va 
Surxondaryo viloyatida tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazdi. 
Oriyat hususida: 
Alpomish Barchin uchun qo‘yilgan shart bo‘yicha olisha turib, Ko‘kaldoshga 
bas kelishi qiyin kechadi. Shunda Barchinoy deydi: 
Yiqolmasang, to‘ram, navbat tilayin, 
Erkak libosini o‘zim kiyayin, 
Bor kuchimni bilagimga jiyayin, 
Bu qalmoqni tilka-pora qilayin. 
Bizning momolarimiz ham shunday oriyatli bo‘lishgan. 
Alpomish deydi: 
O‘zi o‘lmay kishi yorin berarmi?! 
Alpomishning nabiralari ham o‘z yorini jonidan aziz biladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling